www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— O'n besh ming funt, — javob berdi yigitcha.
— Tushunarli. Demak, basharti daromadingizni har yili ikki barobar oshirib
borsangiz, besh yildan so'ng u 480000 funtga yetadi. Bu istaganingizday uy sotib olish
uchun bemalol yetadi.
— Ha, lekin daromadimni qanday qilib ikki barobar oshiraman? — qat'iy davom etdi
yigitcha.
— O'n banddan iborat reja yordamida. Miyangizga bu borada qanday fikrlaru
g'oyalar kelsa, hammasini shunchaki yozib qo'ying.
— Xo'p, — dedi yigit.
— Men juda ko'p mehnat qilib, direktor darajasiga yetishim mumkin.
Bu holda yiliga 300000 funt topishim mumkin, deb o'ylayman.
— Ehtimol eng uzoq bo'lsa-da, bu ham imkoniyatlardan biri. Kompaniya direktori
lavozimiga yetish uchun. odatda besh yildan ancha ko'proq muddat talab etiladi.
— Qo'limdan keladigan yana bir yagona yo'l shuki, bu men sotgan narsalardan
tushadigan tushumga bog'liq maoshli ish topishdir.
— Ha, lekin bu juda yaxshi tushumli ish bo'lishi darkor, — dedi Xill xonim. — Siz
balandroq malakani egallash to'g'risida nima deya olasiz? Bu sizga ko'proq maosh
to'laydigan ish topish imkoniyatini berar edi.
— Lekin xarajatim shunday ham yetarli. Menga daromad zarur, — e'tiroz bildirdi
yigitcha.
— Fikringizga qo'shilaman, lekin siz kechki o'quv dargohiga borishingiz mumkin.
— To'g'ri, — javob berdi yigit. — Bu haqda o'ylamabman.
— O'z shaxsiy biznesingizni boshlashga nima deysiz, — qiziqdi Xill xonim.
— Bu muammolarni hal etishning yaxshi imkoniyati, — dedi yigitcha.
— Lekin u qanday biznes bo'lishi mumkin?
— Bu borada yana puxta o'ylangan reja sizga asqotishi mumkin. Ko'pchilik odamlar
hatto qaysi ish ularga zavq bag'ishlashi yoki ularning kuchli va kuchsiz tomonlari
to'g'risida mutlaqo o'ylamay kasb tanlaydilar. Ular kelgusida qanday mavqega
erishishlariga taalluqli hech qanday fikrga ham ega bo'lmaydilar. Bunday yo'lga kirgan
inson uchun ish hayoliy ehtiyoji uchun pul topishdan bo'lak yo'riq emas. U bajarayotgan
ishiga qiziqmaydi, undan zavqlanmaydi, shu yumushga nisbatan ko'tarinki ruh hissini
sezmaydi. Oqibatda bunday kishilar o'z ishida hech nimaga erishmaydilar va butun umr
sudralib yuraveradilar.
Yigitcha chuqur xo'rsinib qo'ydi. Xill xonimning gaplari uning holatiga aniq to'g'ri
kelardi. U o'z ishiga nisbatan hech qanday ishtiyoq sezmasdi. Bu ish shunchaki uning
hisoblarini to'lash uchun imkon beruvchi vosita edi xolos. U hech qachon o'tirib, qanday
kasbning boshini tutsa, undan bahra olishini, qanday ish bajarishini xohlashini tanasiga
o'ylab ko'rmagandi.
— Basharti siz nimanidir yaxshi bajarishni istasangiz, — dedi Xill xonim, — bunday
masalalar asosiy ahamiyat kasb etadi. Siz bajarayotgan ishingizdan zavq olmasangiz, shu
Do'stlaringiz bilan baham: |