www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Yigitning xayollarini janob Kammingsning ovozi bo'lib yubordi, u so'zida davom
etardi:
— Ikkinchi qadam — siz o'zgartirmoqchi bo'lgan sharoitlar bugungi kunda qanday
qiyinchiliklar tug'dirayotganini ko'rib chiqishdir. Mening o'zim ularni yetarli darajada
boshimdan kechirdim — butun umrim davomida ishlab topganimni yo'qotdim.
Yigit hozirgi kunda pulsizligi uni qiynoqlarga solayotganini yaxshi bilardi. Shu
sababli u anchagina uyqusiz tunlarni o'tkazdi. Lekin og'riq va iztirob ahvolini yaxshilashga
yordam berish mumkinligini xayoliga ham keltirmagandi.
— Uchinchi qadam,— dedi janob Kammind tushuntirishida davom etib, — agar siz
hech nimani o'zgartirolmasangiz, kelajakda boshingizdan kechirishingiz mumkin bo'lgan
qiyinchiliklarni ko'z oldingizga keltirish. Farzandingiz tug'ilgan kunida u orzu qilgan
buyumni sovg'a qilishga qurbingiz yetmagani yoki uning kollej yo dorilfununda o'qishiga
mablag' bilan ta'minlay olmaganingiz alamlarini tasavvur etish; yoxud oilangiz va
do'stlaringizni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga imko topolmaydigan darajada
qolishingiz yoki do'stlaringizni mehmonga chaqirishingiz mumkin bo'lga katta uyni hech
qachon sotib ololmasligingiz haqidagi o'ylar.
Yigit b'zini xotini va farzandlari borday tasavvur qilib ko'rdi. Ularni ta'minlashga
ojizlik shunchalik og'ir ko'rindiki, bu haqda hatto o'ylashni ham istamadi.
— Bunday o'ylar kishini tushkunlikka solganday tuyulmayaptimi? — so'radi u.—
Nima uchun alamlaringizni qo'zg'atuvchi voqealarga diqqatni jamlahga to'g'ri keldi?
— Albatta, bular salbiy hissiyotlami qo'zg'atadi, uning fikrini tasdiqladi janob
Kammings. — Leki buning natijasida o'z hayotingizni o'zgartirish uchui hamma narsadan
ustun keluvchi kuchli istak paydo bo'lsa, shuncha jafolarni yodlashga arziydi,
to'g'rimasmi?
Yigit bosh irg'adi.
— Ha, lekin...
— O'z hisob to'lovlarimizni to'lash uchun bor kuchimizni sarflashga harakat qilib
yoki qora kun uchun chetga olib qo'yadigan hech qanday mablag’ga imkon topolmay,
o'zing, oilang va do'stlaring uchun eng zarur buyumlar sotib olishga qurbing
yetmayotganiga tashvish va alamlarni chekayotganimiz, bularning barchasi o'z
hayotimizni o'zgartirishga turtki bo'lishi mumkin, — tushuntirdi janob Kammings. —
Agar hayotingizni o'zgartirishni istasangiz, uni o'zgartirish uchun kuchli va sobit istak
paydo bo'lishi zarurligini unutmang.
Men so'zlab bergan uch qadam, — bu «qamchi», — siz duchor bo'lishni
istamaydigan alamlar. To'rtinchi va so'nggi qadam — bu «shirin kulcha». Bu safar
kelajakda Haqiqiy Boylik sizga nimalar keltirishi mumkinligi to'g'risida barcha yoqimli
o'ylarni tasavvuringizda gavdalantirishingiz zarur. Siz doimo orzu qilgan narsalarni —
katta imorat, mashina sotib olayotgandagi rohat hissini, ta'tilda dam olish uchun sayohat,
o'zingiz suygan kishilarga yordam berish imkoniyatidan quvonch yoki xayriya ishlari bilan
shug'ullanishdan bahra olish kabi yoqimli o'ylarni surishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |