Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet92/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Y i g i r m a b e sh i n ch i b o b
0 ‘T BILAN SUV 0 ‘RTASIDA
Paganelning ertagi katta muvaffaqiyat qozondi. Hatto qarsak chalib olqishladilar ham, lekin har kim o‘z fikrida qoldi. Geografiya olimi bahsga kirishgan-da doim erishadigan natijaga erishdi, ya’ni u hech kimni ishontirolmadi. Shunday bo‘lsa ham, taqdir taqozosi bilan tushib qolingan hech bir vaziyatdan no-limaslik kerak, qasr ham, kulba ham bo‘lmaganidan keyin daraxtga ham ko'nikish kerak, degan fikriga qo‘shilishdi.
Suhbat vaqtida qorong'u tushdi. Turli qiyinchilik-lar va xavotirliklar bilan to‘la bo'lgan bugungi kun-dan keyin yaxshilab uxlab dam olish zarur edi. Ombuning mehmonlari toshqin bilan kurashib char-chashdan tashqari, kunning issig‘idan ham qattiq azoblangan edilar. Hamma qanotli qo'shnilari qalin barglar orasiga kirib ketdi; xilgueros deb ataladigan pampas bulbullarining yoqimli tovushlari ham sekin-asta tindi. Parrandalar uyquga kirgan bo'lsa kerak. Endi, yaxshisi, ulardan o‘rnak olish lozim.
Lekin, Paganel aytganday, «inlariga kirib yotish-dan» oldin Glenarvan, Robert va geografiya olimi suv bosgan atrofni yana bir ko‘zdan kechirish uchun oxir-gi marta o‘z «observatoriyalariga» chiqdilar. Kech soat to‘qqiz bo'lib qolgan. Quyosh yarqillab ko‘rina-yotgan tuman orqasiga o‘tib, endigina yashiringan. Osmonning g‘arb tomoni boshdan-oyoq qaynoq bug‘ bilan qoplangan. Janubiy yarimshar yulduzlari odat-da doim yaltirab turadi, lekin bugun ular qoramtir

211


bilan qoplanganday xira miltillab turardilar. Shunday bo'lsa ham, har holda ularni tanib olsa bo‘lardi, Paganel vaqtdan foydalanib Glenarvan bilan Robertga qutb yulduzlarini ko'rsata boshladi. Shular orasida u birinchi va ikkinchi kattalikdagi to‘rtta yulduzdan iborat bo‘lgan Janubiy Krest yulduzini ham ko‘rsatdi; romba shaklidagi bu yulduzlar deyarlik qutbning tepasiga joylashgan. Geografiya olimi yana Kentavr yulduzlarini ham ko'rsatdi, bu yulduzlardan biri — Alfa yerga ayniqsa yaqin joylashgan. Paganel o‘z shogirdlariga ikki bo'lak katta-katta tumanga o‘xshash Magellan bulutlarini ham ko'rsatdi, ularning kattasi Oyning bizga ko‘rinib turgan yuziga qaraganda ikki yuz marta katta. Nihoyat, u osmondagi, «qora teshik»ni ham ko'rsatdi, osmonning o‘sha yeri, yulduzlar go‘yo mutlaqo yo‘qdek, bo‘m-bo‘sh edi.
Geografiya olimi yer sharining har ikkala yarim sharidan ham ko‘rinadigan Orion yulduzi hali chiq-maganiga juda achindi, buning o‘rniga u o‘z shogird­ lariga Patagoniya «kosmografiyasi»ning g‘alati bir xususiyati to‘g‘risida so'zlab berdi. Shoirsifat hindu-larning fikricha, Orion bepoyon osmon qirlarida kezib yurgan ovchi tomonidan otilgan kattakon kamand bi­ lan uchta bolas emish. Osmondagi butun yulduzlar oy-nadek suvda aks etib, go‘yo pastda ikkinchi osmon paydo qilganday ko‘rinardilar. Bu manzarani ko‘rgan kishi zavqlanmay qololmasdi.
Olim Paganel hamrohlarini kosmografiya sirlari bilan tanishtirayotgan paytda ufqning sharq tomoni qoraya boshladi. Qop-qora, quyuq bulut yulduzlar be-tini to'sib, osmonni qoplab kela boshladi. Yoqimsiz va hunuk bulut ko‘p o‘tmay, osmonning yarmisini qop­ lab oldi. Tiq etgan shamol bo'lmagani uchun u o‘z-o‘zidan surilib kelayotgandek tuyulardi. Havo dim, daraxtning bironta bargi qimir etmaydi, suv yuzida qilt etgan to'lqin yo‘q. Go‘yo kattakon pnevmatik na­ sos bilan atrofdagi havo so‘rib olingandek, nafas olish qiyin. Havo elektr zarralari bilan to‘la, har bir jon egasi uning zarralarini sezib turgandek.
Glenarvan, Paganel va Robert ham buni sezdilar.
— Momoqaldiroq bo'ladi, — dedi Paganel.
— Momaqaldiroqdan qo‘rqmaysanmi? — deb so‘ra-di Glenarvan, Robertdan.
— Yo‘q, ser!

212


— Unday bo‘lsa juda soz: hademay momaqaldiroq bo‘ladi.
— Bo'lganda ham juda kuchli bo‘ladi, havoning turqi shunaqa, — deb qo‘shib qo‘ydi Paganel.
— Men momaqaldiroqdan emas, uning ketidan kela-digan jaladan qo‘rqib turibman, — dedi Glenarvan. — Rosa shalabbo bo‘lamiz-da. Nima bo'lganda ham, Paganel, inson qushlardek daraxtga in qurib yashay ol-maydi, ko‘p o‘tmay bunga o'zingiz ham ishonasiz.
— Yo‘g‘-e, falsafiy nuqtai nazardan qaraganda...
— Falsafa sizni shalabbo bo‘lishdan saqlab qolol-maydi.
— Albatta, lekin u kishini isitishi mumkin.
Yuringlar endi, do'stlarimiz oldiga tushay-lik, — dedi Glenarvan, — falsafiy nazariyalar bilan qurollanib, poncholariga yaxshilab o‘ralib olishlarini maslahat beraylik, ayniqsa chidam bilan sabr-bar-doshdan ko'proq g‘amlab olishni tavsiya qilaylik, chunki bu hali bizga ko‘p asqotadi.
Glenarvan qosh-qovog‘ini osiltirib oigan osmonga oxirgi marta ko‘z tashladi. Osmon qop-qora qalin bu­ lut bilan qoplangan, faqat g‘arb tomonda oqshom nuri bilan yorishgan g'ira-shira bir chiziq ko‘rinadi. Suv ham qorayib, uzoqdagi quyuq tumanga qo‘shilmoqchi ekanday, kattakon quyuq bulutga o'xshab qoldi. Hammayoq qop-qorong‘u. Tiq etgan tovush, milt et­ gan yorug* yo‘q. Qop-qorong‘u zulmatga aylangan atrofga chuqur sukunat cho‘kkan.
— Yuringlar, pastga tushaylik endi, — dedi Glenarvan, — ha demay momaqaldiroq boshlanadi.
Uchalovlari silliq shoxlardan pastga sirg‘onib tushdilar. Bu yerning g‘ira-shira yorug‘ ekani ularni hayron qoldirdi. Bu yorug* suv ustida vijillab uchib yurgan mayda-mayda nuqtalardan taralardi.
— Bu nima bo'ldi, fosforessensiyami? — deb so‘radi Glenarvan, geografdan.
— Yo‘q, — deb javob berdi u, — bular yorug* qo‘ng‘iz, Buenos-Ayres xonimlari bu tirik va arzon ol-moslardan bezak o‘rnida foydalanadilar.
— Rostdanmi?! Shu uchib yurgan uchqunlar — hasharotmi? — deb so‘radi Robert.
— Ha, azizim, shunday.
Robert yorug* qo‘ng‘izlardan bittasini tutib oldi. Paganel yanglishmagan ekan, — bu, kattaligi bir

213


dyuym keladigan, qovoq ariga o'xshash hasharot edi.
Hindular uni «tuko-tuko» deb ataydilar.
Paganel bir qo‘ng‘izchalardan birini soatiga yaqin olib borib qaradi, soat o‘n bo'lgan ekan.
Glenarvan mayor bilan uch matros oldiga borib, turli yo‘l-yo‘riqlar bera boshladi. Momaqaldiroq payti-da jon asrash choralarini ko‘rib qo‘yish kerak edi. Momaqaldiroq boshlanishi bilanoq dovul turib, ombu qattiq tebrana boshlaydi. Shuning uchun har bir sa-yohatchi o‘z krovatiga o'zini mumkin qadar mahkam-roq bog'lab qo'yishi kerak. Osmondan quyib beradigan jaladan saqlanishning iloji bo‘lmagandan keyin, juda bo'lmasa bo‘ronda quturib to‘lqinlana boshlaydigan suvga tushib ketmaslikning ilojini qilish lozim.
Hammalari bir-birlariga: tinch uxlang, yaxshi tush ko'ring, deb joy-joylariga chiqib ketdilar, lekin kechaning tinch o'tishiga hech kim ham ishonmasdi. Sayohatchilar poncholariga o‘ralib, uxlagani yotdilar.
Lekin yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofat har bir jonli mavjudotni xavotirlikka soladi; bu hisni hatto odamzod ham yenga olmaydi. Ombuning hayajonlan-gan, ezilgan mehmonlari shu tufayli ko‘z yumolmay yotdilar, shuning uchun soat o‘n birda momaqaldiroq dastlabki marta gumbirlaganda, sayohatchilar ham-masi uyg‘oq edi. Glenarvan ko'ndalang o‘sgan shox-ning uchiga bordi-da, yaproqlar orasidan boshini chiqarib qaradi.
Uzoqda qop-qorong‘u osmon bag‘rini yorib, chaq-moq chaqa boshladi, chaqmoqning yorug‘i suv yuzida aks etardi. Chaqmoq bulutlar bag'rini ovozsiz, go‘yo yumshoq momiq mato orasidan o‘tayotgandek oson yorib o'tardi.
Glenarvan yeru osmonni qoplagan zimistonga bir oz qarab turgach, joyiga qaytib keldi.
— X o ‘sh, Glenarvan, nima gaplar topib keldin-giz? — deb so‘radi Paganel.
— Boshlanishi chakki emas. Shu tarzda borsa, mo­ maqaldiroq juda qattiq bo'ladi.
— Yana yaxshi! — dedi har narsaga ishqivoz Paganel. — Rostki, qochib qutulishga ilojimiz bo‘l-magandan keyin, chiroyliroq bo‘lgani yaxshi-da.
— Butun boshqa nazariyalaringiz kabi bu nazariyangiz ham barbod bo‘lishi turgan gap, — dedi mayor.

214


— Bu mening eng yaxshi ko'rgan nazariyalarim-dan biri, Mak Nabbs. Men Glenarvanning fikriga qo‘shilishaman — momaqaldiroq juda qattiq bo'ladi. Hozir uxlayman deb yotganimda bunday manzaraning g‘oyat go‘zal bo‘lishiga umid tug‘dirgan bir necha hodisani esladim. Biz hozir elektr quwati hukmron-lik qiladigan bo‘ronlar mamlakatida ekanimizni unut-mang. Allaqaysi kitobda o‘qigan edim: 1793-yilda xuddi shu yerda, Buenos-Ayres viloyatida bo‘lgan bir momaqaldiroq vaqtida ketma-ket o‘ttiz yetti marta chaqmoq chaqqan ekan! Mening hamkasabam Marin de Mussi shu yerlarga kelganda momaqaldiroqning to'xtovsiz ellik besh minut gumbirlab turganini kuzatgan ekan.
— Soatga qarab turib kuzatgan ekanmi? — deb so'radi mayor.
— Ha, soatga qarab turib. Meni xavotir qilayotgan birdan-bir narsa, — deb qo'shib qo‘ydi Paganel, — bu atrofda bizning ombudan baland narsaning yo‘qligi. Qani endi ombuda yashin qaytarg'ich bo'lsa, ko‘rgi-likni qarangki, chaqmoq bu yerlardagi daraxtlar ichi-da nima uchundir ombuni juda yoqtiradi. Buning ustiga, olimlar momaqal-diroq paytida daraxt tagiga yashirinishdan qochishni maslahat beradi, buni o‘zinglar ham bilasizlar, do‘stlarim.
— Bu maslahatni hozir o‘rinli deb hisoblab bo'lmaydi, — dedi mayor.
— Bu ko‘ngilga taskin beruvchi ma’lumotlarni ju­ da vaqtida beryapsiz-da,— dedi Glenarvan, kesatib.
— Be! Bilim olish uchun har qanday sharoit ham o'rinli, — dedi Paganel. — Ana! Boshlandi.
Bu bevaqt suhbatni momaqaldiroqning gumbur-gumburi bo'lib qo‘ydi. U tobora kuchayib kelardi. Agar bu tovushlarni muziqadagi tovushlarga o‘xsha-tish o‘rinli bo'lsa, momaqaldiroq ovozi past tondagi tovushlardan o‘rta tondagi tovushlarga ko'tarila bor-di. Butun atrofda to‘xtovsiz chaqmoq chaqib turdi. Osmonni tutib ketgan bu olov chaqinlarining qaysi biri cheksiz osmonni to‘xtovsiz gumbirlayotgan mo­ maqaldiroq tovushini yaratayotganini ajratib bo‘l-masdi.
To‘xtovsiz chaqib turgan chaqmoqlarning shakli har xil edi: ba’zilari tik kesib tushgan chiziqlar shaklida, ayni bir joyning o'zida besh-olti martadan

215


ketma-ket chaqnardi; ba’zan olim uchun juda qiziq hodisalar ro‘y berardi: agar Arago (uning shoyoni diqqat ma’lumotlariga qaraganda) panshaxaga o'xshash ikki shoxga bo‘lingan chaqmoqni bor-yo‘g‘i ikki marta ko‘rgan bo'lsa, bu yerda unday chaq-moqlarni yuzlab ko‘rish mumkin edi. Sonsiz-sanoq-siz chiziqlarga bo‘linib ketadigan, juda ko‘p mar-jonsimon egri-bugri shakldagi chaqmoqlar ham chaqnar, qorong‘u osmonni turli-turli formadagi g‘alati chaqinlar tutib ketardi. Ko‘p o‘tmay shimoli-sharq tomonda fosforsimon ravshan yorug‘lik paydo bo‘ldi. U allaqanday yonuvchi modda kabi bulut-larni alangalantirib va to‘lqinlanib oqayotgan suvda aks etib, sekin-asta butun ufqni qopladi. Ombu ko‘kni tutgan bahaybat yong'in sathida qo'qqayib turardi.
Glenarvan bilan uning hamrohlari bu dahshatli manzaraga indamay qarab o‘tirardilar. Ular gapira ol-masdilar, chunki ovozlari baribir eshitilmagan bo‘lar-di. Chaqmoq chaqqanda taralgan oqish xayoliy yog'du goh mayorning xotirjam betini, goh Paganelning tabi-at manzarasini qiziqib kuzatayotgan yuzini, goh chehrasidan g‘ayrat barq urib turgan Glenarvanni, goh bu manzaradan sarang bo'lib o‘tirgan Robertni, goh betashvish matroslarning basharasini bir lahza yoritib ketardi.
Shunga qaramay hali shamol ham, yomg‘ir ham boshlangani yo‘q. Lekin ko‘p o‘tmay osmonning tagi teshilib, qora bulut bilan suv qoplagan qir o‘rtasida, to‘qimachilik dastgohidagi iplar singari, sonsiz-sanoqsiz suv iplari tik tortildi. Yirik-yirik yomg'ir tomchilari yangi hosil bo‘lgan ko‘l yuziga kelib tush-ganda atrofga sachragan suv chaqmoq yorug‘ida xud-di marvariddek tovlanib ko'rinardi.
Sharros urib bergan bu jala momaqaldiroqning tu-gashidan darak berarmidi? Sayohatchilarimiz bu ofat-dan yomg‘irda cho‘milish bilangina qutularmidilar? Yo‘q! Osmonni elektr zarralariga to‘ldirgan bu bo‘ron paytida ombuning ko‘ndalang o'sgan shoxi uchida qop-qora tutun bilan o'ralgan mushtumdek o‘t shari paydo bo'ldi. Bu o‘t bir necha lahza o‘sha yerda ay-lanib turdi-yu, shunday qarsillab yorildiki, mo­ maqaldiroq quloqni bitirar darajada gumbirlab turgan bo‘lsa ham, uning ovozi eshitildi. Oltingugurt hidi di-

216


moqqa urildi. Atrofga bir lahza jimlik cho‘kdi, xuddi shu payt Tom Ostinning ovozi eshitildi.
— Daraxt yonib ketdi!
Tom Ostin yanglishmagan edi. Ombuning bugun g‘arb tomoni bir lahzada o‘t ichida qoldi. Quruq shoxlar, quruq otlardan yasalgan qush uyalari va daraxtning mayda-mayda shoxlari o'tning yana ham avj olishi uchun juda qulaylik tug'dirar edi. Shu payt qo‘zg‘alib qolgan shamol o‘tni battar alangalantirdi. Endi bu yerdan qochib, jon asrash kerak edi. Glenarvan bilan uning hamrohlari shoshib-pishib om­ buning hali o‘t olmagan sharq tarafiga o‘taboshladi-lar. Hayajonlangan va shoshib qolgan bo‘lishlariga qaramay, sayohatchilar og‘irliklari ostida egilib-buki-layotgan daraxt shoxlariga goh osilib, goh tirmashib o'tdan nari qochdilar. 0 ‘t ichida qolgan shoxlar tirik-lay yoqib yuborilgan ilondek vishillar, egilib-bukilib, sinib tushardi. Yonib turgan shoxlar sinib suvga tushganda atrofga o‘tli uchqunlar sachratardi, oqim esa ularni oqizib ketardi. 0 ‘t goh gur etib juda ba-landga ko‘tarilib, osmonni qoplagan olsuv rangga qo'shilib ketar, goh quturgan dovul uni pastga qarab puflardi, shunda butun daraxt o‘t ichida qolardi. Glenarvan, Robert, mayor, Paganel va matroslar dahshat ichida qoldilar, chidab bo‘lmas issiq badan-larini kuydirar, achchiq tutun nafaslarini bo‘g‘ardi. 0 ‘t ular turgan joyga ham bostirib kela boshladi; uni hech narsa o‘chira olmas, hatto to‘xtata olmas ham edi. Bechoralarning tiriklayin yonib ketishlarigina qolgandi.
Nihoyat chidab turishning sira iloji qolmadi. Ikki o‘limdan osonrog‘ini tanlash lozim edi.
— Suvga! — deb qichqirdi Glenarvan.
Kiyimlarini o‘t yalay boshlagan Vilson birinchi bo‘lib o‘zini suvga otdi, lekin birdan suv ichidan uning jon xalpida:
— Yordam beringlar! Yordam beringlar! — deb qichqirgani eshitildi.
Ostin darhol o‘zini suvga tashladi-da, uning yana daraxtga chiqib olishiga yordamlashdi.
— Nima gap?
— Kaymanlar! Kaymanlar! — deb qichqirdi Vilson. Haqiqatan ham suyak badanlarini yong'in
yorug'ida yaltiratib, eng xavfli o‘rmalovchilardan

217

hisoblangan kaymanlar ombu atrofida aylanib yu-rardilar. Paganel ularning yalpoq dumlarini, nayza-ning uchiga o‘xshagan boshini, chaqchayib turgan ko‘zlarini, qulog‘igacha yetadigan og‘zini ko'riboq amerika qit’asining eng yirtqich timsohlari ekanini darhol tanidi, ispan mustamlakalarida bu timsohlarni kayman deb ataydilar. Ular o‘ntacha bo‘lib bahaybat dumlari bilan suvni shaloplatib urar va pastki jag‘laridagi o'tkir tishlari bilan ombuni g‘ajirdilar.
Bechora sayohatchilar halok bo‘lishlari muqarrar ekanini angladilar. Yoki tiriklayin o‘tda kuyib ketadi-lar, yoki kaymanlarga yem bo'ladilar. Hatto mayor ham xotirjamlik bilan:
—Rostdan ham, endi iloj qolmagan ko‘rinadi,—
deb qo‘ydi.
Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, unda inson kurash olib borishdan ojiz qoladi, bunday vaziyatlarda qutur-gan tabiiy ofatlarni boshqa biror tabiiy kuchgina yen-

218


gaoladi. Glenarvan ko'zlarini jovdiratib, goh suvga, goh ularga qahrini sochayotgan o‘tga qarar, nima qilib bu balolardan qutulishni bilmasdi.
Momaqaldiroq susayaboshladi, lekin undan keyin havoda bug‘ juda ko‘payib ketdi, bu bug'lar esa qattiq harakatga kelgan edi. Ombuning janub tarafida kat-takon quyun paydo bo‘ldi, u tumandan hosil bo‘lgan va uch tomonini pastga qilib to'ntarib qo‘yilgan nihoyat-da katta konusga o'xshardi; u hamon gumburlab tur-gan bulutlar bilan quturib oqayotgan suvni bir-biriga qorishtirib uchirardi. Ko‘p o‘tmay o‘sha quyun nihoy-atda tez aylanib, ombuga yaqinlashib kela boshladi. U o‘z o‘qi atrofida tez aylanib, tevaragidagi barcha havo oqimlarini o'ziga torta boshladi. Bir necha minutdan keyin bu kattakon quyun ombuni o‘rab oldi va o‘z qa’riga tortdi. Daraxt tag-tomiri bilan titrab ketdi.
Glenarvan nazarida kaymanlar ombuga baravar yopishib, bahaybat jag'lari bilan uni yerdan sug‘urib olayotgandek tuyuldi. Sayohatchilar bir-birlarini ush-lab oldilar: ular azamat daraxt siqiqqa dosh berolmay, bir tomonga ag‘darilayotganini sezib qoldilar. Yana bir lahzadan so‘ng lovullab yonayotgan shoxlar vishilbab suv ichiga cho‘kdi. Quyun esa bu payt ko‘l suvini tagi bilan siqib chiqarib tashlamoqchi bo‘layot-gandek, o‘zining harob etuvchi kuchini boshqa tomonga surib ketmoqda edi.
Ildizi bilan qo'porilgan ombuni oqim tez oqizib ketdi. Kaymanlar qochib qoldilar, faqat bittasigina qo‘porilib chiqqan ildizlardan o‘tib, og‘zini karrakdek ochganicha odamlarga yaqinlashib kelaverdi. Myulredi bir uchi hali yonib turgan bir shoxni sindirib oldi-da, u bilan yirtqichni shunday qarsillatib urdiki, timsohning beli sinib ketdi. Kayman suvga ag‘darilib tushdi va dumi bilan suvni qattiq shalop-latganicha oqimda ko'zdan yo‘qoldi.
Bu yirtqich sudraluvchilardan xalos bo‘lgan Glenarvan bilan uning hamrohlari daraxtning shamol tegib turgan tomoniga o'tdilar. Ombu tun qorong‘usi-da lovullab yonganicha oqib borardi, dovul yelpigan alanga tillari o'tli yelkanlarday chayqalardi.

219



  1. Download 0,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish