www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
insoniyatning butun tarixi davomida yer sharini egallagan millionlarcha insonlar bilan
taqqoslaganda o'sha odamlar qachondir orzu etgandan ham ko'ra sen badavlatroq va juda
boysan.
— Pul — bu hali boylik emas, — davom etdi chol, — pulning borligi boylik
miqdorini o'lchash uchun har doim ham xizmat qilmaydi. Umuman aytganda, pul hech
qanday qimmatni tashkil etmaydi: allaqachon dunyodan o'tib ketgan insonlar tasviri
tushirilgan qog'ozlar to'plami yoki tangalardan qanday foyda bor? Pulning yagona qadri
shundaki, unga xarid qilish mumkin. Halokatga uchragan kemada yoki kimsasiz orolda
qolgan inson uchun million funt sterling pulning oxir-oqibatda qanday foydasi bor? Har
oylik maoshi olti xonali sondan iborat bo'lgan, ishi yurishgan, lekin haddan ziyod
yuklamalar tufayli bolalari bilan muloqotga vaqt topishga imkon topmaydigan
biznesmennlng boyligini qanday baholash mumkin? Va kim boyroq — saraton
xastaligidan o'layotgan millionermi yoki bankda bir chaqasi yo'q, ammo salomatligi a'lo
bo'lgan kishimi?
Haqiqiy boylik hajmi to'g'risida sen kechirayotgan umr sifati bilangina hukm
chiqarish mumkin. O'z shaxsiy umrini o'zi xohlaganicha yashashga qodir insongina
haqiqatdan boydir, — dedi qariya.
Ular kichikroq chakalakzorga kirib qolishdi. Daraxt shoxlarida kurtaklar paydo
bo'lgan, ularning rangiga qarab gullash davri yaqinlashganini bilish qiyin emas edi. Qisqa
sukutdan so'ng yigitcha so'z boshladi.
— Lekin pul hayotning sifatini yaxshilashi mumkin-da, — dedi u.
—Agar uni aql bilan ishlatilsa — to'g'ri, mumkin, — tasdiqladi chol. — Lekin
ko'pchilik pul barcha muammolarni hal etadi, deb.o'ylaydi.
— Ha, men o'z muammolarimni yechgunimga qadar hali ko'p suvlar oqib ketadi, —
jilmaydi yigit.
— Shunday deb o'ylashing mumkin, lekin, seni ishontirib aytamanki, bunday emas,
— javob berdi qariya ma'noli boqib.
Bu tanbeh yigitni sergaklantirdi. Bu chol uning muammolari haqida nima bilardi,
o'zi? Lekin u bu fikrini bayon etishga ulgurmasidan chol davom etdi:
— Sen million funt yutib olganingda nima qilar eding?
— Qarzlarimni to'lardim.
— Keyin-chi?
—Aytish qiyin. Avval o'z yaqinlarim va do'stlarimni taklif qilib, bazmi jamshid
uyushtirardim. Keyin cho'milish havzasi va tennis korti bor yangi uy-joy, mashina, yangi
televizor, yangi mebel sotib olardim. Keyin yaqin kishilarimni ta'tilga olib borardim va
pullarimning bir qismini muhtoj bo’lgan do'stlarimga tarqatardim.
— Xo'sh, undan keyin-chi? — takror so'radi chol.
— Bilmadim, — tan oldi yigit. — Men bu haqda avval o'ylamagan edim.
— Sen hozir juda ko'pchilik — kunlardan bir kun boyib ketishni orzu qilgan odamlar
aytadigan gapni aytding. Ammo sening javobingda Asl boylikka hech qachon erisha
olmaydigan sabab yashiringan.
Do'stlaringiz bilan baham: |