Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet124/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

329

0 ‘ п Ь i г i п c h i Ъ о Ъ
BERK VA STYuART
Running qolgan qismi suhbat va sayr-tomosha bilan o‘tdi. Sayohatchilar atrofning go‘zalligidan zavqlanib, suhbatlasha-suhbatlasha Vimmera bo‘yida aylanib yurdilar. Rul rang turnalar va ibislar xi-rillagan tovush chiqarib, hurkib uchishar, atlasqush yow oyi anjir daraxtining uchida panoh izlardi, zarg‘aldoqlar va qorashaqshaqlar gulsapsarga o'xshagan chiroyli o‘simliklarning shoxidan shoxiga sakrab yurardilar, ko‘ktarg‘oqlar esa baliq tutishni to‘xtatib, qochib ketardilar. Faqat ancha madaniy qush hisoblangan, pati kamalakning barcha rangida tovlangan bluemountain to'tilari, lola rang boshli, sariq to‘sh mitti roshillar va qizg‘ish-moviy patli lorilar guli chaman bo‘lib yotgan yelim daraxtlari-ning shoxlarida tinmay bidirlab sayrardi.
Sayohatchilarimiz goh sharqirab oqib yotgan ariq bo'yidagi o‘t ustiga o'tirib, goh mimoza chakalaklari orasida kezishib, quyosh botguncha tabiatning go'zal manzaralarini tomosha qildilar. Qisqagina g‘ira-shi-radan keyin darhol qorong'u tushdi, sayohatchilar lagerdan yarim mil narida edilar. Ular Janubiy yarim sharda bo‘lganlari uchun Qutb yulduziga qarab emas, balki ufqda porlab turgan Janubiy Rrest yulduziga qarab lagerga yo‘l oldilar. Mister Olbinet chodirga dasturxon yozib, ovqatni taxt qilib qo'ygan ekan. Hamma ovqat yegani o'tirdi. Vilson epchillik bilan otib kelgan va oshpaz boplab qovurgan to‘ti qush ra-gusi hammaga ma’qul tushdi.
Ovqatdan keyin shunday go‘zal tunda darrov uyquga yota qolmaslik uchun hamma ham bir bahona axtara boshladi. Elen hammaning ko‘nglidagi gapni topib, Paganeldan Avstraliyani tekshirgan sa­ yohatchilar to‘g ‘risida so‘zlab berishni iltimos qildi, geografiya olimi buni allaqachon va’da qilib qo‘ygan ham edi.
Paganel qistatmadi. Tinglovchilar ajoyib banksiya ostiga joylashib o'tirdilar, ko‘p o‘tmay daraxt barg-lari tunning qora quchog‘iga kirib ketgan yergacha sigara tutunlari bilan qoplandi. Geografiya olimi mislsiz darajada kuchli xotirasiga tayanib, hikoyasini boshladi.

330


Do'stlarim, men «Dunkan»da sanab bergan sa-yohatchilarning ismlari yodingizdadir, mayor ham unutmagan bo‘lsa kerak. Avstraliyaning markaziga yetib bormoqchi bo‘lgan sayyohlardan faqat to'rttasi qit’ani janubdan shimolga, yoki shimoldan janubga kesib o‘tishga muyassar bo'lgan. Byork buni 1860- va 1861-yillarda amalga oshirdi, 1861- va 1862-yillarda Mak-Kinley, 1862-yilda Lensboro bunga muyassar bo‘ldilar. Styuart ham 1862-yilda qit’ani kesib o‘tdi. Mak-Kinley bilan Lensboro to‘g ‘risida men yo‘lakay aytib o'taman. Mak-Kinley Adelaida shahridan chiqib, Karpen-tariya ko'rfazigacha yetib bordi, Lensboro esa Karpentariya ko'rfazidan Melburnga ke­ sib o'tdi. Ularning ikkalasi ham Avstraliya tashkilot-lari tomonidan Byorkni axtarib topish uchun yuboril-gan edilar; Byork sayohatdan qaytib kelmadi, qaytib kelish nasib bo‘lmadi ham.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish