Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


siqni yaxshi ko‘raman. Issiq — yaxshi narsa!



Download 0,7 Mb.
bet41/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

138

siqni yaxshi ko‘raman. Issiq — yaxshi narsa!
Ayniqsa qishda, — ma’nodor qilib gap qistirdi mayor, sigarasini tutatib.
Kechqurun qamish tomli tashlandiq bir kulba — rancho yonida tunagani to‘xtashdi. Rancho oldida atrofi poyalar bilan to'silgan bir ayvoncha bor edi, de-vorlari qiyshayib qolgan bo'lsa ham, har holda, ot-larni tulkilardan himoya qilishga yarardi. Bu ayyor yirtqichlar otlarning o‘ziga zarar yetkaza olmasa ham, no'xtalarini g ‘ajib ketadi, keyin otlar bundan foydalanib, qochib ketishi mumkin.
Ranchodan bir necha qadam narida bir chuqurcha bor edi, aftidan, u o'choq edi, chunki ichida sovib qol­ gan kul ko‘rinib turardi. Ranchoning ichida kursilar, ho'kiz terisidan qilingan so‘ri, kotelok, six va mate, ya’ni Janubiy Amerikada rasm bo‘lgan, choy o‘rnini bosadigan quruq o‘tni damlash uchun choynak bor edi. Uni ham boshqa ko'pgina Amerika ichimliklari singari naycha bilan so'rib ichadilar. Paganelning il-timosi bilan Talkav bir necha piyola mate hozirladi, sayohatchilarimiz odatdagi ovqatlarini mate ichib yedilar, bu ichimlik hammaga ham juda yoqib tushdi.
Ertasiga, 30-oktabr kuni quyosh issiq tuman orasi-dan nur sochib, yerni juda qizdirib yubordi. Shu kuni havo juda isib ketdi, qirda esa, baxtga qarshi, issiq-dan yashirinadigan joy yo‘q edi. Lekin kichkina otryad mardlik bilan yana sharqqa qarab yo‘l oldi. Yo‘lda bir necha marta katta-katta podalar uchradi. Jazirama issiqda ovqat yeyishga ham holi qolmagan mollar erinchoqlik bilan o‘tga ag'anab yotar edilar. Qorovullar, to‘g ‘rirog‘i, cho'ponlar yo‘q edi. Issiqdan jon saqlash uchun qo'ylarning sutini emishni o‘rganib oigan itlargina sigir va buqalardan iborat katta-katta podalarni qo‘riqlar edi. Bu yerlarda qoramol juda yu-vosh bo‘ladi.
Tush paytiga borib qir manzarasi o'zgara boshladi, doim bir xil manzaraga o'rganib qolgan sayohatchilar buni darhol sezdilar. Boshoqli o‘simliklar tobora kam-roq uchray boshladi. Ularning o‘rniga ingichka qariqiz o'tlari bilan bo‘yi to'qqiz fut keladigan ba-land-baland qushqo‘nmaslar uchray boshladi, bu o‘tlarni butun dunyodagi eshaklar jon deb yegan bo‘lardi. U yer-bu yerda tikanli pastak-pastak ko‘m-ko‘k butalar ko‘zga chalinib qolardi. Ular qanchalik


139

ko‘rimsiz bo'lmasin, qaqrab yotgan yerlarda o‘shalar ham ko‘zni quvontirardi. Dashtning loytuproqlik qat-lamlariga singib qolgan namlik o‘tloqlarni sug‘orardi, shuning uchun ham ko‘m-ko‘k o‘tlar gilamday o‘sib yotar va go‘zal manzara berardi. Lekin endi bu gi-lamning yirtilgan, toptalgan joylari tez-tez uchray boshladi-yu, uning tagi ko‘rinib yerning zaif, shirasiz bo‘la borayotgani sezilib qoldi. Talkav sayohatchilar-ning diqqatini bunga jalb qildi.
Bu o‘zgarishdan shaxsan men mutlaqo xafa emasman, — dedi Tom Ostin: — Qayerga qarama — nuqul o‘t. Kishining joniga ham tegib ketar ekan.

To‘g‘ri-ya, — dedi mayor, — lekin o‘t bor joy-da, suv ham bo‘ladi-da.


E, suvdan kamchilgimiz yo‘q, — deb gapga ara-lashdi Vilson, — buning ustiga yo'lda ham albatta biron daryoni uchratamiz.
Bu gapni Paganel eshitgan bo'lganda Kolorado bi-lan Argentina viloyatidagi toylar orasida daryolar ju-da kam deb aytgan bo‘lar edi, albatta. Lekin xuddi shu paytda u Glenarvanning diqqatini tortib qolgan bir holni tushuntirib berayotgan edi.
Anchadan beri havoni tutun hidiga o'xshash bir hid bosgan edi, lekin chor atrofda ko‘z ilg‘ay digan yerda bironta ham o‘t ko‘rinmasdi. Uzoqroq biror yerga o‘t tushganidan nishon ham ko'rinmasdi. Shuning uchun buni oddiy bir narsa deb izohlab bo‘lmas edi. Ko‘p o‘tmay kuyuk hidi shunday kuchayib ketdiki, Talkav bilan Paganeldan boshqa hamma bunga juda hayron bo‘ldi. Har qanday hodisani ham darhol izohlab berish-ga hozir bo‘lgan Paganel hamrohlarining savoliga bun-day javob berdi:

Siz bilan biz yonayotgan o‘tni ko‘rmayapmiz, lekin tutun hidi dimog'imizga kelib urilyapti. Vaholanki, olov bo'lmasa, tutun ham bo'lmaydi, bu matal Yevropada qanchalik to‘g ‘ri bo‘lsa Amerikada ham shunchalik to‘g ‘ri. Demak, qayerdadir o‘t yona­ yotgan bo‘lishi kerak. Lekin pampaslar shunday tekis bir joyki, havo oqimi bu yerlarda hech qanday to‘siqqa duch kelmaydi, shuning uchun yonayotgan o‘tning hidi ko‘pincha yetmish besh milcha maso-fadan ham sezilib turadi.


Yetmish besh mil dedingizmi? — ishoninqira-may so‘radi mayor.


140

Ha, yetmish besh mil, — dedi Paganel. — Yana shuni ham qo'shimacha qilishim kerakki, bu yong‘in-lar juda katta maydonni qoplab oladi va ba’zi vaqtlar-da nihoyatda kuchli bo'ladi.
Qirga kim o‘t qo‘yadi? — deb so‘radi Robert.

0 ‘tlar jazirama issiqdan qurib qolsa, ba’zan yashin tushib yonib ketadi, ba’zan esa hindular o‘t qo‘yib yuboradilar.


0 ‘t qo'yishning nima keragi bor ularga?

Qanchalik to‘g ‘riligini bilmadim-ku, lekin hin-dularning aytishicha, yong‘indan keyin o‘tlar yaxshi-roq o‘sar emish. Bu kul bilan cho'lni o‘g ‘itlash bo‘lar edi. Ammo men, bu yong‘inlardan maqsad mol po-dalarining joniga tegadigan milliard-milliard kanalarni yo‘qotish bo'lsa kerak, deb o'ylayman.


Lekin bunday katta yong'inlar vaqtida qirda o'tlab yurgan ba’zi hayvonlar ham yonib ketishi mumkin-ku, — dedi mayor.
Butun-butun podalar o‘t ichida qolib ketgan vaqtlar bo'lgan, biroq sonsiz-sanoqsiz podalar ichida bu nima degan g§p!
Men hindlarning g'amini qilayotganim yo‘q — bu ularning ishi, — dedi Mak-Nabbs, — men pam-

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish