Robert bilan Glenarvan otdan sakrab tushib, bir-birning quchog'iga tashlandilar.
So'ngra kapitan Grantning mard o‘g ‘lini bag‘riga bosish navbati Talkavga keldi.
— Robert tirik! Tirik! — deb qichqirardi Glenarvan.
— Ha, — dedi Robert: — Tauka, tufayli omon qolldim! Ammo Robert bu so‘zlarni aytmasdanoq hin dú o‘z Taukasi oldiga borib, bo'ymdan quchoqladi-da, minnatdor chilik bildira boshladi — Talkav Tauka bi lan go‘yo otning tomirlarida odam qoni oqayotgandek so‘zlashar, uni o‘par edi.
Keyin Talkav Paganelga o'girildi.
— Mard yigit! — dedi u, Robertni ko'rsatib. So‘ng hindlarning tilida ishlatiladigan istioradan foy-dalanib, qo'shib qo‘ydi: — Shporlari titramadi.
— Ayt-chi, o‘g ‘lim, seni qutqarmoq yo‘lidagi oxir-gi chorani ko‘rish imkoniyatini nima uchun na men-ga, na Talkavga bermading! — deb so‘radi Glenarvan, Robertni quchoqlab.
167
— Ser, — deb javob berdi bola, uning tovushida qizg‘in minnatdorlik aks etardi, o‘zini qurbon qilish navbati meniki emasmidi? Talkav mening hayotimni bir marta saqlab qoldi, siz esa otamning hayotini qutqazyapsiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |