www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
ishning ustasiga aylanmasangiz, qilayotgan ishingiz yaxshi chiqishi gumon. Modomiki
ishingiz yaxshi bajarilmasa, unga yaxshi haq olishingiz mumkinmi?
Bir ma'noli ibora bor: suygan ishingni qil, pulning o'zi keladi. Basharti nimagadir
mehr bersangiz, shu ishning mohir ustasi bo'lishingiz uchun bor kuchingizni sarflashni
istaysiz. Ko'pchilik insonlarda shuning teskarisi bo'ladi. Bu toifadagi kishilar ularga zavq
bag'ishlovchi boshqa ishlarni bajarishga imkon beradigan pul topish maqsadida
ishlaydilar. Natijada haftasiga besh kun mobaynida ularni kam qiziqtirgan mashg'ulot
bilan shug'ullanishga vaqt sarflaydilar-da, oxir-oqibatda hech nimaga erishmaganlaridan
hayratlanadilar.
Xill xonim yana yigitcha boshidan kechirayotgan holatni ta'riflardi.
- Lekin, sizningcha ko’pchilik ishidan zavq oladimi?
- Juda kam kishi-javob berdi Xill xonim, - lekin ko'pchilik boymi?
- Fikringizni uqdim-dedi yigitcha. - Aytmoqchisizki, kasb tanllash yoki biznes
boshlashda quyidagilar haqida jiddiy mulohaza yuritmoq darkor: bunday ish sizga zavq
beradimi; sizning qobiliyatlaringizga mos keladimi; siz tanlagan soha mavqega erishish
hamda moliyaviy maqsadlarga sizni yaqinlashtiradimi?
- Hammasi to'g'ri,- jilmaydi Xill xonim.
- Xo'sh, o'ylaymanki, bunda mano bor - dedi yigitcha. - Qani edi bundan bir necha
yillar muqaddam kollejda o’qib yurgan kezda bu haqda o'ylagan bo'lsam.
- Endi o'tmishni o'zgartirolmaysiz, - dedi Xill xonim. - Lekin o'z kelajagingizni yarata
olasiz. Hamma gap buning uchun nimalar qilmoqchi ekaningizda.
- Bilmayman, — jayob berdi yigitcha - Aynan shuning uchun huzuringizdaman
Nazarimda, o’z biznesimni boshlash niyatidaman shekilli.
- Juda soz. Birinchi qiladigan ishingiz?.. — so'radi Xill xonim.
- Haraktlarning o’ylangan rejasini tuzishmi? -savolga savol bilan javob berdi
yigitcha.
- To'ppa-to'g'ri, - xitob qildi ayol. - Har qanday biznes uchun ana shu biznes asosi _
harakatlarning o'ylangan rejasi zarur Basharti, biznesingizni tashkil etish uchun qandaydir
sababga ko'ra pul qarz olish zarur bo’lib qolsa, sizga mablag' ajratayotgan investor birinchi
navbatda so'raydigan narsa — bu nazarda tutilayotgan biznesingizning batafsil rejasidir.
U hammasini puxta o'ylab chiqqaningizga ishonch hosil qilishni istaydi, axir u o'z
tajribasidan biladiki, o'ylangan reja asosida harakat qilmasangiz, biznesda muvaffaqiyatga
erishish amrimaholdir.
Shunday qilib, agar o'z shaxsiy biznesingizni tashkil etib, Haqiqiy Boylik
yaratmoqchi bo'lsangiz, oldingizga qo'ygan masalalar to'g'risida mulohaza yuritib, keyin
endi nima qilmoqchi bo'layotganingiz va buni qachon bajarish niyatidaligingizni
rejalashtirishingiz darkor bo'ladi.
Yigitcha kechqurun yozganlarini o'qib chiqdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |