www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
tarashlab, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, tosh yorilguniga qadar uni sabot bilan
uraverishingiz zamr.
«Men to rol olmagunimcha tanlovlarda ishtirok etaverishim kerak deb
hisoblaysizmi?» — so'radim. «Albatta», — tasdiqladi u.
— Maqsadiga yeta oladigan va buning uddasidan chiqolmaydigan kishilar o'rtasidagi
farq qobiliyatda bo'lishi shart emas, bu — sobitlikda!
Boshqalar yengilgan yerda qat'iyatli kishilar muvaffaqiyatga erishadilar».
Keyin u o'z mavqelariga yetisha boshlagan chog'da rad etilgan Silvestr Stallone, Klint
Istvud, Sin Konneri kabi ayrim kino yulduzlarining ism-shariflarini keltirdi. Silvestr
Stallone to'g'risida uncha yaxshi gaplar bo'lmaganini, hatto vakolatini taqdim etuvchi
vakilni ham topish unga qiyin kyechgani, nihoyat, o'zi bosh rolni o'ynashi kerak bo'lgan
shaxsiy ssenariyni yozishga qaror qilganini aytib berdi. Qo'lyozmasini yuborgan
kinoprodynsserlar birin-ketin qaytarib bersa-da, u sabot bilan yangi va yangi manzillarni
topib, axiyri bir kompaniya filmni suvratga olishga rozi bo'lguniga qadar tinchimadi.
Muallif filmdagi bosh rolni boshqa birov o'ylamasligi zarur, degan shartni qo'ydi. O'sha
kezlarda Stallone pulga nihoyatda muhtoj bo'lsada, o'z tamoyillaridan chekinmadi va
fikrida qat'iyat bilan turdi, natijada kompaniya «Roki» filmidagi bosh rolni unga berishga
rozilik bildirdi. Ko'p kompaniyalar yuz o'girgan film eng yaxshi asar sifatida xalqaro
Oskar mukofotiga sazovor bo'ldi. Ko'rib turganingizday, Silvestr Stallone o'z
muvaffaqiyatiga nafaqat noyob qobiliyati, balki qat'iyati tufayli erishdi.
Keksa kishining hikoyasi meni ilhomlantirdi. Qat'iyatning muhimligini uncha
anglamagandim va eng zo'r yulduzlar ham rad etilishi munikinligini hatto tasavvur ham
qilolmasdim. Keyinchalik esa ular nafaqat rad etishga to'g'ri kelishi, balki ayrimlari
bundan tez-tez aziyat chekishlarini bilib oldim. So'ngra chol menga Haqiqiy Boylik sirlari
hoqida so'zlab berdi.
— Xo'sh, siz bu haqda nima deb o'yiaysiz — so'radi yigitcha
— Avvaliga eshitganlarimga ishonqiramay qaradim, — dedi janob Ijli.
— Ular haqida ko'proq bilish va bundan hech nima yo'qotmasligim bois, menga
qanday yordam berishlarini ko'rishga qaror qildim. Ayni shu ondan boshlab hayotimda
katta o'zgarishlar yuz berdi. Yonimda bir mirisiz holda qahvaxonadagi xo'randalarga
xizmat qilardim, bir yil o'tmay, birinchi rolimni olishga va chorak million dollar miqdorida
bitim tuzishga muvaffaq bo'ldim.
— Hazillashayapsizmi? — xitob qildi yigitcha. — Hayotingiz shu qadar keskin
o'zgardimi?
Janob Ijli bosh irg'adi.
— Bu sirlarning quvvatida. Keksa xitoylikni uchratgan chog'da o'zimning artistlik
mavqeimga ishonchni yo'qotishga ulgurgandim. Buni yorib o'tishning iloji yo'qday
tuyulardi. Mening o'z ishonchli vakilim ham, biron-bir rolim ham yo'q edi. O'ttizdan ortiq
vakillar tomonidan rad etilgandim, ulardan ayrimlari hatto boshqa ish topishni maslahat
berardi. Ular talabga javob bermasligimni uqtirardilar. Mana, endi qariyani
uchratganimdan keyin Haqiqiy Boylik sirlaridan boxabar bo'ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |