bo‘limini, ayniqsa undagi oziq-ovqatni saqlab qola-man deb juda qiynalib ketdi. Ochlikdan nihoyatda toliqqan bu bechoralar aravaga ochko'zlik bilan qarar edilar.
Glenarvan xotinining iltimosi bilan aravani o‘rab oigan yerliklarga biroz oziq-ovqat ulashishni buyurdi. Yovovyilar gapning nimada ekanini tushunib qolgach, shodlanib ketib shunday qiyqiriq ko‘tardilarki, buni ko‘rgan har qanday toshyurak odam ham ta’sirlan-may qolmas edi.
Mister Olbinet tarbiya ko'rgan kishi bo'lgani uchun oldin ayollarni mehmon qilmoqchi bo'ldi. Lekin bu bechora mushtiparlar berahm erlaridan oldin ovqatga qo‘l urishga jur’at qilolmadilar. Erkaklar esa ovqatga xuddi o‘ljasi ustiga otilgan yirtqichlardek yopirildilar.
Otasining mana shunday yow oyilar qo‘liga asir tushgan bo'lishi mumkin ekanini ko‘z oldiga keltir-gan Meri Grantning ko‘zlariga jiqqa yosh keldi. Meri, kapitan Grant shunday sayoq qabilalar qo‘liga asir tushnan bo‘lsa, holi nima kechishini, qashshoqlik, ochlik va qo‘pol muomaladan qanchalik azob chekishi-ni darhol ko‘z oldiga keltirdi. Qizga havotir aralash mehribonlik bilan qarab turgan Jon Mangls uning fikrini darrov fahmladi-da, undan oldinroq «Britaniya»ning botsmaniga murojaat qildi:
— Siz ana shunday yowoyilar qo'lidan qochgan edingizmi, Ayrton?
— Ha, kapitan, Markaziy Avstraliyada ko'chib yu-radigan qabilalarning hammasi ham bir-biriga o‘xshaydi. Lekin bular bir to‘p qashshoqlar, xolos. Darling bo'ylarida ko'p kishilik qabilalar yashaydi, ular boshida juda katta huquqlarga ega bo‘lgan qabi-la boshliqlari turadi.
— Bu yowoyilar orasida yevropalik kishi nima ish qilishi mumkin? — deb so‘radi Jon Mangls.
— Men qilgan ishlarni qiladi-da, — deb javob ber-di Ayrton: — ular bilan birga ov qiladi, baliq tutadi, urushlarida ishtirok qiladi. Bular yevropaliklar bilan, ilgari aytganimdek, uning xizmatlariga qarab muo-mala qiladilar, agar yevropalik asir aqlli va dovyurak odam bo‘lsa, qabilada ancha ko‘zga ko‘rinarli o‘rin tutadi.
— Lekin bari bir asir bo'lib qolaveradi-da? — dedi Meri Grant.
— Albatta, uni kechasiyu-kunduzi nazorat qilib turadilar.
— Shunda ham siz qochishga muyassar bo‘libsiz-ku, Ayrton, — deb gapga aralashdi mayor.
— Ha, mister Mak-Nabbs, men asir tushgan qabi-la bilan qo'shni bir qabila o‘rtasida urush bo'layot-ganidan foydalanib qochdim. Baxtim kelib qoldi-yu, qochib qutuldim, bunga achinmayman, albatta. Lekin bordi-yu o‘sha vaqt yana qaytib kelgudek bo‘lsa, Markaziy Avstraliya cho'llarida boshimdan kechirgan qiyinchiliklarni qaytib ko'rmaslik uchun butun um-rimni qullikda o'tkazishni afzal ko‘rgan bo‘lar edim. Ayting-ayting, ishqilib kapitan Grant menga o‘xshab qochib qutulaman deb yurmasin!
— Miss Grant, unda biz otangizning yow oyi qabi lalar qo'lida asirlikda bo‘lishini istashimiz kerak bo‘ladi, — dedi Jon Mangls. — Shunda biz uning izi-ni o'rmonlardan qidirgandagidan ko‘ra osonroq topa olamiz.
— Siz hali ham umidvormisiz? — deb so'radi qiz.
— Men sizni axir bir kun baxtli holda ko'rishdan hali umidimni uzganim yo‘q, miss Meri.
Do'stlaringiz bilan baham: |