133
— Keyingi vaqtlarda qayerda edi u? — deb so'radi Paganel.
— Kalfukur qabilasining katsigi qo'lida edi, — de-di Talkav.
— Biz yo‘l bosib kelayotgan chiziqqa yaqin joyda-mi?
— Ha.
— 0 ‘sha katsik kim o‘zi?
— Poyux hindularining boshlig‘i, ikki tilli, ikki yurakli odam.
— Ya’ni u qabila boshlig'i ikki yuzlama, labzi yo‘q odam demoqchi, — deb tushuntirdi Paganel, bu chi-royli, obrazli gapni tarjima qilib. Keyin u yo‘l boshlovchiga o‘girilib: — Biz do'stimizni ozod qila olamizmi? — deb so‘radi.
— Hali ham hindular qo‘lida bo‘lsa, ehtimol, ozod qila olarmiz.
— Siz buni qachon eshitgan edingiz?
— Ancha bo‘ldi. 0 ‘sha vaqtdan beri quyosh pam-paslarga ikki marta yoz yubordi.
Glenarvanning quvonchini so‘z bilan bayon qilib bo'lmasdi. Patagoniyalikning aytgan vaqti hujjatda ko'rsatilgan vaqtga to‘g ‘ri kelardi. Talkavdan so‘ray-digan yana bitta savol qolgan edi. Paganel uni ham darhol so‘radi.
— Siz bitta asir to‘g ‘risida gapiryapsiz, — dedi u, — ular uch kishi emasmidi?
— Bilmadim.
— Asirning holi hozir nima kechayotganini ham bilmaysizmi?
— Bilmayman.
Shu bilan gap tugadi. Uchala asirning bir-biridan ajratib yuborilgan bo‘lishi ham ajablanarlik hol emas edi. Lekin patagoniyalikning gapidan: hindular orasi-da ular qo'liga asir tushgan yevropalik kishi haqida gap-so‘zlar yuribdi degan xulosa kelib chiqardi. Uning asir tushgan vaqti ham, turgan joyi ham, asirning mardligi to‘g ‘risidagi patagoniyalikning obrazli gapi ham — hammasi, aftidan, kapitan Grantga taalluqli edi.
Ertasiga, 25-oktabrda, sayohatchilarimiz yana yangi ishtiyoq bilan sharqqa yo‘l oldilar. Ular mahal-liy xalq tilida «travezias» deb ataladigan, kishini zeriktirib yuboradigan darajada bir xil, bepoyon qir-
134
dan o'tib bordilar. Loytuproqli yer shamol ta’sirida tep-tekis bo‘lib ketgan: ko‘z ilg ‘agunday masofada na bironta tosh ko'rinardi, na shag‘al. Qaqrab yotgan biror unumsiz jar tagida yoki hindlar kavlagan xovuzlar qirg‘og‘idagina toshlarni uchratish mum-kin. Ahyon-ahyonda uch tomoni qoramtir pastakkina chakalaklar uchrab turardi. Ular orasida bitta-yarim-ta serbutoq oq daraxtlar ko'rinib qoladi — ularning o‘zagi shirin, yoqimli va sersuv bo'ladi. Pista daraxt-lari — xanar chakalaklari va turli xil tikonli butalar uchray boshladi, bularning qoq quruqligi yerning puturdan ketganidan darak berardi.
26-oktabrda yo‘l yurish ancha og‘ir bo'ldi. Tezroq Koloradoga yetib olish kerak edi. Chavandozlar o‘z ot-larini shunday qistab haydardilarki, o‘sha kuni kech-ga yaqinoq pampaslardan oqib o'tadigan go‘zal daryo-ga yetib bordilar. Bu daryoning hinducha nomi Kobu-Lebu bo‘lib, «uluy daryo» degan ma’noni bildiradi. U pampaslarda uzoq masofani bosib o‘tib, Atlantik okeaniga kelib quyiladi. Daryoning manbai yaqinida qiziq bir hodisa ro‘y beradi: okeanga yaqinlashgan sari suvning yerga singib ketishidanmi, yoki bug‘lanib ketishidanmi — daryoning suvi tobora ka-maya boradi. Fan kamdan-kam uchraydigan bu hodi-saning sababini hali tamomila aniqlagani yo‘q.
Koloradoga yetib kelishgach, geograf sifatida Paganel dastavval uning qizg'ish loyqa suvida cho‘milib chiqishni lozim ko‘rdi. U daryoning juda chuqurligiga hayron qoldi — buning sababi kun isib ketgach, qor erib, suvning ko'paygani edi. Buning ustiga daryo shunday keng ediki, otlar undan suzib o‘tolmasdi. Sayohatchilarimiz daryoning yuqori oqimiga qarab borar ekanlar, baxtdan bo'lib, ko‘p o‘tmay hind usulida yaxshi egiladigan tayoqlardan to'qib, qayish bilan mahkam bog‘langan osma ko‘prikni uchratdilar. Kichkina otryad shu ko'prik-dan daryoning chap sohiliga o‘tib, tunashga to‘xtadi.
Yotib uxlashdan oldin Paganel Koloradoning qa-yerdan oqib o'tayotganini aniq belgilamoqchi bo‘ldi. Bu vazifani bajargach, u juda hafsala bilan daryoni kartaga tushirdi — nima ham qilsin, Tibet tog‘lari orasidan oqib o‘tadigan Yaru-Dzangbo-Chu daryosi juda uzoqda edi-da.
Do'stlaringiz bilan baham: |