edim. U qiyin ahvoldan qutulib ketish o‘zimning b o ‘y n i m g a , vaqt o‘tishi bilan, ehtimol, tavba ham qi-larman, kim biladi deysiz!
Bunday taklifni kutmagan Glenarvan do'stlariga qaradi. Ular lom deb og‘iz ochmadilar. Bir necha mi-nut o‘ylab olib, Glenarvan botsmandan:
— Ayrton, agar siz so‘ragan narsalarni bajarishga rozi bo‘lsam, menga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aytib berasizmi? — deb so‘radi.
— Ha, ser, to‘g ‘rirog‘i, kapitan Grant va «Bri-taniya»ning taqdiri haqida barcha bilganlarimni so'zlab beraman.
— Barcha haqiqatni-ya?
— Ha, hammasini.
— Lekin bunga kim kafil bo‘la oladi...
607
— O! Sizni nima bezovta qilayotganiga tushuna-man, ser: siz mendek qallobning so‘ziga ishonishingiz kerak! Bu to‘g‘ri gap, lekin na chora! Shunday vazi-yat yuz berib qoldi. Bunday paytda yo shu shartga rozi bo'lish kerak, yo rad qilish.
— So'zingizga ishonaman, Ayrton, — dedi oddiy-gina qilib Glenarvan.
— Xato qilmaysiz ham, ser. Bordi-yu, aldasam, siz mendan o‘ch olish imkoniyatiga doim ega bo‘lasiz.
— Qanday imkoniyat ekan u?
— Men tushib qolgan orolga qaytib kelasiz-u, meni yana qo‘lga tushurasiz: men u yerdan qochib ketol-mayman-ku, axir.
Ayrton hamma narsaga ham javob hozirlab qo‘ygan edi. Yuz berishi mumkin bo‘lgan mushkul ahvollarni oldindan o‘zi aytib berar va bunga qarshi o‘zi rad qilib bo‘lmaydigan dalillar keltirardi. U o‘zi taklif qilayotgan bitimga juda halollik bilan yon-doshayotgani aniq edi. Hamsuhbatiga nisbatan bun-dan ortiq ishonch bilan so'zlashning iloji yo‘q edi. Shunga qaramay, u halollik yo‘lida bundan ham nari bordi.
— Mister Glenarvan, sizlar ham, janoblar, — deb qo'shib qo‘ydi u, — men bor gapni ochiq aytib qo‘ya qolmoqchi ekanimga sizlarni ishontirmoqchiman. Men sizlarni aldamoqchi emasman, bunga hozir yana bir yangi dalil keltiraman. Men hammasini ochiq aytib beraman, chunki sizlarning halol odamlar ekaningiz-ga ishonaman.
— Gapiring, Ayrton, — dedi Glenarvan.
— Men hali sizlardan o‘z taklifimga rozilik olga-nim yo‘q, shunga qaramay, men sizlarga hech ikki-lanmay Garri Grant to‘g ‘risida ko‘p narsa bil-masligimni aytib qo‘ymoqchiman.
— Ko‘p narsa bilmayman deysizmi! — deb yubordi Glenarvan.
— Ha, ser. Men sizlarga aytib berishim mumkin bo'lgan gaplar faqat shaxsan o‘zimga taalluqli ma’lu-motlar. Shuning uchun ular siz yo‘qotib qo‘ygan izni qaytadan topishga yordam berolmasa kerak deyman.
Glenarvan bilan mayorning hafsalasi pir bo‘lib ketdi. Ular botsman biror muhim sirni bilsa kerak deb o'ylagan edilar, u esa men aytib beradigan ma’lumot-lar sizga befoyda bo‘lsa kerak deyapti. Faqat Paganel pinagini buzmay, hotirjam o‘tirardi.
608
Do'stlaringiz bilan baham: |