Lekin Paganelning orzusi ro‘yobga chiqmadi,
141
uning kabob bo‘lishiga sal qoldi, lekin buning sababi yong‘in emas, quyoshning ayovsiz nur sochishi edi. Tropik issiqning zo'ridan otlar harsillab, zo‘rg‘a nafas olar edilar. Har zamonda bir uchrab qoladigan bir parcha bulut quyosh yuzini to'sgandagina qirga sal soya tushar edi. Shunday paytlarda chavandozlar otlarini qistab haydashar, shamol sharqqa surib bo-rayotgan bulut soyasidan chiqmay yo‘l yurishga tirishar edilar. Lekin ko‘p o‘tmay otlar bulutdan orqada qolib ketar, yuzi hech narsa bilan to‘silmagan quyosh qovjirab yotgan pampaslarni yana zo‘r berib qizdira boshlar edi.
Etarli suv zapasimiz bor deganda Vilson o‘z ham-rohlarining bu jazirama issiqda qattiq chanqashlarini hisobga olmagan edi, yo‘limizda bironta daryo uchrab
Do'stlaringiz bilan baham: |