Uchinchi sir
NIYATNING ANIQLIGI QUVVATI
Yigit kelasi haftada xitoylik bergan ro'yxatda keltirilgan uchinchi shaxs — Maykl
Chepmen degan kishi bilan uchrashmoq uchun shahar markaziga yo'l oldi. Janob Chepmen
xalqaro aloqa korporatsiyasi prezidenti edi. Bu odam baland bo'yli va ozg'in, salobatli
ko'rinishli, egniga yeng so'nggi rusumdagi mayda yo'lli to'q kulrang kostyum kiygan, toza
paxta matosidan oq ko'ylagiga oddiyroq bo'yinbog' taqqan edi. U qirqlardan oshgan,
jigarrang sochlari tekis qirtishlangan va ohuday yirik-yirik ko'zlari tufayli ancha yosh
ko'rinardi. Yigit janob Chepmenga keksa xitoylik bilan shuningdek, undan keyingi ikki
uchrashuv to'g'risida so'zlab berganida, u barmoqlarini bir-birig, kirishtirgancha chuqur
o'yga cho'mgandek o'tirga o'rindig'iga suyandi.
— O'zingiz haqingizda biroz so'zlab bersangiz,-dedi u yigitga qarata. —
Hayotingizda nimalarga erishmoqchisiz?
—
Kechirasiz, janob? — janob Chepmenning to'g'ridan-to'g'ri savolidan biroz
esankiragancha yigit unga qaytadan savol nazari bilan qaradi.
— Hayotdan nimani tilaysiz? — takrorladi u.
— Ee... mening istagim, bu... baxtli bo'lish, salomat... va albatta, boy bo'lish, —
javob berdi yigit Axir buni har qanday inson istaydi-ku?
— Ha. Xuddi shu bois juda kamchilik odamlar baxtli, sog'lom va boydirlar!
— Bu bilan nima demoqchisiz?
— Agar siz o'z hayotingizda nimani izlayotganingizni bilmasangiz, unda buni qanday
topishingiz mumkin?
— Hozirgina aytdim-ku, sog'lom, baxtli va boy bo'lishni istayman, — ta'kidladi yigit.
— Lekin bularning barchasi juda umumi havoyi, noaniq gaplar. Bularning ortida
nimalarni nazarda tutmoqdasiz?
—
Kechirasiz, — dedi yigit so'zini bo'lib-bo’lib, — lekin men sizni unchalik
anglayolmayapman.
— Yaxshi, unda «boy» tushunchasini ko'rib chiqaylik, axir aynan shuning uchun bu
yerga kelgansiz-ku. O'zingizni boy deb hisoblashingiz uchun qancha mablag' topishingiz
kerak?
— Ha... tushunarli, — dedi yigit undan nima istayotganlariga nihoyat aqli yetib. —
O'zimni boy deb hisoblashim uchun jilla qursa hozirgidan ikki barobar ortiq pul topishni
istar edim.
— Yaxshi, shundan boshlaymiz. Yana nima?
— Men hech qanday qarz-halovatsiz shaxsiy uyim, mashiham bo'lishini istardim...
— Qanday uy va qanday mashina? — janob Chepmen uning so'zini bo'lib so'radi.
— Bilmadim, — javob berdi yigit. — Buning ahamiyati yo'q.
— Rostdanmi, — qiziqdi janob Chepmen. — Shahar harobalari tomondagi atigi bir
xonali uy ham bo'laveradimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |