www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Yigitcha yana yon daitarchasiga yozishga engashdi. U soliq huquqi va investitsiya
dasturlari to'g'risida mutlaqo hech nima bilmas edi. Agar unga biron-bir narsani
aniqlashtirishga to'g'ri kelsa-da, xotirjamlikni saqlash uchungina edi. Kim biladi, balki u
ham to'layotgan soliqlari miqdorini qonuniy yo'llarini topa olar.
— Basharti, maxsus bilimlarga ega bo'lsangiz, har qanday majburiyatlar bo'yicha
to'lanadigan hisoblarni kamaytirish imkonini topa olishingiz mumkin, — dedi Braun
xonim.
— Qay tarzda? — so'radi yigit.
— Kredit kartochkasi bilan to'lov yaxshi misollardan biri hisoblanadi, — tushuntirdi
Braun xonim. — Ko'pchilik qarzlarini kredit kartochkalari ko'magida to'laydi va natijada
bu kartochkalarni chiqarayotgan kompaniyalarga juda baland foiz to'laydi. Ular qarzni
to'lash uchun zarur mablag'ni bankdan olib, to'lov foizlarini kamaytirishlari mumkin.
Banklar odatda anchagina pastroq foiz belgilaydilar. Shu tarzda har oylik to'lovlarni ancha
kamaytirish mumkin.
— Rostdanmi? — xitob qildi yigitcha.
— Aytmoqchisizki, kredit kartochkalari foizlari ko'rinishida har oyda to'layotgan pul
miqdorini kamaytirishim mumkinmi?
— Albatta, — tasdiqladi Braun xonim.
— Bo'lishi mumkinmas. Shu paytgacha naqadar go'l bo'lgan ekanman, — o'zicha
ming'irladi u.
— O'zingizdan bunchalik o'pkalamang, — dedi Braun xonim.
—Endi maxsus bilimlar nima sababdan naqadar muhim ekanini anglay
boshlayapsizmi?
— Anglaganda qandoq! — dedi yigitcha.
— Agar baland maosh to'lanadigan ish topishni istasangiz maxsus bilimlar yanada
ahamiyatlidir, — davom etdi Braun xonim.
— Basharti, yuqori maosh olishni istasangiz, uni qaysi ishda olishingiz zarurligi va
buning uchun qanday maxsus bilimlar talab etilishini aniqlashingiz lozim. U yerda qanday
malaka talab etilishi va shunday malakaga qay tarzda ega bo'lishingizni ham bilish kerak.
Xuddi shuiningdek, agar o'z shaxsiy biznesingizni ochish niyatida bo'lsangiz, avvalo
o'sha biznes haqida zarur bo'lgan hamma narsani bilishingizga ishonchingiz komil bo'lishi
lozim.
— Bularning barchasi tushunarli, — dedi yigitcha, — lekin hamma narsani bila
olmaysiz-ku.
— Gapingizda jon bor, — javob berdi Braun xonim. — Umuman, shaxsan sizda
hamma savollarga javob bo'lishini nazarda tutayotganim yo'q. Biroq shu javoblarga yo'l
bo'lishi zarur. Agar soliqlar haqida ma'lumotga o'zingiz ega bo'lmasangiz, ular haqida
yaxshi biladigan ishonchli hisobchini ishga olishingiz kerak; agar biznesingiz
shug'ullanayotgan mahsulot yoki xizmat haqida maxsus bilimlardan bexabar bo'lsangiz,
bundan yaxshi xabardor odam bilan ishlashingiz darkor va biznesning biron-bir tomoni —
Do'stlaringiz bilan baham: |