www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
aytaylik, marketing haqida bilmasangiz, sotuvchi chiqarayotgan mahsulot yoki xizmat
turining marketingi piri hisoblangan kishini ishlatishingiz zarur.
Hech qanday, hatto eng zo'r huquqshunos ham barcha qonunlarni batamom bilishi
mahol. Inson barchasini kallasiga sig'dira olishi mumkin bo'lmagan juda ko'p qaror va sud
qoidalari mavjud. Bundan tashqari, qonunlar doimo o'zgarib turadi. Lekin yaxshi
huquqshunos bu qonunlar haqida nima bilish zarur bo'lsa, hammasini qayerdan topishni
biladi.
— Siz boylik yaratish uchun nima qildingiz? — so'radi yigitcha.
— Daromad keltiruvchi boshqa manba topishim zarurligini angladim, lekin hamma
gap men nima ish bajara olishimda edi. Yoki nima haqda maxsus bilimlarga egaligimda
edi. Bu savolga javob shuki, juda kam bilar ekanman. O'sha kam bilimim ham
kompyulerlar haiqidadir. Hech qanday haqiqiy malakam yoki biror maxsus bilimlarim
ham yo'q edi. Lekin boylik yaratmoqchi ekanman, mazkur ahvolni tuzatishim kerakligini
bilardim.
Men kechki maktabga borib kompyuter texnologiyasini o'rganishga qaror qildim.
Kompyuterlar har qanday biznesning hayotiy muhim qismiga aylanayotgani bois
kompyuter texnologiyasi deyarli har qanday biznesda qo'llaniladi, degan xulosaga keldim.
Hammasini yaxshilab o'ylab ko'rdim. Kichikroq kompyuter, printer va telefon
ko'magida uyda o'tirib maslahat berishday kichikroq biznesdan ish boshlashim mumkin
edi. Men qator tashkilotlarga qo'ng'iroq qilib, ular o'z ofislarida kompyuterlardan
foydalanishadimi, agar foydalanishsa, nimalarda ishlatishlari va bunda qanday
muammolarga duch kelishlarini surishtirib aniqladim.
Yigitcha tabassum qildi.
— Tushunarli... bo'lg'uvsi mijozlar va ularning hojatlari haqida maxsus bilimlar, —
dedi u.
— Xuddi shunday. Shu tariqa qaysi sohada xizmat ko'rsatishim mumkinligi haqida
ma'lumotlarni belgilab oldim. Balki bu sizga to'g'ri keluvchi maxsus bilimlarning eng
muhim qismidir, bu bilim — kelgusidagi mijozlar ehtiyojlari haqida maxsus bilimlar. Agar
siz odamlar nimani xohlashlari va nimaga talabgorliklarini bilsangiz, har qanday ishda
muvaffaqiyatga erisha olasiz. Ko'pgina kishilar biznesga kirishganida nima sotishga
diqqatini qaratadilar, lekin xaridor nuqtai nazaridan kelib chiqib, o'zlariga: «Xaridor nima
sotib olmoqchi va nimaga ehtiyojmand?» deya savol berib. so'ng uning ehtiyojini
qondirishga harakat qilganlargina muvaffaqiyatga erishadilar.
Bo'lajak mijozlarim ehtiyojlarini aniqlab olganimdan so'ng xizmatlarim ular ishining
samarasini oshirish va pulini qay tarzda iqtisod qilishini ta'kidlagan takliflarimni
shakllantirishga muvaffaq bo'ldim. Texnik jihozlash va ularning aniq talablarini
qondiruvchi maxsus dasturiy ta'minot tayyorlash, shuningdek, ularga kompyuterlaridan
avvalgidan ko'ra yaxshiroq foydalanishlari mumkinligini ko'rsatish qo'limdan kelardi.
Hammasining nihoyasida boshqarish xarajatlarini bir yil mobaynida iqtisod qilish
natijasida menga to'lagan ish haqining o'rnini to'ldirishlari mumkinligini ko'rsatib berishga
Do'stlaringiz bilan baham: |