www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Tushunmayapman, — dedi yigit. — Nima uchun kimdir boy bo'lishni istamasligi
mumkin?
— Keling, bir boshdan boshlaymiz, — dedi janob Kammings.
— Inson harakatlarini yuzaga keltirishga og'riqni sezish yoki biron narsadan qanoat
hosil qilishlardan biri bo'lib xizmat qiladi. Bizga halovat bag'ishlovchi nimadir haqida
o'ylaganimizda biz unga ega bo'lishni istaymiz, nimadir bizga og'riq keltiradi, deb
hisoblaganimizda, biz undan nariroq bo'lishga harakat qilamiz. Fikrimga qo'shilasizmi?
Yigit bosh silkidi.
— Men bunga to'la qo'shilaman, — dedi u. — Lekin boylikning mavjudligi huzur
bag'ishlaydi, shunday emasmi?
— Ha, xuddi shunday. Yoki, balki shunday bo'lishi mumkin. Ammo ko'p kishilar pul
va boylikning mavjudligi og'riq keltiradi, deb hisoblaydilar. Siz endi g'ayriixtiyoriy
e'tiqodlar kuchi haqida xabardormisiz?
Yigit yana bosh silkidi, lekin bu safar hech nima deb javob bermadi.
— Demak, ayrim odamlar pulning mavjudligi o'zida xos og'riq keltiradi, deb
hisoblashlaridan boxabarsiz. Shundaylar borki, ular oqibatda do'stlarining munosabatlari
o'zgarishidan cho'chiydilar, boshqalarini boylik bilan birga keluvchi mas'uliyat xavotirga
soladi. Ba'zan odamlarni soliqlar tahlikaga qo'yadi yoki boshqalar ularga qandaydir
talablarni qo'ya boshlaydilar, deb qo'rqadilar.
Agar chuqurroq qaralsa, bunday qo'rquvda yashovchi kishilarda boylikka, — har
qalay, Haqiqiy Boylikka ega bo'lish istagining o'zi yo'qdir. Shu bois ular boylikka ega
bo'lmay, shunday yashayveradilar.
— Buning hammasi shunga olib keladiki, — o'z tushuntirishlarini davom ettirdi
janob Kammings, — agar Haqiqiy Boylikka ega bo'lishni istasangiz, boyliksiz hayot
haqidagi o'ylardan ko'ra, siz unga yetishish va uni qo'lga kiritish bilan bog'liq yoqimli
xayollarni ko'proq kechirishingiz kerak. Siz uni istashingiz, istakdan ham kuchliroq —
sizda uni qo'lga kiritish uchun hamma narsadan ustunroq xohish bo'lishi zarur. Bu xohish
shu darajada kuchli bo'lishi darkorki, agar zarur bo'lsa, siz uning uchun har qanday
narsadan voz kechishingiz (albatta, o'z salomatligingiz, shaxsiy o'zaro munosabatlaringiz
va rostgo'yligingiz bundan mustasno), yo'lingizda g'ov bo'lgan har qanday to'siqlarni
yengib o'tishga tayyor bo'lishingiz kerak.
Shu sababli chekishni tashlashga uringan biron bir kashanda, ichkilikdan voz
kechmoqchi bo'lgan aroqxo'r, ozishni maqsad qilib qo'ygan parhez saqlovchi to shu
niyatini amalga oshirishga kuchli istak topmagunlaricha va o'zgarishga tayyor
bo'lmagunlaricha niyatlariga yetolmaydilar. Agar siz hayotda nimalargadir erishmoqchi
bo'lsangiz, buni bajarish uchun hammadan ustun keluvchi kuchli istakka ega bo'lishingiz
kerak.
O'n besh yil muqaddam, keksa xitoylikni uchratgan chog'imda men bankrotlikka
yaqin ahvolda edim va hamma narsamdan ayrilgan edim.
Men shaharning asosiy shoxko'chalaridan biridagi benzin quyish shoxobchasining
egasi edim. Ishlarim joyida edi. Shunchalik yaxshi ediki, hatto uning yoniga restoran
Do'stlaringiz bilan baham: |