www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Klement Stounning «Aql yetgan va o'zi ishongan barcha narsaga yetishish
mumkin» degan so'zlarini bir umr yodda tuting. Siz o'z e'tiqodingizni tanlash quvvatiga
egasiz.
— Lekin qanday qilib? — so'radi yigit.
— O'ziga ta'sir ko'rsatib, ixlos qilish — o'z-o'ziga takror uqtirishga asoslangan oddiy
texnika.
— O'zingizga uqtirish qanday qilib sizning anglab yetilmagan e'tiqodingizga ta'sir
qiladi? — yana savol berdi yigit.
— Siz tez-tez takrorlaydigan har qanday tasdiq yoki uqtirish oxir-oqibatda sizning
beixtiyor ongingizga kiradi, — tushuntirdi janob Epplbi. — Axir o'z e'tiqodlaringizning
ko'pini aynan ana shu tarzda o'zingizga olgansiz.
Nimalardir haqida qayta-qayta gapirilaversa, oxir oqibatda bu sizning ongingizga
o'rnashib, o'zingiz ham shunga ishonch hosil etishingizni eshitganmisiz?
Yigit yon daftarchasiga yana nimalarnidir yozib oldi.
Janob Epplbi davom etardi:
— O'z-o'ziga uqtirish ko'magida pul va boylikka tegishli ijobiy munosabat yoki
e'tiqodni yaratishingiz kerak. Birinchidan, eski aks ta'sirli e'tiqodlarni to'la o'zgartirish. Pul
— kamyob narsa va u sizda hech qachon ko'p miqdorda bo'lmaydi, degan ma'noni
anglatuvchi «Pul daraxtda o'smaydi» deb ta'kidlash o'rniga: «Ha, pul daraxtda o'smaydi, u
mening aniq, puxta rejalashtirgan harakatlarim natijasida ortib boradi» degan ma'qulroq.
«Pul — baxt-saodat keltirolmaydi» deyish o'rniga: «Balki pul baxt-saodat keltira olmas,
ammo uning yo'qligi undanda ortiqroq darajada baxt-saodatni keltirmaydi!» deb ayting.
Yoki,«Pul — zulm manbai» so'zlari o'rniga «Pulga o'chlik zulm manbai, lekin yaxshi
qo'llarda pul buyuk yaxshilik va saxovat manbai» deb almashtiring.
Bunga «Boylik kuch, erkinlik va o'ziga ishonch keltiradi» yoki «Men bitmas-
tuganmas boylik yaratishga qodirman» degan tarzda o'z ijobiy ta'kidlaringizni qo'shing.
Shu tariqa o'zingizga taalluqli hamda pul va boylikka tegishli anglab yetilmagan
e'tiqodlaringizni o'zgartira boshlaysiz.
Yigit o'z yon daftaridan nigohini uzib, suhbatdoshiga qaradi:
— Bu o'zida uqtirishni necha marta takrorlash zarur, deb hisoblaysiz? — so'radi u.
— Imkon qadar tez-tez takrorlagan ma'qul, — dedi janob Epplbi.
— Bir kunda kam deganda uch mahal: birinchi bor erta bilan uyg'onganingizda, yana
bir bor kun davomida va yana uyqu oldidan ham takrorlash kerak.
Yigitcha nimaniki eshitsa, shuni yodidan ko'tarmasligi uchun hafsala bilan o'z yon
daftarchasiga qayd etib borardi.
— Siz e'tiqodingizga ko'ra qilishingiz mumkin bo'lgan ish, — davom etdi janob
Epplbi, —ko'pincha aynan siz bajarishingiz kerak bo'lgan ish bo'lib chiqadi. Keyin u o'z
stolida ramkaga solib qo'yilgan quyidagi matnni ko'rsatdi:
Agar sizni urishlaridan qo'rqsangiz, o'zingizni kaltaklangan deb hisoblang.
Agar siz buni qilishga botinolmayman, deb o'ylasangiz, siz hech qachon
botinolmaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |