paslardan o'tadigan sayohatchilarni o‘y la y a P m an - Ular ham yong‘in ichida qolib ketishi mumkin-ku, axir?
— Bo‘lmasam-chi, bo‘lmasam-chi! — dedi zavq bi lan Paganel. — Ba’zan shunday ham bo'ladi, shaxsan men bunday manzarani jon deb tomosha qilgan bo'lar edim.
— Bu gap faqat bizning olim do'stimizdan chiqishi mumkin, — dedi Glenarvan. — U fanga shunday berilib ketganki, fan yo‘lida tiriklayin yondirib yuborsalar ham yo‘q, demaydi!
— Yo‘g‘-e, aziz Glenarvan, men Kuper asarlarini o‘qiganman, uning «Charm Paypoq» seriyasidagi asarlari menga bostirib kelayotgan yong'indan qan-day qilib saqlanishni o‘rgatdi. Buning omili shuki, atrofdan radiusini bir necha sajen qilib o‘tni yulib tashlash kerak. Bundan ham oson ish bormi. Shuning uchun men yong‘inning bostirib kelishidan aslo qo‘rq-mayman, aksincha, iloji boricha uni ko‘rishga harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |