www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
6. Jamoat klubi joyini ijaraga olish.
7.Yettinchi kun adventistlari cherkovini ijaraga olish.
8.Yahudiylar ibodat qiladigan joyni ijaraga olish.
9. Avtomobilchilar teatrini ijaraga olish.
10. Hali qurilmagan yer uchastkasi, tent va yig'ma o'rindiqlarni ijaraga olish.
Kutilmaganda unda o'nta imkoniyat paydo bo'ldi va u ishini avtomobilchilar teatrida
o'z cherkovini joylashtirishdan boshladi. Bir necha yillardan so'ng doktor Robert
Shullerning butun mamlakatga ko'rinarli darajada baland qo'ng'iroqxonali kafedral sobor
qurish orzusi tug'ildi.
Bu sobor "umid minorasi" deb atalib, nafaqat toat-ibodat qilish va o'qitish dargohi,
yoinki jamoatchilik markazi, balki butun mamlakat uchun umid va ilhom manbai bo'lishi
lozim edi. Ammo buning o’ziga yarasha muammosi bor edi: bu ishga bir million dollar
zarur edi. Doktor Shullyerga bu amalga oshmaydigan fikr deb uqtirishlariga qaramay, u
yana o'n banddan iborat rejadan foydalandi:
1. Bir million dollar beradigan odamni topish.
2. Besh yuz ming dollardan beradigan ikki kishini topish.
3. Har biri ikki yuz ellik ming dollardan beradigan to'rt kishini topish.
4. Yuz ming dollardan. beradigan o'n kishini topish.
5. Ellik ming dollardan beradigan yigirma kishini topish.
6. Yigirma besh ming dollardan beradigan qirq kishini topish.
7. Yigirma ming dollardan beradigan ellik kishini topish.
8. O'n ming dollardan beradigan yuz kishini topish.
9. Besh ming dollardan beradigan ikki yuz kishini topish.
10. Ming dollardan beradigan ming kishini topish.
Pul topish ancha vaqt talab etdi, lekin u bulling uddasidan chiqdi! Shunga o'xshash
o'n banddan iborat rejani har qanday maqsadga erishishda qo'llash mumkin.
— Ha, biznes masalalarida shunday reja yordam berishi mumkinligini tushunaman,
— dedi yigitcha. — Lekin shaxsiy masalalarda-chi? Mening maqsadlarimdan biri —
shahar tashqarisida ikki akr yen mayjud besh xonali imoratimga ega bo'lish. Hozir
olayotgan maoshim bilan unga yetishning hech qanday imkoni yo'q. Nihoyati bir xonali
kvartira olishga qurbim yetadi xolos!
— Shuning o'zi sizga hech narsadan darak bermaydimi? Agar lotoreya yutug'ini
hisobga olmasangiz, daromadingizni ko'paytirish yo'llarini topishingiz mumkin. Siz o'z
kompaniyangizda xizmat pillapoyalarida ko'tarilish yoki kelajagi yaxshiroq boshqa Ish
izlash maqsadini oldingizga ko'ndalang qo'yishingiz mumkin. Hatto boshqa bir ishning
boshini tutish haqida ham o'ylab ko'rish mumkin. Hech bo'lmaganda endi maqsadingizga
erishishni ta'minlash uchun qandaydir o'zgarish, yangilanish tomon borishingiz zarurligini
bilasiz.
Tushunaman, boshida allaqanday qiziq tuyulsa-da, o'n banddan iborat reja tuzishga
urinib ko'ring. Keling, avval yillik daromadingizni qay tarzda oshirish to'g'risida o’ylab
ko'raylik. Hozir qancha maosh olasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |