www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Yonimda kimdir borligini sezib qoldim. Bu keksa xitoylik edi. U mendan qayerga
sayohat qilmoqchiligimni so'radi, men hozircha bilmayman, deb aytdim. Faqat bir necha
hafta sayohat qilmoqchiligimni bilishimni aytdim. Nima uchun sayohatga ketmoqchi
bo'layotganimni so'raganida, mening hech qanday ishim ham, kelajagim ham yo'qligini
bildirdim. U qayrilib, ko'zlarimga tikilib qarab: «U holda kelajagingni o'zing yaratishing
kerak», — dedi.
— Kishi kelajagini o'zi qanday yaratishi mumkin, — uning gapini bo'ldi yigit.
— Men ham xuddi shuni so'ragandim, — dedi janob Chepmen, — chol: «Haqiqiy
Boylik sirlari ko'magida deb javob berdi. Shundan so'ng uning aytishicha, menga
tushuntirib bera oladigan kishilar ro'yxatini berdi.
Yigit o'zicha jilmayib qo'ydi.
— O'sha kishilar yordamida, — davom etdi janob Chepmen, — mening eng asosiy
muammolarimdan biri — hech qanday jiddiy maqsadim, niyatimga erishish uchun aniq
xatti-harakatim bo'lmagani sababli hayotda hech narsaga erisholmayotganimni bilib oldim.
Men nimaiki istasam, o'shanga, hatto undan-da ortig'iga erishishim mumkinligini, lekin
buning uchun nima xohlashimni aniq bilishim zarurligini angladim. Bu - niyatning aniqligi
quvvatidir.
— Niyatning aniqligi, — takrorladi yigit, yo’l daftarchasiga qayd qilar ekan. —
Boylik yaratish uchun oldimizga aniq maqsad qo'yishimiz kerak demoqchimisiz ?
— Ha, eng avvalo — maqsad, — ta'kidladi janob Chepmen. — Sizning aniq
maqsadingiz bo'lishi kerak. Shunchaki «men boy bo'lishni istardim» deb aytishning o'zi
yetmaydi. O'z kelajagingizni qurishingiz uchun nimaga ega bo'lish va aynan qachon
shunga ega bo'lishga diqqatingizni jamlashingiz kerak. Sizning tanlaganingiz har doim ana
shu maqsadlar bilan belgilanadi. Agar, masalan hafta tugaguniga qadar biror-bir yumushni
tugallash maqsadida bo'lsangiz, siz bo'sh vaqtingizni televizor ko'rish o'rniga ana o'sha
yumushni bajarishga sarflaysiz.
Eng yuqori natijalarga erishish uchun esa maqsadlaringiz shunday ifodalangan
bo'lishi kerakki, ular sizning g'ayriixtiyoriy maqsadlaringiz bilan uyg'unlashsin, —
qo'shimcha qildi janob Chepmen.
— Aniqrog'i? — so'radi yigit.
— Maqsadlar odatda qanday ifodalanadi. Masalan, kishilar yangi yil va'dalarini
odatda qanday izhor etadilar? Ular: «Umid qilamanki,...». «Niyatim shuki...», «Urinib
ko'raman...» deydilar. Bunday so’z birikmalari ishga yaroqsiz, shu bois ko'pchilik yangi
yil va'dalarining bajarilishini uddalolmaydilar, - tushuntirdi janob Chepmen.
— Xo'sh, buning nimasi to'g'ri kelmaydi? - so'radi yigit.
— Masalan, kimdir chekishni tashlashga urnib ko'rmoqchi. U buning uddasidan
chiqadi, deb o'ylaysizmi?
Yigit yelka qisdi.
— Garov bog'lashim mumkinki, u buning uddasidan chiqolmaydi, — dedi janob
Chepmen. — chunki bu zararli odatdan qutulishga qat'iy jazm etgan har qanday kishi:
«Endi chekmayman», — deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |