Qirga marjon donalariday shabnam tushdi, tong
166
shabadasi baland o‘sgan o‘tlarni silkitib o'ynay bosh-ladi.
— Ketdik! — dedi hindú.
Glenarvan indamay Robertning otiga mindi. Saldan keyin ikkala otliq orqada qolgan otryad kelishi lozim bo'lgan to‘g ‘ri chiziq bo‘ylab, g ‘arbga qarab yo'rtib borardilar.
Ular har qadamda Robertning qonga bo‘yalib yot-gan jasadini ko‘rib qolishdan qo‘rqib, lekin atrofdan ko‘z uzmay, bir soatcha ot chopdirib bordilar. Glenarvan otning biqiniga ayamay shpor urardi. Birdan uzoqdan miltiq tovushlari eshitildi; miltiq tovushi ma’lum vaqtda takrorlanib turardi: aftidan, kimdir signal bermoqda.
— Bu bizning do‘stlarimiz! — dedi Glenarvan. Ikkala chavandoz otlarini yana ham qattiqroq
choptirdilar va bir necha minutdan so'ng Paganel boshliq otryadga borib qo'shildilar. Glenarvan sevin-ganidan qichqirib yubodi: Robert, hech qanday shikast ko‘rmagan, tirik Robert Taukaga minib kel-moqda edi! Egasini ko'rgan Tauka shodlik bilan kishnab qo'ydi.
— Oh, Robert, o‘g ‘lim! — deb qichqirdi Glenarvan, nihoyatda mehribonlik bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |