www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Yo'g'-e, albatta yo'q, — dedi yigit.
— Unda bu qanday uy bo'lishi kerak?
— Shaharning shimoliy chekkasida besh xonali uyim bo'lishini istardim.
— Mana, nihoyat, nimagadir kelib to'xtadik, — dedi janob Chepmen.
— Siz ikki barobar ko'p maosh olsangiz, shunday uyni sotib olaman, deb
o'ylaysizmi?
— Yo'q, — deya kulib yubordi yigit. — Buning uchun o'n barobar ko'p pul topishim
zarur.
— Bo'lmasa nima uchun hozirgina ikki barobar ko'p pul topsam, o'zimni boy deb
hisoblardim, dedingiz.
— Men... men bu haqda jiddiyroq o'ylab ko'rmagan ekanman, — tan oldi yigit.
— So'zdagi qarama-qarshilikni ko'ryapsizmi? — so'radi janob Chepmen.
— Ko'pgina kishilar boy bo'lish istagini bildiradilar, lekin ulardan kamchiligi
haqiqatda nimani va nima uchun istashlarini o'ylab ko'rishga fursat topmaydilar. Agar
Haqiqiy Boylik yaratishni boshlash istagida bo'lsangiz, buning hammasini o'ylab
olishingiz darkor. Nimani istashingiz va nima kerakligini eng mayda-chuydalarigacha aniq
bilib olishingiz kerak. Masalan, yangi mashina olishni istayman, deyishning o'zi yetmaydi.
Siz bu mashinaning rusumi, ko'rinishi va rangini aniq bilishingiz kerak, faqat o'shandagina
aqlingiz nimadadir jamlanib bir fikrga keladi. Shu bilan birga, aniq maqsadingizga
qo'shimcha sifatida nima uchun shuni istashingiz va bu maqsadga yetishish sizg qanday
foyda keltirishi sabablarini bilishingiz kerak.
— Men yosh chog'imda, — davom etdi janq Chepmen, — mavjud tizimni yenga
olaman, del o'ylardim. Menga hech qanday attestatlar kerak emas edi, ilm meni
qiziqtirmasdi. Vaqtimni chog’ o’tkazish to'g'risidagina qayg'ulardim. Lekin ko'p o'tmay,
hech qanday malakam bo'lmagani uchul tuzukroq ish topolmasligimga aqlim yetdi. Hozir
o'tmishga nazar solganimda, bularning barchasi nihoyatda kulgili tuyuladi, lekin o'shanda
maktabda o'qigan yillarimni ayblardim. Menga doimo o'qish va mutaxassislikni egallash
naqadar muhimligini aytishsa-da, bu gaplarga quloq solmasdim.
O'z hayotimni qanday tashkil etishi zarurligini bilmas edim. Men g'oyat xafa, ezilgan
ahvolda, alam og'ushida edim. Birovlarda yangi mashinalar, katta imoratlar bor, ular
buyurtma berib kiyim tiktiradilar, jannatday joylarda hordiq chiqaradilar-u men esa nima
uchun bunday qilolmayman. Boshqalar shularga ega bo'lish uchun o'z vaqti va
harakatlarini sarfladilar shunga erishdilar, men esa yoshligimni behuda sovurib yubordim,
degan xayollar meni tark etmasdi. Buning uchun o'z ota-ohamni, o'qituvchilarni, hatto
hukumatni ham aybdor hisoblardim, ammo haqiqatda aybdor faqat bir kishi — mening
o'zim edim.
Kunlardan bir kun keksa xolamdan meros oldim va ikki haftada hammasini sovurib,
yaxshilab dam olib kelish uchun qanday joy tanlasam ekan, deya sayohatchilar byurosiga
bordim. U yerdan sayohatlar loyihalarini olib, diqqat bilan o'rganib chiqish maqsadida
boqqa yo'l oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |