www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
qurdim. Hammasi ko'ngildagidek edi, yaxshi hayot tarzini kechirardim. Biroq sharqiy
tomondan uch chaqirim narida quvvati kuchliroq yangi shoxko'cha qurildi. Bir
kechadayoq mening shoxobcham yonidan o'tuvchi ulovlar soni keskin kamaydi. Daromad
pasayib ketdi va olti oy o'tgach, vaziyat o'nglab bo'lmas darajaga yetdi. Qanchadir foyda
keltirish u yoqda tursin xarajatlarni to'lash uchun yetarli miqdordagi pul topish yo'li yorug'
jahonda topilmadi. Bu biznesga bor-yo'g'imni kiritgan edim, endi yoshim yetmishga
yaqinlashganda boy odamdan qashshoqqa aylanib qoldim.
Yigit o'z yon daftarchasidan ko'zini uzdi.
— Siz yoshingiz oltmishdan oshganida hammasini boshidan boshlashga majbur
bo'ldingizmi? — so'radi u o'z quloqlariga ishonmay.
— Ha, — tasdiqladi janob Kammings.
— Lekin bu yoshda ko'pchilik nafaqaga chiqadi, — xitob qildi yigit. — Oxir-
oqibatda siz nima bilan mashg'ul bo'ldingiz?
— Boshida hech qanday g'oya, fikrlar paydol bo'lmadi. Yagona bilganim — bu
nimadir qilishim kerak edi. Bir kuni restoranimda o'tirsam, u yerga uncha baland
bo'lmagan keksa xitoylik kirdi. Ul qo'shni stolda mening qarshimga o'tirdi va: «Assalomu
alaykum dedi. U juda do'stona kayfiyatda edi, va biz go'yo tez til topishdik. U mening
firmamning taomim — shaxsiy kashfiyotim bo'lgan ziravorlar solib yog'da qovurilgan
kartoshkani buyurdi va bu unga juda yoqishini aytdi. Bu taom restoranimga kimki kirsa,
uni tatib ko'rgan zamon barchaga yoqardi. Taomni yeb bo'lib, chol, nima uchun odam
kamligini so'radi va men unga yangi yo'l haqida so'zlab berdim.
U endi nima qilmoqchi bo'layotganimni so'ragandi, bilmasligimni aytdim. Bu yoqilg'i
quyish shoxobchasi va restoran qurilishiga yigirma yillik umrimni bag'ishladim.
Yangi yo'l tushguniga qadar ishlarim ko'ngildaqidek edi, lekin yoningdan transport
ortiq o'tmay qo'ysa, nima qila olasan?
Chol menga juda jiddiy qarab dedi:
«Mening mamlakatimda har qanday omadsizlik. ortida xuddi shu miqdorda yoki
hatto undan-da ko'proq omad keltirishiga ishonadilar».
Hazillashayapsizmi, — javob berdim men. — Axir mening yigirma yillik umrimni
band etgan barcha narsani yo'qolishni omad deb hisoblash mumkinmi?».
«Ha, sababi — sizni undnnda kattaroqlari kutmoqda. Bir eshik yopilgan chog'ida siz
boshqasini ochishga majbursiz. Agar sizda kuchli xohish bo'lsa va buning uchun nimaiki
talab etilmasin, bajarishga tayyor bo'lsangiz, tilagan hamma narsaga erishishingiz
mumkin...».
Men derazadan qaragancha nima qilishim kerakligi va vujudga kelgan vaziyaldan qay
tarzda yaxshilik topishim mumkinligi haqida o'ylardim. Men ko'p emas, bir zumgagina
orqamga o'girildimu, keyin qo'shni stolga yana boqdim, qariya joyida yo'q edi. Stol ustida
tanovul etilgan taom uchun chek va o'nta ism-familiya hamda o'nta telefon raqamlari qayd
etilgan, shuningdek, «Tushlik uchun rahmat. Sizning yog'da qovurilgan kartoshkangiz
g'oyatda mazali!» deya ostida qo'shimcha bitilgan qog'oz varag'i yotardi.
Janob Kammings choydan bir ho'pladi va gapida davom etdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |