Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet18/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

'T o m S a yers — londonlik m ashhur boksyor. ( M u a l li f izohi.)


83

yotgan kema qirg'oqqa yarim kabeltovdan ham yaqin-roq keldi.
— Oq yo‘l, do‘stlarim , m uvaffaqiyat tilayman!— deb qichqirdi oxirgi m arta Elen, kemaning yut qismi-dan.
— 01g‘a! — deb komanda berdi Jon M angls, m ashinistga.
— Ketdik! — dedi Glenarvan, go‘yo kapitan bilan til biriktirgandek .
Sayohatchilar sohil yoqasidagi yo'ldan ot choptirib ketganlarida «Dunkan» shitob bilan ochiq dengizga yo‘l oldi.
0 ‘ n b i r i n c h i b o b
ChILIDAN 0 ‘TISh
Glenarvan o‘z ekspeditsiyasiga mahalliy kishilar-

dan

to ‘rtta yo‘l boshlovchi qo‘shib

oldi: ulardan

uch-

tasi

k atta

kishilar va

bittasi

yosh

bola edi.

Yo‘l

boshlovchilarning boshlig‘i bu

m am lakatda

yigirm a

yildan ham

ortiqroq

yashagan

b ir

ingliz

edi. U

xach irlarin i

sayohatchilarga

garovga

berib,

o‘zi

K ordiler

dovonlaridan

oshib

o 'tish d a

ularga

yo‘l

boshlovchilik qilardi. Tog‘dan oshib o'tgach, u odatda o‘z sayohatchilarini bakeanoga — pam paslardagi yo'llarni yaxshi bilgan argentinalik yo‘l boshlovchiga topshirardi. Bu ingliz hindular orasida uzoq yasha-ganiga qaram ay, o‘z ona tilin i butunlay esdan chiqarib yuborm agan bo‘lib, bizning sayohatchilar bi­ lan bemalol so'zlasholardi. Bu, unga har xil top-shiriqlar berish va ularning qanday bajarilganini tek-shirishda G lenarvanning ishini ancha yengillashtirdi. Paganelning ispan tilini o‘rganam an deb har qancha harakat qilganiga qaramay, hozircha hech kim uning so‘ziga tushunm agani vajidan bu ayniqsa muhim edi.
Chili shevasida «katapats» deb yuritiladigan in-glizning qo‘l ostida ikki peón bilan o‘n ikki yashar bir bola bor edi. Peonlar ekspeditsiya yuklari ortilgan xachirlarni haydab kelishar, bola esa m adrilani — bo'yniga qo‘ng‘iroqlar osilgan kichkinagina xachirni

yetaklab borar edi. M adrila o‘z orqasidan

kelayotgan

o 'n ta

xachirni boshlab ketayotgandek

karvonning

oldida

borar edi.

X achirlarning yettitasida bizning

sayohatchilarim iz,

sakkizinchisida — katapats kelar




8 4

edi. Qolgan ikki xachirga oziq-ovqat va pam pas katsiklarining1 ko‘nglini ovlash uchun olingan bir necha toy gazlama ortilgan edi. Pionlar o‘z odatlariga ko‘ra piyoda b orardilar. S ayohatchilarim izning Janubiy A m erikani kesib o 'tish safarlari juda yaxshi sharoitdan ham tez, ham bexatar o‘tadigandek tuyu-lar edi.
K ordiler tog‘ tizm alaridan oshib o‘tish u qadar oson ish emas. Juda chidamli xachirlarsiz bunday sayohatni amalga oshirib bo‘lmaydi, bu xildagi tog‘ sayohatlari

vaqtida eng ish beradigan xach irlar A rgentina

x ach irlarid ir. Bu jonivorlar o‘zlarining dastlabki

nasllarida bo‘lmagan ajoyib xususiyatlarga egadirlar. U lar ovqat tanlab o'tirm aydilar, kunda bir m arta suv ichadilar, sakkiz soatda qirq kilom etrdan yo‘l bosadi-lar va o‘n to ‘rt arrob2 yukni ko‘rdim dem aydilar.


Bir okeandan ikkinchi okeanga cho'zilgan bu yo‘lda b itta ham karvonsaroy yo‘q. S ayohatchilar odatda qotirilgan go'sht, m urch sepib pishirilgan guruch va yo'lda otib olingan qushlar bilan ovqatlanadilar. Tog‘larda jilg ‘alardan, p asttekislikda ariqdan suv ichadilar. Suvga har bir sayohatchining yonidagi ho‘kiz shoxi — shiflda saqlanadigan romdan b ir necha tomchi qo‘shiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, u yerlarda spirtli ichim liklarni kamroq iste’mol qilish kerak, chunki asablar o‘shasiz ham juda tarang bo‘la-di. 0 ‘rin -ko‘rpa masalasiga kelsak, yo'lda u faqat ma-halliy egar — rekadodan iborat bo'ladi. Bu rekado bir tarafi oshlangan, ikkinchi ta ra fi yungli qo‘y po'stagi-dan — peliondan qilinadi va chiroyli gui tikilgan ser-bar ayil bilan xachir ustiga bog'lanadi. Sayohatchi ke-chasi shu issiq pelionga o‘ralib yotib, bemalol uxlayveradi: undan hech qanday zax o‘tm aydi.
Bir vaqtlar juda ko‘p sayohat qilgan va mahalliy u rf-o d atlarg a tez m oslashib olishga odatlangan Glenarvan Chili kiyim -boshlarini kiyib oldi va ham-

ro h larin i ham shunday k iy in tird i. Paganel bilan

Robert — biri k atta, biri kichik bu ikki go‘dak

o‘rtasida teshigi bor keng plashch — chili ponchosi-

dan boshlarini chiqarib, oyoqlariga toychoqning
1K a t s i k — hindu qabila boshlig‘i.
2 Arrob — 11 kilogram mga to ‘g ‘ri keladigan m ahalliy og'irlik

o'ichovi.




8 5

keyingi oyog'i terisidan tikilgan etik kiyganlarida aytib bo'lm as darajada quvonib ketdilar. Chiroyli egar-jabduq bilan yasatilgan xachirlarni bir ko'rsan-giz edi: arab so‘liqlari, metall bezaklar taqilgan yu ­ gan, chilvirdan eshilgan uzun jilov (u ayni vaqtda qamchin vazifasini ham bajaradi), bir kunlik oziq-ovqat g ‘amlab qo‘yilgan guldor ajoyib alforxas — xurjunlar. Doim parishonxotir bo‘lgan Paganel bun-day bezatilgan xachirga to minib olguncha undan bir necha tepki yeyishi ham gap emas edi. U doim birga olib yuradigan uzun durbinini yelkasiga osib xachirga minib olgach, oyog'ini uzangiga tirab, o‘zini butunlay xachirning ixtiyoriga topshirib qo'ydi; shuni ham aytib o‘tish kerakki, u bundan bir m arta ham pushay-mon bo'lm adi. Robert esa xachir ustiga minib olishi bilanoq, o‘zining yaxshi chavandoz ekanini darhol ko'rsatdi.
Yo‘lga chiqdilar. Havo juda yaxshi edi. Osmonda qilt etgan bulut ko‘rinm asa-da, kun issiq emas, den-gizdan mayin shabada esib turadi. Kichkina otryad o‘ttiz mil janubdan o‘tadigan o 'ttiz yettinchi parallel-ga yetib olish uchun Talkaguano ko'rfazinnig ilang-bilang q irg ‘og‘idan tez ilgarilab bordi. Kuni bilan qurib qolgan botqoqlar o‘rnidan o‘sib chiqqan qamish-lar oralab xachirlarni tez haydab bordilar, lekin kam so'zlashdilar, chunki kemada qolganlar bilan xayr-

lashuvning

taassu ro ti hali nari

ketm agan

edi.

«Dunkan»ning o‘zi

ufqda

ko'rinm ay ketgan

bo‘lsa

ham , uning

tu tu n i

hali

ko‘zga

chalinib tu rard i.

Paganeldan boshqa hamma jim, tirishqoq geograf is-pan tilida o‘ziga-o‘zi savollar berar va o'sha tilda yana o‘zi javob qaytarar edi.
Yo‘l boshlovchilarning boshlig‘i — katapats — an ­ cha indam as odam edi; uning kasbi ham ortiqcha ser-gab bo'lishni ko'tarm asdi. U o‘z peonlariga deyarlik hech gapirm asdi. Peonlar o‘z vazifalarini juda yaxshi bilar edilar. Biror xachir to ‘xtab qolsa, ular baqirib-chaqirib uni haydashar, agar bu ham yordam bermay, xachir o‘jarlik qilib turib qolsa, peonlar unga mo-hirlik bilan tosh otib haydar edilar. Ayili bo‘shashib ketsa yoki yugan chiqib ketsa, peón o‘z plashchini yechar va u bilan xachirning boshini yopib qo‘yib, ishni saranjom lardi, keyin xachir yana yo‘lga tushar-di.


86

X achir haydovchilar odatda nonushtadan keyin, ertalab soat sakkizda yo‘lga chiqadilar va kunduz soat

to ‘rtgacha yo‘l yuradilar,

soat to ‘rt bo‘lganda esa tu-

nash

uchun to ‘xtaydilar.

Glenarvan

shu odatga bi-

noan

ish tu td i. K atapats to ‘xtash

uchun signal

berganda ko‘pik sochib to ‘lqinlanayotgan okean sohili bo‘ylab kelayotgan sayohatchilarim iz ko‘rfazning eng janubiy qismida joylashgan Arauko shahriga yaqin-lashib qolgan edilar. Bu shahardan to o‘ttiz yettinchi

parallel boshlanadigan

yer — Karneyro qo‘ltig ‘iga-

cha g ‘arbga

qarab

y ana

yigirm a milcha

yo‘l yurish

kerak edi.

Lekin

Glenarvan yuborgan

odam lar bu

yerlarni juda sinchiklab tekshirib ketgani uchun so-hilning bu qismini y ana tekshirib o‘tirish ortiqcha edi. Shuning uchun ekspeditsiya Arauko shahridan to ‘ppa-to‘g‘ri sharqqa yo‘l oladi, deb qaror qilindi.
Kichkina otryad shu shahardagi qovoqxonalardan birining hovlisida tunadi, qovoqxona ichkarisida tu-nash juda noqulay edi.
Arauko — A raukaniya degan kichkinagina davlat-ning poytaxti, bu davlatning territoriyasi ham m asi bo‘lib uzunligi olti yuz kilom etr va eni b ir yuz yigirm a kilom etr maydondan iborat. A raukaniyada Chilining eng qadim xalqlari m oluxlar yashaydilar. Ikkala Amerikada faqat shu m ag‘ru r va kuchli m oluxlar qabi-lasigina chet ellarga bo'ysunm agan. To‘g ‘ri, b ir vaqt-lar A raukoni ispanlar bosib oigan edilar, lekin
A raukaniya aholisi ularga bo‘ysunmadi. H ozir Chili

chet elli bosqinchilarga qanday qarshilik ko‘rsatayot-

gan bo'lsa, A raukaniya aholisi ham o‘sha vaqtda is-

panlarga shunday q a ttiq qarshilik k o 'rsa tg a n edi.

Hozir ham moviy osmondagi oq yulduz tasvir qilingan uning bayrog‘i poytaxtni mudofaa qiladigan mus-tahkam langan tuproq qo‘rg ‘on u stid a hilpirab, A rukaniyaning m ustaqilligidan darak berib tu rardi.
Kechki ovqat tayyor bo'lguncha G lenarvan, Paganel va katapats tomi poxol bilan yopilgan uylar

tu sh g an shahar ko'chalarida aylanib y u rd ilar.

A raukoda cherkov binosi bilan fransiskan m onastiri-
ning xarobalaridan boshqa durustroq im orat yo‘q edi. Glenarvan «Britaniya» kemasi to‘g ‘risida undan-bun-dan su rish tirib ko‘rgan edi — foydasi bo'lm adi. Paganelning zo‘r berib jon kuydirishiga qaram ay, ma-halliy aholidan hech kim uning tiliga tushunm adi.

8 7


Biroq Paganel bu yerlilar to Magellan bo‘g ‘ozigacha araukan lahjasida gaplashadigan bo'lganlaridan keyin, ular uchun ispan tili ham qadim yevropaliklar tilidek bir gap, deb o‘ziga o‘zi tasalli berdi. Shuning uchun Paganel o‘z qulog‘idan foydalanmadi, faqat ko‘zidan foydalanib, olimlarga xos zavq va mam-nuniyat bilan har xil tipdagi m oluxlarni tomosha qi-lardi. Erkaklar baland bo'yli, qizg‘ish qora yassi betli, soqol qo‘ymaydigan kishilar edi: ularda chiqqan so-qolni yulib tashlash odat edi. Ular sayohatchilarga ishonchsizlik bilan qarar edilar. Erkaklar tinchlik paytlarida nim a qilishni bilm agan jangchilarga o'xshab, bekorchilik bilan kun o'tkazadiganday ko‘ri-nar edilar. Ayollar ro ‘zg‘orga tegishli butun og‘ir ish-larn i bajarar, shu bilan birga o tlarni va qurol-yarog‘larni tozalashar, yer haydashar, o‘z xo'jayin-lari — erkaklar o‘rnida ov qilishar edi. Molux ayollari shuncha ishdan vaqt ortdirib, yana poncho — feruza rangli milliy plashchlar tikardilar. Bunday b itta pon-choni tayyorlash ikki yilga cho‘zilar va bahosi yuz dollardan kam bo‘lmasdi. Umuman, m oluxlar hali yovvoyilik urf-odatlarni saqlab qolgan, turm ushi un-cha qiziq bo'lm agan xalq. Ularda odamzodga nimaiki illat xos bo‘lsa bor, lekin ular b itta juda yaxshi fazi-latga ega, u ham bo‘lsa — ozodlikka m uhabbat.
— Spartaliklarning xuddi o‘zi-ya! — deb takrorlar edi Paganel sayrdan qaytib kelib, ovqatlanar ekan.
A lbatta, m uhtaram olim ularga juda ortiqcha baho berib yubordi. Lekin u Arauko shahrida sayr qilib yurganda, uning fransuz yuragi qattiq -qattiq urgani-ni bildirib, ham suhbatlarini yana ham hayron qoldir-di. M ayorning, yuragingizning birdan bunday urib ketishiga sabab nima edi, deb bergan savoliga Paganel bu juda tabiiy, chunki yaqinginada mening vatan-doshlarim dan biri Araukoniya taxtida o‘tirdi, deb javob berdi. Mayor u podshoning nomi nim a edi deb so‘radi. Jak Paganel, u perigyolik eks-advokat, juda sersoqol ajoyib bir odam — janob de-Tonnen edi, deb g‘u rur bilan javob berdi va janob de-Tonnen ham taxtdan tushgan qirollar «o‘z fuqarolarining ko‘rna-makligi» deb ataydigan holga uchradi, deb ilova qildi.

M ayorning

tax td an

quvilgan

sobiq

advokat

to ‘g ‘risidagi

bu

gapni

eshitib, jilm ayib

qo‘yganini

ko'rgan Paganel

jiddiy ravishda, qirolning yaxshi ad-




88

vokat bo‘lishidan ko‘ra advokatning yaxshi qirol

bo'lishi

osonroq deb ilova qildi. P aganelning bu

so‘zlari

ham m anig

qah-qah urib kulishiga sabab

bo'ldi.

Keyin shu

zahotiyoq ham m alari A rauka-

niyaning sobiq qiroli Oreliy A ntoniy I ning sog‘lig‘iga qadah ko'tardilar.
Bir necha m inutdan keyin sayohatchilarim iz o‘z poncholariga o'ralib olgan holda dong qotib uxlab yotardilar.
Ertasiga ertalab soat sakkizda kichkina otryad o‘ttiz yettinchi parallel bo‘ylab sharqqa yo‘l oldi. Ilgarigi tartib bilan bordilar: karvon boshida m adrila, eng keyinda peonlar. Yo‘l serhosil yerlardan o'tardi: atrofda uzumzor bog‘lar, katta -katta podalar o'tlab yurgan bepoyon yaylovlar uchrab turdi. Lekin borgan sari atrof bo‘m-bo‘sh bo‘la bordi. Ahyon-ahyonda bu-
tu n A m erikaga m ashhur bo'lgan, yow oyi otlarni

o‘rgatuvchi hindlarning chaylasi — rastreadoreslar


yoki hozir bir oz sayoq hindga boshpanalik xizm atini o‘taydigan bo‘lib qolgan sobiq pochta stan siy asi uchrab qolardi. Shu kuni sayohatchilarim izning yo'li-ni ikki daryo to'sib chiqdi, bular Rake va Tubal daryolari edi, lekin katapats ikkala daryodan ham kechuv joyi topdi va sayohatchilar daryoning narigi sohiliga o‘tib oldilar. Ufqda borgan sari yaqqollashib va shimol tomonga qarab tizilib ketgan cho‘qqilari aniq-ravshan ko'rinib, K ordiler tog‘ tizm alari yast-lanib yotardi. Lekin bu hali yangi dunyoning bahay-

b at gavdasini

tu tib tu rg an

um urtqaning

pastki




bo‘g ‘inlari edi,

xolos.

bosib

o‘tgach, soat

to ‘rtd a




0 ‘ttiz besh

mil

yo‘l




sayohatchilarim iz

qirning o‘rtasida

o'sgan

baland




m irta chakalakzoriga

yetib

kelib,

dam

olishga




to'xtadilar. X achirlarni

jilovdan chiqarib, egarlarini




olib, qo'yiï) yubordilar, jonivorlar darhol o‘zini yaylovdagi qalin barra o 'tg a urdi. Chiroyli gullar tikilgan xurjun — alforxaslardan odatdagi safar ovqati, go‘sht bilan gurunch olib yedilar. Ovqatdan keyin sayohatchilar qo‘y terisidan tikilgan pelion-larga o‘ralib, boshlari tagiga yostiq o‘rniga rekado — egarni qo‘yib, yangitdan kuch to ‘plash uchun qattiq uyquga ketdilar. Kechasi bilan katapats va peonlar galma-galdan navbatchilik qildilar.
Havo yaxshi bo'lgani uchun ekspeditsiyaning bar-


89

cha ishtirokchilari, hatto Robert ham, o‘zlarini juda yaxshi his qilardilar. Hamon bu sayohat shunchalik yaxshi boshlangan ekan, uning yaxshi natijalar bilan tugashiga umid qilaverish kerak edi.
Ertasiga yana shitob bilan yo‘l bosib, eson-omon Rio-Bell ostonalaridan o‘td ilar, kechqurun ispan Chilisi bilan mustaqil Chilini bir-biridan ajratib tura-digan chegara — Rio-Biobio daryosi q irg ‘og‘ida to'xtashganida Glenarvan ekspeditsiya yana o‘ttiz besh mil yo‘l bosdi, deb yo‘l daftariga yozib qo'yish im koniyatiga ega bo'ldi. Tevarak-atrofda o‘zgarish bo'lgani yo‘q. 0 ‘lka juda serhosil bo‘lib, atrofda juda ko‘p am arilislar, binafsha daraxtlari, bangidevona va

tilla rang

gul

ochib

k aktuslar

o‘sib

yotardi.

C hakalaklarda

allaqanday yirtqich

hayvonlar

yashirinib

yurar,

ular

orasida otselot — yow oyi

m ushuklar

ko‘rinib qolardi. Qushlar

ko‘p

emas edi:

goh-gohda biror qarqara, boyqush yoki lochin changaliga tushib qolmaslik uchun qochib ketayotgan mayna yo chomga ko‘rinib qolar edi. Yerli xalq de-yarlik uchram adi. Ahyon-ahyonda hindular bilan is-panlarning qoni aralashib dunyoga kelgan biror guas-sos yalang oyog‘iga taqib oigan k atta shporni otining qonab ketgan biqiniga niqtab, soyadek lip etib o‘tib qolardi. Yo‘lda ekspeditsiyani qiziqtirgan masalada surishtirib biror narsa bilsa bo‘lguday hech jon uchra­ madi. Lekin Glenarvan bunga ko‘nikib qoldi. U kapi-tan G rantni asir qilgan hindular uni K ordiler tog‘i-ning narigi tomoniga olib o‘tib ketganlar, demak, uni qidirish ishlari tog'ning bu tomonida emas, balki pam paslarda natija beradi, deb o‘zini ishontirishga tirishar edi. Demak hozircha sabr qilish va tez su r’at-lar bilan yo‘l bosish kerak.
17-oktabrda odatdagi vaqtda va odatdagi tartib bi­ lan yo‘lga chiqdilar. Robert uchun bu tartibni saqlab yurish qiyin edi. Tinib-tinchimagan bola o‘z xachirini haydab hadeb m adriladan oldinga o‘tib ketmoqchi bo‘lar, faqat Glenarvanning jiddiy qichqirishigina uni qaytarib qolardi.
A trof o ‘z tekisligini yo'qota bordi. Tez-tez

uchrab tu rgan adirlar va sharillab oqayotgan riolar,


ya’ni soylar tog‘ning yaqinligidan darak berardi. Paganel tez-tez kartaga qarar, yo'lda uchragan soy-lardan birontasi kartaga tushirilm agan bo‘lsa —


90

bunday hol esa ko‘p uchrab tu rard i — geografiya olimining qoni qaynab, xunobi oshib ketardi.
— Oti yo‘q soyning huquqsiz odamdan hech farqi yo‘q! — derdi u, jahli chiqib. — Geografya qonuni uchun u yo‘q narsa.
Shu sababga ko‘ra olimimiz ismsiz soylarga hech tortinm ay ot qo'yar, qo'yganda ham juda jarangdor qilib ispancha ism qo‘yardi-da, darhol qo‘lidagi karta-ga kiritardi.
— Zap til ekan-da! — deb takrorlar edi Paganel. — Juda ham ohangdor va jarangli-a! Xuddi m etalldan quyilganga o‘xshaydi! Imonim komilki, bu tilning sostavi qo‘ng‘iroq quyiladigan bronzaga o‘xshash, yetm ish sakkiz qismi mis-u yigirm a ikki qism igina qalayi.
— Lekin o'zingiz ispan tilini o'rganyapsizm i? — deb so'radi Glenarvan.

— Bo‘lmasam -chi. Faqat

talafuzim ning m azasi




yo'ql Shunisi chatoq!

sira ru x in i tushirm ay




Shundan keyin Paganel




ovozini baland qo‘yib, ispan tilining talaffuzi bilan kurashishga tushib ketar, lekin bu geografik kuza-tishlar olib borishiga sira xalaqit bermas edi. Bu so-hada u hayron qolar darajada kuchli bo‘lib, albatta, bu borada hech kim uning oldiga tusha olmasdi. Glenarvan bu o'lkaning biror xususiyati to ‘g‘risida katapatsdan biron narsa so‘rab qolguday bo‘lsa, geografiya olimi, doim yo‘l boshlovchidan ilgariroq javob berar edi. K atapats unga juda hayron bo'lib qarardi.
Shu kuni kunduz soat ikkilarda otryad allaqanday bir yo‘lni kesib o‘tdi. Tabiiyki, G lenarvan k a ta ­ patsdan bu yo'lning nomini so‘radi, xuddu shunday tabiiy ravishda unga Jak Paganel javob berdi:
— Bu Yumbeldan Los-Anjelosga olib boradigan yo‘l.
G lenarvan katapatsga qaradi.

— To‘ppa-to‘g‘ri, — deb tasdiqladi katapats, so‘ng geografdan so‘radi: — demak, siz bu yerlardan o‘tgan ekansiz-da?

— Albatta! — deb javob berdi Paganel tam om ila jiddiy.
— Xachirdami?

— Yo‘q, kresloda.


9 1


K atapats uning gapiga tushunm adi shekilli, yelkasini qisib qo‘ydi-da, otryad boshidagi o‘z joyi-ga ketdi.
Kechqurun soat beshda Loxa shaharidan bir necha mil naridagi u qadar chuqur bo'lm agan bir darada tu-nashga to'xtadilar. Bu kechani sayohatchilar serra etaklarida, y a’ni K ordiler to g 'larin in g dastlabki pog'onalaridan birida o‘tkazdilar.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish