www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Inson shunday qobiliyatga ega ekanligi uncha muhim emas, — javob berdi janob
Epplbi. - Muhimi, inson o'shanday qobiliyatga ega ekanligiga ishonishida. O'rtamiyona
odam aqli va gavdasi buyuk ishlarni bajarishga layoqatli, asosiy muammo shundaki, biz
layoqatga ishonmaymiz.
Bundan ko'p yillar muqaddam men bir tomosha ko'rgandim, gipnotizyor zaldan
odamlarni tanlab, gipnoz qilardi. U kishini stolga yotishni so'rab, uni gipnoz holatiga
kiritardi va uning gavdasi qattiq va po'latdek bukilmaydigan bo'lib qolganini uqtirardi.
Shundan keyin ikkita stul qo'yib, stolda yotgan kishining boshini, ikkinchisiga oyog'ini
qo'yardi-da stolni sulardi. Gipnoz holatiga kirgan kishi qattiq ishongani uchun shunday
holatda yotaverar, gavdasi po'latdek qattiq edi.
Keyin sahnaga boshqa kishilar chiqdi, ularga stolda yotgan qalamni ko'tara
olmaydilar, deb uqtirdi. Bu qalam, dedi gipnozchi, ikki tonnalik yuk mashinasidan ham
og'ir. Uni joyidan qo'zg'atish amri mahol. «Qani, urinib ko'ring-chi, — taklif qilardi u, —
lekin bu qalamni olish mumkin emas».
Odamlar birin-sirin qalamni olmoqqa urinardi. Ayniqsa, ulardan biri — katta, alp
qomatli pahlavonga o'xshash kishi xotiramda qolgan. U qalamni olmoqchi bo'lganida
yuzlari burishib, peshonasi ter bosib, bilagidagi mushaklari qattiq tortishib, hatto tomirlari
bo'rtsa-da... qalamni joyidan qo'zg'ata olmadi! Qalamni yosh bola ham olishi mumkin
bo'lsa ham, uni qo'zg'ata olmaganiga sabab shuki, u ana shu qalamni ko'tara olishiga
ishonmadi. Gipnozchi uni shunga ishontirgan edi.
Ko'rib turganingizdek, muhimi hayotda nimagadir yetisha olishda emas, balki shunga
yetishishga ishonishingdadir.
Bu Haqiqiy Boylikning birinchi siri... bizning anglab yetilmagan e'tiqodimiz kuchidir.
— Anglab yetilmagan e'tiqod kuchi? — takrorladi yigitcha. — Biz ishongan
narsaning
turmushimiz,
yaxshilanishiga
qanday
ta'siri
bo'lishi
mumkinligini
tushunolmayapman.
— Agar sog'lom, mutanosib gavdali odam ishonchi-yu ixlosi bo'lmagani sababli
qalamni ko'tarolmagan bo'lsa, sizningcha, boy bo'lishni orzu qilgan kishi, agar buning
amaliy jihatdan iloji yo'qligiga amin bo'lsa, qanday imkoni qoladi?
O'n besh yil burun ishlarim yaxshi borardi. Men o'zimni to'la ta'minlangan
hisoblardim, ishlarimga to'g'anoq bo'luvchi biron-bir muammo bezovta qilmasdi, lekin bir
kuni hech kimga keraksiz bo’lib qoldim, barcha daromadlardan, yashash uchun zarur
barcha mablag' turlaridan ayrildim. Men nima qilishni mutlaqo tasavvur ham qilolmasdim,
kechasi uxlayolmay, daryo yoqasida sayr qilish uchun chiqdim. O'sha yerda butun
hayotimni o'zgartirgan kishiga duch keldim... keksa xitoylikni uchratdim!
— Xo'sh, shunday qilib, nima ro'y berdi? — betoqatlik bilan so'radi yigit o'sha qariya
haqida iloji boricha ko'proq bilishga intilib.
— U menga bir gap aytdi, uni bir umrga eslab qoldim. «Har qanday omadsizlik o'zida
shunday miqdorda yoki hatto undan-da kattaroq omadni vujudga keltiradi».
— Menga ham xuddi shuni aytgan edi, — tasdiqladi yigitcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |