www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Bu yana bir imkoniyat, lekin basharti tez muddatda qarzdan qutulolmasangiz,
katta miqdorda foiz to'lashingizga to'g'ri keladi.
— O'ylab topishim mumkin bo'lganining hammasi shu, — dedi yigitcha.
— Yaxshi. Biroq, ular narxini tushirishga ko'nmasmikanlar? Ko'pchilik do'konlar
mollariga yuqori baholarni qo'yadilar, lekin ular sag'al arzonroq bahoda ham sotishga
tayyor ekanini hatto tasavvur ham qilolmaysiz. Yoki siz ulardan foizsiz kredit berishi
mumkinligi to'g'risida so'rashingiz ham mumkin.
Ular hatto sizning eski televizoringizni to'lov qismi sifatida qabul etishlari ham
mumkin. Ko'rib turganingizdek, doimo bir qancha variantlar mavjud. Birinchi qarashda
hech qanday imkonsiz tuyulgan narsa, basharti o'tirib, harakatlarning o'ylangan rejasini
tuzib olsangiz, aslida juda ko'p imkoniyatlar mavjudligini ko'rasiz.
Talab etilajak narsa, — bu bor yo'g'i o'nta banddan iborat amal etish rejasini tuzmoq,
— imkoni mavjud bo'lgan o'nta yechimni yozishdir.
— Siz biron-bir misol keltira olasizmi? — so'radi yigitcha.
— Albatta. Masalan, menga taalluqli masala yuzasidan, shaxsiy jurnal chiqarishim
uchun yuz ming funt zarur edi. Natijada men o'nta imkoni mavjud yechimni yozdim:
1. Yuz ming funt mablag' kirita oladigan odam yoki kompaniyani topish.
2. Har biri ellik ming funtdan mablag' kirita oladigan ikkita investorni topish.
3. Har biri yigirma ming funtdan mablag' kirita oladigan beshta investorni topish.
4. Har biri o'n ming funtdan mablag' kirita oladigan o'nta investorni topish.
5. Har biri besh ming funtdan mablag' kirita oladigan yigirmata investorni topish.
6. Har biri ikki ming funtdan mablag' kirita oladigan ellikta investorni topish.
7. Har biri ming funtdan mablag' kirita oladigan yuzta investorni topish.
8. Har biri besh yuz funtdan mablag' kirita oladigan ikki yuzta investorni topish.
9. Qaysidir miqdordagi mablag'ni bankdan qarzga olish.
10.Men bilan hamkorlikda jurnal chiqaradigan biron-bir davlat nashriyot
kompaniyasiga g'oyamni sotish.
Endi butun loyiham avval boshdagidek unchalik ehtimoldan uzoqday bo'lib
ko'rinmay qoldi. Men imkoni mavjud yechimlar ro'yxatini tuzdim. Endi ketiga tushgan har
qanday maqsadim loyihasini amalga oshirish uchun o'n banddan iborat reja tuzib olaman.
— Tushunarli. Bu har qanday vaziyatda qo'l keladimi? — so'radi yigitcha.
— Albatta, chunki bu o'z maqsadingizga yetishish yo'lida avval hatto o'ylamagan
turli-tuman yo’larni tadqiq qilishga majbur etadi. Bir kun boshqa bir shaharda yangi
cherkov ochmoqchi bo'lgan amerikalik ruhoniy to'g'risida hikoya o'qib qoldim. Cherkov
qurish uchun mablag'i bo'lmaganidan u o'nta banddan iborat reja tuzibdi. quyidagilarni
yozgan:
1. Maktab binosini ijaraga olish.
2. Masonlar joyini ijaraga olish.
3. Ovchilar uyini ijaraga olish.
4. Janoza o'qiladigan masjid binosini ijaraga olish.
5. Bo'sh ombor o'rnini ijaraga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |