ganda Farengeyt bo‘yicha +74° (Selsiy b o ‘y i c h a +23°33') bo'lishini ham bilib oldi.
Kechqurun otryad Lonsdel ko‘lidan besh mil nari-da, shimol tarafda Dramond tog‘i, janubda Drayden tog‘ining juda ham baland bo‘lmagan cho‘qqisi qad ko‘targan yerda tunash uchun to'xtadi.
Ertasiga ertalab soat o‘n birlarda arava bir yuz qirq uchinchi meridiandan oqib o‘tadigan Vimmera daryosining sohiliga yetib keldi.
Kengligi yarim milcha keladigan zilol suvli bu
327
daryo baland akas daraxtlari bilan yelim daraxtlari orasidan oqib o‘tadi. Daraxtlar orasida, u yer-bu yer-da majnun tolniki singari egilgan uzun-uzun shoxla-rida qizil gullari ochilib yotgan ajoyib mirtalar ko‘zga tashlanadi. Javroqi to‘ti qushlarni hisoblamaganda ham, juda ko‘p qushlar — zarg‘aldoqlar, qizilto‘shlar, oltin qanot kaptarlar shoxdan shoxga sakrab yuradi-lar. Pastda, suvda ikkita hurkak qora oqqush suzib yuribdi. Biroq ko‘p o‘tmay Avstraliyaning bu nodir qushlari g'oyat go‘zal bu vodiyni sug'orib o‘tadigan Vimmera daryosining burilishida ko‘zdan g ‘oyib bo'ldilar.
Bu orada arava tez oqar suv yuziga egilib, gilam bo‘lib o‘sib yotgan o‘tlar ustida to‘xtadi. Na ko‘prik, na parom bor. Lekin daryodan o'tish zarur. Ayrton biror sayoz joy axtara boshladi. Chorak mil yuqorida daryo ancha sayoz ko‘rindi, u shu yerdan narigi so-hilga o‘tishning iloji bo'lar deb mo‘ljalladi. Bir necha joyda suvning chuqurligini o‘lchab ko‘rgan edi, bu yerning chuqurligi uch futdan oshmasligi ma’lum bo‘ldi. Demak, arava bu sayoz yerdan qo‘rqmay o‘tsa bo‘lardi.
— Narigi sohilga o‘tishning boshqa biror iloji yo‘qmi? — deb so‘radi Glenarvan botsmandan.
— Boshqa iloji yo‘q, ser, — deb javob berdi Ayrton, — lekin, menimcha, bu yerdan o'tishning hech qanday xavfli yeri yo‘q. Bir amallab o‘tib olamiz.
— Xotinim bilan miss Grant aravadan tushishlari kerakmi?
— Aslo. Ho'kizlarim baquwat, men ham ularni kerakli joydan haydab borishga harakat qilaman.
— Bo'lmasa jo'nayvering, Ayrton, — dedi Glenarvan. — Sizga ishondim.
Otliqlar og‘ir aravani o‘rab oldilar, otryad dadillik bilan daryoga tushdi. Odatda aravalar daryolardan kechib o'tayotganda, cho'kib ketmasligi uchun atroflariga bo‘sh bo'chka bog‘lab qo‘yadilar, lekin hozir sayohatchilarda bochka yo‘q, shuning uchun ho‘kizlarning hissi bilan aravakashning ehtiyotkor-ligiga ishonishdan boshqa iloj qolmadi. Ayrton ara-vaning oldidagi o‘z joyida o'tirib, ho‘kizlarni boshqarardi; mayor bilan ikkala matros tezoqar daryo suvini kesib, aravadan bir necha sajen oldinda borar
328
edilar. Glenarvan bilan Jon Mangls zarur bo'lib qol-gan paytda sayohatchi ayollarga darhol yordam berishga tayyor holda aravaning ikki tarafida bordi-lar. Paganel bilan Robert karvonning oxirida kelardi-lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |