www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Kishiga ta'sir o'tkazib, uxlatib qo'ya oladigan sehrgar bir kishining kallasi hamda
tovonlari bilan o'rtasida hech qanday suyanchig'i bo'lmagan ikkita stulga yotqizgani haqida
eshitganmisiz?
— Ha, eshitgandim, — javob berdi yigit.
— Tasavvur eting-a, basharti sehrgar o'sha kishiga: «Sizning gavdangiz taxtadek
to'g'ri bo'lishi mumkin. Biz jismingizni po'latdek qattiq qilmoqchimiz», — desa, o'sha
odam uxlatishga uhamay, joyiga borib o'tirardi. Buning o'rniga sehrgar: «Sizning
gavdangiz taxtadek to'g'ri, po'latdek qattiq», — deydi. Hech qanday «harakat qilaman»,
«umid qilaman», «niyatdaman...» so'zlari yo'q. Sehrgar hozirgi zamonda ifodalangan
ijobiy tasdiqlardan foydalanadi.
Maqsadlaringizni ifodalash yo'rig'i to'g'risida ham xuddi shunday deyish mumkin.
Shu yil 31-dekabrgacha 100000 funt ishlab topishga «harakat qilaman» yoki «istar edim»
yoki «umidim bor» deyish o'rniga, «Bugundan e'tiboran shu yilning 31- dekabrigacha
100000 funt ishlab topaman» deyish zarur. O'z maqsadlaringizni yozib borar ekansiz,
doimo esda tuting: ularni hozirgi zamonda va bo'ladigan tasdiq ko'rinishida shakllantiring.
Agar siz maqsadingizni yozib qo'ysangiz, unga erishishning yarim yo'liga yetgan
bo'lasiz. Maqsadlaringizni hozirgi zamonda va bo'lishi mumkin tarzda yozib borishning
o'zida xos jodudek xususiyati bor — bu sizning hayotingizga ularni haqiqatan kiritadi.
Ularning qog'oz varag'ida yozilgani va kunda uch bora — ertalab, tushda va kechda
qaytalab o'qilishi shularga erishish jarayonining boshlanishidir.
— Nahotki shu rost bo'lsa? — so'radi yigitcha.
— Xo'sh, sizga maslahatim — sinab ko'ring, nima bo'lishini o'zingiz ko'rasiz, —
javob berdi janoj Chepmen. — Maqsadlarni yozish — hayotingizda nimaga
yetishishingizni aniqlovchi g'oyat kichik quvvat. Ularni yozib qo'yishingiz bilan, siz
o'zingizi bu maqsadlarga erishayotgandek his qilasiz.
— Hozircha bu bilan nima demoqchi bo'layotganingizni unchalik anglamayapman.
— Bu jarayon ijodiy ko'rinish deb nomlanadi Maqsadingiz qanday bo'lishidan qat'i
nazar, o'zigizni unga erishgandek tarzda tasavvur qiling. Basharti, masalan,
maqsadlaringizdan biri — mallum bir uyda yashash bo'lsa, o'zingizni o'sha uyda
yashayotgandek ko'rishga harakat qiling. Yoki basharti maqsadingiz — biron-bir ishni
qo'lga kiritish bo'lsa, o'zingizni o'sha ishni bajarayotgn holda ko'rishingiz zarur.
— Lekin axir bu shunchaki istagimizni amaldagidek qabul qilish bo'lmaydimi? —
e'tiroz bildirdi yigit.
— Bilasizmi, keksa donishmand kishi bir kufl menga: «Agar sen shuni xohlasang, bu
endi orzu emas», degan edi. Siz o'zingizni maqsadin yetishgandek tasavvur etsangiz,
maqsad yanada aniqlashuvi, yanada imkoni borday tuyuladi Bunday uslubiyat barcha
buyuk sportchilar tomonidan qo'llanadi, chunki u shubhasiz, o'z oldingizga qo'ygan
maqsadingizga yetishga qodirligingiz va shunga erishish zarurligiga ishonch hissini
sindiradi.
— Yaxshi, — dedi yigitcha. — Demak, biz o'z maqsadlarimizni belgilab olib, ularni
yozib qo'yishimiz va xayolda ularga erishgandek tasavvur qilishimiz kerak ekan-da.
Do'stlaringiz bilan baham: |