www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
(uslubdagi taomni tatib ko’rishga kimlardir rozi bo'ldi. Uch yildan so'ng beshta bitimim
bor edi. Keyingi to'rt yil davomida o'z biznesimga xo'jayin po'ldim, natijada multimillioner
bo'lishga erishdim. Yoshim yetmishga yetsa-da, men shunga jon-dildan kirishib ishladim.
Ko'rib turganingizdek, keksa xitoylik haq ekan — benzin quyish shoxobchamni yo'qotish
mening hayotimda eng yaxshi hodisa ekani ma'lum bo'ldi.
— Ha-ya, xuddi shunday bo'libdi-da! dedi kinoya bilan yigit.
— Siz Charlz Dikkensning «Rojdestvo hikoyallari»ni o'qiganmisiz?
— Ha, — javob berdi yigit.
— Skruj o'z yo'lini o'zgartirishiga nima majbufl qildi.
— Rojdestvoning Moziy, Hozirgi va Kelajak Sharpalari, — deb javob berdi yigit.
— To'g'ri, lekin buni qanday amalga oshirdilar
— E-e... agar u o'zgarmasa, kelgusida qanday holga tushajagini ko'rsatdilar.
—To'g'ri. Rojdestvoning Moziy Sharpasi uning o'tmishda pastkash va xasis bo'lgan
chog'ida qanday qiynoqlarga giriftor bo'lganligini ko'rsatadi Rojdestvoning Hozirgi
Sharpasi uning bugungi kunda qanday qiynoqlarga sabr yetayotganiga diqqatini qaratdi,
Rojdestvoning Kelajak Sharpalari esa, agar u o'zgarmasa, o'sha qiynoqlar uni kelgusida
ham kutayotganini ochib berdi. Natijada Skruj uyg'onib, hali tirik ekanligini bilganida
hayot tarzini o'zgartirishga qaror qildi.
Biz ham o'z hayotimizni, — xoh u moliyaviy ahvolimiz bo'lsin, xoh u ishdagi
darajamiz yoki hatto odamlar bilan o'zaro munosabatlarimizga taalluqli - bo'lsin,— o'sha
uch Sharpa Skrujga qo'llagan tamoyillaridan foydalanishimiz mumkin. Biz o'zgarishlarni
xohlashimiz zarur. Agar hech kimni o'azgartirolmasak, bizni qanday qiynoqlar kutayotgan
barobarida, agar o'zgarishlarga qaror bersak qanday rohat-farog'at kutayotganini
baholashim kerak.
Bu biz o'z hayotimizni o'zgartirish uchun zarul ishlarni bajarishda qat'iy yo'nalish
olishning yagona yo'lidir.
Bunday istakni paydo qilishning yagona yo'li — bu Rojdestvo Sharpalarining Skruj
uchun qo'llagani kabi, xuddi shunday usulidan foydalanishdir. Bu to'rt bosqichni o'z ichiga
olgan oddiy jarayondir. Birinchi bosqich — siz o'zgartirmoqchi bo'lgan sharoitlar
oqibatida o'tmishingizda qanday qiynoqlarni kechirib o'tganingizni xotirlashingiz.
Shuningdek, agar bu o'zgarishlar zamirida ko'proq pul topish istagi turgan bo'lsa, sizga
g'oyat kerakli narsani sotib olishga qurbingiz yetmay, imkon topolmagan barcha
voqealarni yodga tushirishingiz darkor.
Yigitning ko'z o'ngida birin-ketin voqealar: bolaligida eng so'nggi rusumda kiyinib
o'zini ko'z-ko'z etayotgan do'stlari uning eski, ancha uringan kiyimlari tufayli qanday
masxara qilganlari; kollejda o'qib yurgan chog'ida yonida ortiqcha puli bo'lmaganidan
o'rtog'lari bilan vaqtichog'lik qilolmagani va mashinasi yo'qligi bois o'zida yoqqan sarg'ish
sochli qizni hech qayerga taklif etolmagani jonlana boshladi. Hammadan ham onasiga
qimmat turadigan stomatologik yordam zarur bo'lgan va uni to'lashga imkon topolmagan
chog'da hech qanday yordam berolmagani unga qattiq alam qilardi. Pulning yo'qligi
o'tmishda ko'p aziyatlar chekishiga sabab bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |