www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Endi tushundim. Otam doim pul daraxtda o'smaydi, deganini xotirlayman.
— Yaxshi. Yana nima?
— Oham pul hamma narsani hal qilmaydi, u baxt keltirmaydi, unga muhabbatni sotib
olibl bo'lmaydi deyishni yoqtirardi.
— Juda yaxshi. Yana nima? Dinning pulga munosabati haqida nima deya olasiz?
— Nimani nazarda tutyapsiz? Pul — har qanday zulmning ildizi ekaninimi? —
so'radi yigit.
— Ha, xuddi shuni doimo eshitishga to'g'ri keladi, to'g'risi, o'ylaymanki, biz hali
zulmning manbai pul emas, pulga o'chlik ekanini bilishga imkonimiz bo'ladi.
Yigit lol qoldi. U katta bo'layotganda pul haqida bilgan barcha ma'lumotlari salbiy
ekan. Puli borlik — bu ham yetarli emas, pul hayotda unchalik muhim emas va unga
muhabbatni sotib olib bo'lmasligiga ishonishga o'rgatishgan. Yana pul uning egasining
ruhi jannatga tushishiga halaqit beruvchi zulm ekan.
— Endi ko'rib turibsizki, bu anglab yetilmagan e'tiqodingiz sizning ongli
e'tiqodingizga qanchalik qarama-qarshi ekan. Bir tomondan siz pul erkinlik, o'zida
ishonch, kuch va mustaqillik keltiradi, deb hisoblaysiz, ikkinchi tomondan — qalbingiz
tubida siz boylik to'plab, bebaxt, bemuhabbat bo'lishingiz va gunohga botib, sizga jannat
yo'llari berkilishiga aminsiz. Demak, sizning anglab yetilmagan e'tiqodingiz boy
bo'lishingizga halaqit beradi.
— Men avvallari hech qachon bu haqda o'ylamaganman, — dedi yigit.
Lekin shuningdek, boshqa e'tiqodlar ham bor, — davom etdi janob Epplbi. —
Shunday kishilar borki, ular katta pul olishga loyiqliklariga ishonmaydilar. Boshqalari boy
bo'lish yomon yoki axloqsizlik deb hisoblaydilar.
Agar boshqalar bunday boy bo'lolmasalar, men qanday qilib boy bo'lishim mumkin?
Muammo shundaki, agar bunday savollarga javob topib berolmasangiz, ularga qarshi
turolmaysiz. Siz boshqalarga ibrat ko'rsatib, ularda yashirin imkoniyatlarini safarbar
etishlari uchun ilhom uyg'otib yordamlashasiz.
— Bizning anglab yetilmagan ishonchu e'tiqodimiz — qudratli kuch, — ta'kidladi
janob Epplbi. — Ular hayotimizdagi barcha narsalarga ta'sir ko'rsatadilar. Eng mashhur,
siyqasi chiqqan fikrlardan birini yigirmanchi yuz yillikning buyuk tadbirkorlaridan biri
bo'lgan Klement Stoun birinchilardan bo'lib ifodalagan edi, — dedi u va yigitchaga! «Aql
yetgan va o'zi ishonadigan barcha narsaga yetishish mumkin» degan yozuv bitilgan
nishonni uzatdi.
— Nima demoqchi bo'lganingizni angladim, — dedi yigit. — Lekin nazarimda
anglab yetilmagan e'tiqodlarni o'zgartirish oson emas.
Janob Epplbi jilmaydi.
— Sizning so'zlaringiz o'z-o'zidan sizdagi quvvatni yo'qotadigan e'tiqodingizning
salbiyligiga yorqin misoldir. O'z anglab yetilmagan e'tiqodlaringizni o'zgartirish
mushkulligini aniq bilasizmi?)
— Him... yo'q, lekin...
Do'stlaringiz bilan baham: |