Aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/83
Sana12.09.2021
Hajmi0,65 Mb.
#172781
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
boy bulish siri

To'rtinchi sir 

HARAKATLARNING PUXTA O'YLANGAN 

REJASI QUVVATI 

Demak,  siz  maqsadlaringizni  yozib  qo'yib  ularni  hozirgi  zamonda  va  bo'ladigan 

tarzda  ifodaladingiz;  ushbu  maqsadlarga  erishish  uchun  istalgan  muddatingizni 

belgiladingiz va ularga yetishishda muhim bo'lgan sabablarni aniqladingiz. Endi niyatingiz 

ravshan  —  siz  nimani  xohlashingiz,  nima  uchun  xohlashingiz  va  qaysi  muddatgacha  uni 

xohlashingizni bilasiz — xo'sh, endi u yog'iga nima qilasiz? 




www.aql.uz  - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar 

Yigitcha  o'z  ro'yxatidagi  to'rtinchi  odam,  katta  xalqaro  nashriyot  kompaniyasining 

bosh  muharriri  Erika  Xill  ro'parasida  o'tirar  edi.  Yigitcha  missis  Xillni  ko'rganda  uning 

nihoyatda  yoshligidan  hayratga  tushdi.  Bunday  lavozimda  yoshi  ulug'roq  kimsani 

uchratishni  kutardi,  lekin  Xill  xonim  39  yoshda  bo'lishiga  qaramasdan,  yoshiga  nisbatan 

o'n  yoshga  yoshroq  ko'rinardi.  Sariq  sochlari  uzun  va  kulrang  ko'zlari  chaqnoq  bu 

maftunkor ayol uch farzandli esa-da, o'zining sarv qomatini saqlab qolgan edi. 

—  Rostini aytsam, — javob berdi yigitcha, — bilmayman. O'ylaymanki, siz haqsiz. 

Men  o'z  maqsadlarimni  bilaman,  lekin  qachon  bo'lmasin,  ularga  qanday  erisha  olishimni 

bilmayman. 

—    Ha,  xuddi  shunday,  —  dedi  Xill  xonim.  —  O'n  ikki  yil  muqaddam  men  xuddi 

shunday  vaziyatda  edim.  Men  o'z  xizmat  sohamni  erkin  jurnalist  sifatida  boshlaganman, 

hatto  homiladorlik  chog'imda  ham,  shuningdek,  farzandlar  tarbiyasi  bilan  shug'ullanish 

vaqtida  ham  faoliyatimni  davom  ettirganman.  O'sha  kezlari  meni  qiziqtirgan  mavzu  — 

yosh  onalar  va  oilalar  haqida  yozardim.  Bu  degani,  oilamizda  qanday  voqea  sodir 

bo'lmasin, odatda maqolalarimga material topa olardim. Ulardan ko'pchiligini men gazeta 

va  jurnallarga  sotardim,  agar  uch  bolamning  tarbiyasi  bilan  ham  bandligimni  hisobga 

olganda, umuman hayotim yo'lga yomon qo'yilmagandi. Lekin boshqa orzularim bor edi. 

Istagim — shaxsiy jurnal nashr etish edi. Buning uchun juda katta mablag' zarurligi bois 

bu orzuim hech amalga oshmasdek tuyulardi. 

Kunlardan  birida  men  intervyu  olish  uchun  shimolga  yo'l  oldim  va  nogoh  o'sha 

shaharga ketayotgan keksa xitoylikni ko'rib qoldim. U bag'oyat do'stona kayfiyatda edi va 

biz yo'l  bo'yi gurunglashib ketdik. Qaysidir soniyada unga jurnalistligimni va o'z shaxsiy 

jurnalimni yaratishni orzu qilishimni, ammo buning uchun kattagina mablag' talab etilishi 

bois orzuim qachon bo'lmasin amalga oshishi gumonligini aytdim. 

U  men  tomonga  xiyol  engashib,  qo'limdan  tutdi  va:  «Basharti  siz  buni  astoydil 

istasangiz, bu orzu emas» dedi. 

— Bu nima degani? — so'radi yigitcha. 

— Men unga xuddi shu savolni berdim, —javol berdi Xill xonim, — keksa hitoylik: 

«Sizning aqligiz yetgan va ishona olgan barcha narsaga yetishish mumkin» dedi. 

Yigitcha keksa  xitoylik unga xuddi  shunday  deganini xotirladi  va  yon  daftarchasiga 

yoza boshladi. 

—  Shundan  so'ng  chol  Haqiqiy  Boylik  sirlari  haqida  to'xtaldi,  —  davom  etdi  Xill 

xonim.  —  U  menga o'n  kishining  ism-familiyasi  va  telefol  raqamlarini berdi va bu sirlar 

nimaligini  o'sha  kishillar  anglatishi  mumkinligini  aytdi.  Men  ularninl  hammasi  bilan 

ko'rishmoqchi bo'ldim, chunki bundan shunchaki yaxshi bir hikoya chiqishi mumkin edi, 

lekin  tez  orada  chol  va'da  qilganini  ular  bajarayotganiga  amin  bo'ldim.  Butun  hayotimga 

ulkan ta'sir etgan sirlardan biri harakatlarning puxta o'ylangan rejasi quvvati edi. 

—  Buning zamirida aynan nimani nazarda tutyapsiz? — so'radi yigitcha. 

—    Siz  nimani  istashingiz  va  nima  uchun  istashingizni  bilishingiz  juda  muhim  va 

ba'zan hayotingizga maqsadlaringizni kiritish uchun shuning o'ziyoq kifoya etadi. Basharti 

ko'zlagan  maqsadingizga  erishish  yo'lida  biror-bir  harakatni  qo'llalamoqchi  bo'lsangiz, 





Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish