undan ko‘ra foydaliroq ish — ov bilan alma-shindi.
Yerliklardan biri qizil rangga bo‘yalgan allaqan-day bir g'alati shaklli qurolni olib, hali ham qimirla-may turgan o'rtoqlaridan ajralib chiqdi- da, daraxt va butalar orasidan o‘tib, kakadular galasi ko‘ringan daraxt tagiga bora boshladi. U bironta ham bargni qimirlatmay, bironta ham toshni joyidan qo‘zg‘at-may, emaklab, ehtiyot bilan surilib borardi. Odam emas, allaqanday ko‘lanka surilib borayotganga o‘xshardi.
Qushlarga ancha yaqin borib olgandan keyin yow oyi qo'lidagi qurolini uloqtirdi. U yerdan ikki futcha balandroqdan gorizontal chiziq bo'ylab qirq futcha uchib bordi-da, yerga tegmasdan osmonga tik-ka ko‘tarilib ketdi, yuz futcha yuqori ko‘tarildi -da, o'ntacha qushni qulatdi, keyin yarim doira yasab, yana ovchining oyog‘i ostiga kelib tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |