www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— O'shanda men buni tushunmagan edim, — tan oldi janob Epplbi. — Ishdan va
daromadning yagona manbaidan ayrilib, meni og'ir sharoitga solib qo'ygan holat oxir-
oqibatda qay tarzda menga qandaydir foyda keltirishi mumkin? Lekin ortimga nazar
tashlab, boshimdan kechirgan voqealar ichida bu eng yaxshisiligini ko'rib turibman,
chunki mening holatimdagi noilojlik o'z holatimni o'zgartirishga majbur qildi — usiz men
hech qachon bunga jur'at eta olmasdim.
Men doimo o'z shaxsiy biznesim bo'lishini va o'zimga o'zim xo'jayinlik qilishni
istardim va keraksiz bo’lib qolganim o'z rejalarimni amalga oshirish uchun menga imkon
berdi. Haqiqiy Boylik sinoatlarini o'rganib, men o'z uyimda menejment bo'yicha
maslahatlar bera boshladim va birinchi yilning o'zidayoq avvalgi ishimda ishlab topishim
mumkin bo'lgan mablag'dan ikki barobar ortiq daromadga ega bo'ldim.
— Hazillashyapsizmi? — dedi yigit. — Sizning muvaffaqiyatga erishishingiz
Haqiqiy Boylik sirlarini bilishda, deb uqtirmoqchimisiz?
— Mutlaqo to'g'ri, — tasdiqladi janob Epplbi. — O'tgan asrning amerikalik
ruhshunos va faylasufi Uilyam Jeyms aylgandiki, uning avlodi kashf etgan ulug' kashfiyot
shundan iboratki, odamzot o'z aqlining holatini o'zgartirib, o'z hayotini o'zgartiradi. Bu
chin haqiqat. O'z hayotingizda nimani istasangiz — bu salomatlik yo baxt bo'ladimi,
muhabbat yoki boylikmi, — birinchi qiladigan ishingiz — bu nimaning imkoniyati bor va
yo'qligiga nisbatan o'z munosabatingiz va ishonchingizni diqqat bilan ko'rib chiqishingiz
kerak.
Yigitcha yon daftarchasi va ruchkasini oldi.
— Men bir necha yozuvlarni qayd etsam, qarshilik qilmaysizmi? — so'radi u.
— Albatta, qarshiligim yo'q. Bu yaxshi fikr, — jilmaydi janob Epplbi. — Agar
birgina kasallik bilan og'rigan yuzlarcha kishilarga oddiy qanddan iborat hapdori berib,
ularga shu dori xastalikni davolovchi ajoyib xususiyatga egaligini aytilsa, qirq foiz
bemorlar faqat o'sha xapdori ularni davolasj mumkinligiga ixlos qilgani sababli shifo
topishlarl sizga ma'lummi? Shu tariqa tuzalmaydigan xastalikka duchor bo'lganlari
to’g’risida xabar topgan chog'ida ko'pchilik bemorlarning ahvoli to'satdan yomonlashadi.
Ulilar xastalikdan tuzalmasligigal shunchaki ishona boshlaydilar.
Ayting-chi qanday fikirdasiz, agar siz mutlaqo jozibador emasligingizga ishonchingiz
komil bo’lsa, sevgilingizni o’zingizga mahliyo eta olasizmi? Odamlar orasida va har
qanday davrada o’zingizni noqulay sezasiz va iloji boricha hech kim payqamaydigan
bo'lishga harakat qilib, biror-bir burchakka berkinib olasiz. Hatto bironta ayolga jozibali
ko'rinsangiz-da, o'zingizni unga nisbatan yetarlicha nomunosib deb hisoblaysiz.
Ko'rib turganingizdek, hayotning barcha jabhalarida g'ayriixliyoriy e'tiqodimiz eng
katta o'rin tutadi. Va ular boshqa hech joyda pul va boylik bilan bog'liq masalalardagi kabi
muhim o'rin tutmaydi.
Siz ishlab topayolgan mablag' miqdori, sizning ishonch-e'tiqodingizga to'ppa-to'g'ri
muvofiq keladi.
— Bir daqiqaga to'xtang, — dedi yigit, — men...
— Siz hozir olayotgan maoshingizdan ko'nglinngiz to'qmi? — so'radi janob Epplbi.
Do'stlaringiz bilan baham: |