www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Men o'sha zahoti ro'yxatda ko'rsatilgan kishilarga chol haqida shunchaki ko'proq
ma'lumot olish maqsadida qo'ng'iroq qilib chiqdim, lekin buning o'rniga Haqiqiy
Boylikning sirlari haqida bilib oldim. Boya aytganimdek, juda qiyin vaziyatga tushib
qolgan edim va shu bois hamma narsaga tayyor edim.
— Sizga sirlarning yordami tegdimi? — so'radi yigit.
— Atrofingizga qarang, — jilmaydi janob Kammings. — Haqiqiy Boylik sirlarisiz
men ochimdan o'lgan bo'lardim yoki davlat nafaqasiga kun kechirib yurardim.
— Jiddiy gapirayapsizmi? — so'radi yigit.
— Albatta, — javob berdi janob Kammings.
—
Bu boylikka yetishishda hamma narsadan ustun turuvchi kuchli xohish qay
tarzda yordam berdi? — so'radi yigit.
— U meni muvaffaqiyatni qo'lga kiritish uchu qat'iyatli bo'lishga undadi, — javob
berdi janob Kammings — O’z hayotingizda hamma narsadan ustun turuvchi kuchli
xohishingiz bo’lmaguncha arzigulik hech bir narsaga erisholmaysiz, chunki maqsadga
yetishish uchun qattiq harakat, qat’iyat va o’z zimasiga olingan majburyatlarga amal
etishni talab etadi. Menda barcha qulayliklarga ega bo’lish istagi har doim bo’lgan., lekin
biznesimni yo’qotganimdan so’ng faqatgina boy bo’lishemas, balki juda boy bo’lishdek
hamma narsadan ustun kuchli xohish meni chulg’ab oldi. Chunki bunga erisha olishimni
avvalo o’zim va boshqalarga isbot qilishim kerak edi.
Menga odamlar hammasini boshidan boshlash uchun anchakeksayib qolganim,
bunday ishga urinish tentaklik ekanini va qo’limdagi borimdan tuzukroq tarizda
foydalanishim zarurligini aytdilar.
Mana, men borimdan tuzukroq tarizda boylik yaratish uchun foydalanishga qaror
qildim.
— Nimangiz bor edi o’zi? – so’radi yigit.
—Kartoshkani yog'ga solib, ziravorlar bilan qovurishning usuli bor edi! — dedi janob
Kammings.
— Hazillashyapsizmi? — dedi yigit. — Kartoshkani yog'da qovurish usulidan nima
olish mumkin?
— U ovqatlanish tarmoqlariga asqotishi mumkin deb o'yladim. Mening
kartoshkamning ta'rifi zo'rligini bilardim, — restoranimda ovqatlangan hammaga bu taom
yoqardi, - shu bois o’z uslubimni sotish uchun urinib, mamlakat bo’ylab keza boshladim.
Men restoranlarga o’z uslubimni taklif etib, buning uchun faqat mening uslubim bo’yicha
tayyorlangan qovrulgan kartoshkaning ko’proq sotilganidan tushgan mablag’dan kichikroq
foizdan o’zga hech qanday haq talab etmadim. Restoran boshqaruvchilarining ko'pchiligi
yuzimga qarab turib ustimdan kulardilar. «Sizning uslubingizn, boshimizga uramizmi? —
derdi ular. — O'zimizniki bor-ku».
«Lekin mening uslubim o'zgacha», — derdim men. Ularning ko'pchiligi mening
uslubimda tayyorlangan kartoshkani hatto tatib ko'rishni ham istashmasdi, lekin
muvaffaqiyatga erishish uchun hammadan kuchli xohishim bo'lgani sababli qattiq turib
talab qilardim. Men mingdan ortiq restoranlarni kezib chiqdim, axiyri men taklif etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |