0 ‘ n o l t i n ch i b o b
RIO-KOLORADO
Ertasiga, 22-oktabr ertalab soat sakkizda Talkav yo'lga chiqishga signal berdi. Argentina pasttekisligi yigirma ikkinchi va qirq ikkinchi gradus (uzunlik)lar orasida g'arbdan sharqqa qarab tobora pastlashib bo-radi: sayohatchilarimiz endi dengiz bo‘yiga qarab bor-gan sari pastga tushib borishlari kerak edi.
Patagoniyalik otdan bosh tortganda Glenarvan u ham ko‘pgina mahalliy yo‘l boshlovchilar singari pi-yoda yurmoqchi shekilli, deb o'ylagandi, chunki bun-day uzun-uzun oyoq bilan yo‘l bosish qiyin ish emas albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |