Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Ular butun kuch-quwatlarini yig‘ib, yana bir necha kun yo‘l yuradilar. Nihoyat yigirma birinchi



Download 0,7 Mb.
bet127/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Ular butun kuch-quwatlarini yig‘ib, yana bir necha kun yo‘l yuradilar. Nihoyat yigirma birinchi


333

aprelda fort devorlari ko'rinadi. Ular qo‘rg‘onga kirib keladilar — lekin ko‘rgulikni qarangki, ularni besh oygacha rosa kutib, nihoyat umidini uzgan Brage xuddi o‘sha kuni Uils fortidan jo‘nab ketgan ekan.

Ketib qolibdimi? — deb yubordi Robert.



Ha, shum taqdirning o'yini bilan ketib qolgan ekan... Bragening tashlab ketgan xatiga qaraganda, u bularning qo‘rg‘onga kirib kelishidan nihoyati yetti soat oldin yo‘lga chiqqan ekan. Uni quvib yetish to‘g ‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi. 0 ‘z holiga tashlab ketilgan bechora sayyohlar omborda qoldirilgan oziq bilan tirikchilik qilib, bir oz kuch yig‘adilar. Lekin yo‘lga tushish uchun minadigan narsalari yo‘q edi. Darling daryosiga yetib borish uchun esa rosa bir yuz ellik le yo‘l yurish kerak edi.

Shunda Byorkning miyasida Uils fortidan oltmish le-joydagi Gopeles tog‘ining etaklariga joylashgan avstraliyalik kolonistlarning manziliga borish fikri tug'iladi. Uilsning bu planga qarshi chiqishiga qara-may, uchala sayyoh o‘sha tomonga yo‘l oladilar. Kupera daryosining sero‘t tarmoqlaridan birini kechib o'tish vaqtida qolgan ikkita tuyadan biri suvga cho‘kib ketadi, ikkinchisining esa bir qadam bosishga ham madori qolmaydi; uni so‘yib, go‘shtini ovqat qi-lishga majbur bo'ladilar. Ko‘p o‘tmay butun oziqalari tugaydi. Bechoralarning uchalasi ham yeb bo‘ladigan suv o'tlari — nardu bilan jon asraydilar. Ammo Kupera daryosidan nari ketolmaydilar, chunki bu atrofda daryodan boshqa yerda suv yo‘q, suvni olib ketish uchun esa ularning hech qanday idishi bo‘lmaydi. Ular tunab yurgan chayla yonib ketadi, chayla bilan ularning barcha narsalari ham o‘t ichida qoladi. Ular halokatga mahkum etilgan edilar. Endi faqat o‘lishgina qoladi.
Byork Kingni yoniga chaqirib: «Mening bir necha soatlik umrim qoldi. Mana bu soatim bilan kun-daligim. 0 ‘lganimdan keyin o‘ng qo‘limga to'pponcha ushlatib qo‘yinglar, lekin ko‘mmanglar» deydi. Bu Byorkning oxirgi so‘zlari edi. Ertasiga ertalab soat sakkizda u vafot etadi. Esini yo‘qotib qo‘ygan King yerlilarning qabilalarini axtarish uchun yuguradi. Qaytib kelib, Uilsni ham o'lik holda topadi. Kingning o‘zi mahalliy qabilalar manzilida jon saqlaydi. Lensboro va Mak-Kinley ekspeditsiyalari bilan bir


334

vaqtda Byorkni axtarish uchun yuborilgan Govit eks-peditsiyasi Kingni sentyabr oyida xuddi shu yerdan topadi. Shunday qilib, Avstraliya q it’asini kesib o'tishni mo'ljallagan to‘rtta sayyohdan faqat bittasi omon qoladi...
Paganelning hikoyasi hamsuhbatlarining ham-masida ham og‘ir taassurot qoldirdi. Hamma ham Byork bilan uning hamrohlari singari bu badbaxt qit’ani kezib yurgan bo‘lishi ehtimol bo‘lgan kapitan Grant to‘g ‘risida o'ylar edi. Bu mard sayyohlarning boshiga kelgan kunlar ularning ham boshiga tush-madimikan? Shunday fikr miyaga kelishi juda tabiiy edi, shuning uchun Meri Grantning ko‘zlarida yosh ko‘rindi.
Bechora otam, bechora otaginam! — deb pichirladi qiz.
Miss Meri, miss Meri! — dedi Jon Mangls. — Bunday balolarga duchor bo‘lish uchun q it’aning ichkarisiga kirish kerak, kapitan Grant esa King sin ­ gari yowoyilar qo'liga tushgan, u ham xuddi King singari xalos etiladi. Sizning otangiz hech vaqt bun-dayin qiyinchiliklar ko'rmaydi.
Mutlaqo, — deb uning so‘zini quvvatladi Paganel. — Aziz miss Meri, men sizga avstraliyalik-lar mehmondo'st odamlar ekanini yana bir marta es-latib o‘taman.
Koshki edi shunday bo‘lsa! — dedi qiz.

Xo‘sh, Styuartchi? — deb so‘radi Glenarvan, hamrohlarini bu g ‘amgin fikrlardan xalos etish uchun.


Styuartmi? — deb qayta so‘radi geografiya oli­ mi. 0 , uning omadi keladi! Jon Mak-Dual-Styuart Avstraliyada 1848 yildayoq sayohat qila boshlagan edi, u o'sha vaqtda o‘zining familiyadoshi bo‘lgan bir sayyoh bilan Adelaida shahrining shimol tomonida cho‘zilib yotgan cho‘lga sayohat qiladi. 1860-yilda Styuart ikki kishi kuzatuvida yo‘lga chiqib, Avstraliyaning ichkarisiga o‘tish uchun urinadi, lekin harakati zoye ketadi. Ammo u muvaffaqiyatsiz-lik oldida fikridan qaytadigan odamlardan emas edi. 1861-yilning birinchi yanvarida u o‘n bitta jasur yor-damchisi bilan Chembers daryosi bo‘yidan yo'lga chiqadi-da, Karpentariya burunidan nihoyati oltmish le joyga borib to'xtaydi. Har holda, Styuart bu xatar-



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish