O* n b e sh i n ch i b o b
JA K PAGANELNING ISPAN TILI
Bir xavfdan zo‘rg ‘a qutulib qolgan R obert shu on-dayoq ikkinchi xavfga duchor bo'ldi, har qalay, bunisi undan kam em asdi: uni sayohatchilarim iz qu-choqlayverib oz bo‘lmasa ezib qo‘yay deyishdi. Bola bechora hali ancha zaif bo‘lishiga qaram ay, sayo-hatchilardan birontasi ham uni quchoqlab ko‘ksiga bosishdan o'zini tiya olmadi.
Lekin xursandlik bilan bunday quchoqlashlardan bemor o‘lmasa kerak, har holda, Robert tirik qoldi.
Keyin
|
sayohatchilar
|
R obertnnig
|
xaloskori
|
to ‘g ‘risida
|
o‘ylay boshladilar,
|
tu rg an
|
gapki, uni
|
atrofdan eng oldin mayor axtara boshladi.
|
|
M ayorning ko‘zi ariqdan
|
ellik qadamcha
|
narida,
|
shundaygina tog* etagidagi
|
tosh
|
ustida
|
qim ir
|
etmay
|
turgan juda novcha bir odamga tushdi. U uzun mil-tiqqa tayanib turardi. K utilm aganda paydo bo'lib qol gan bu odamning yag‘rini keng, uzun sochlari ingich-ka charm qayish bilan o'rab qo‘yilgan bo'lib, bo‘yi olti futdan ham baland edi. Qoracha yuzi har xil bo'yoqlar bilan: ikki ko‘zining o‘rtasi — qizil, qovoqlarining osti — qora va peshonasi oq bo‘yoq bilan bo'yalgan edi. U Patagoniyaning chegara rayonlarida yashov-chilar singari kiyingan bo‘lib, ustiga har xil jimji-mador bezaklar taqib, tuyaqush tom iri bilan tikilgan guanako terisidan ajoyib plashch kiygan edi. Plashch ostidan yana tulki terisidan tikilgan kiyim ham ko'rinib turardi. Uning ustidan belbog' bog'langan bo‘lib, belbog'da betini bo‘yash uchun ishlatiladigan har xil bo‘yoqlar solingan xaltacha osilib turardi.
Betini har xil bo'yoqlar bilan bo‘yab olganiga qaramay, patagoniyalik bu kishining chehrasi juda go‘zal bo‘lib, uning aqlli odam ekani yaqqol ko'rinib turardi. U mag‘rurlik bilan qaddini tik tu tgan holda endi nima bo'lishini kutib turardi. Qimir etmay tu r gan bu azam at odam ning gavdasiga qarab, uni sovuqqonlikni aks etdirgan haykal deb faraz qilish mumkin edi.
Mayor patagoniyalikka ko‘zi tushishi bilanoq uni Glenarvanga ko'rsatdi, Glenarvan esa darhol uning oldiga yugurdi. Patagoniyalik olg‘a ikki qadam tash-ladi. Glenarvan uning qo‘lini olib, mahkam qisdi. Eduard chaqnab turgan ko‘zlarida, butun vajohatida shunday qizg‘in m innatdorlik aks etdirdiki, patago niyalik buni tushunm ay iloji yo‘q edi. U boshini sal egib, bir necha og‘iz so‘z aytdi, lekin uning gapini mayor ham, Glenarvan ham tushunm adi.
Shunda patagoniyalik ularga diqqat bilan qarab ol-gach, boshqa tilda so'zlay boshladi, lekin u har qan-cha harakat qilmasin, sayohatchilar bu safar ham hech narsa tushunm adilar. Ammo Glenarvan uning gaplaridagi bir necha so'zni ispan tilidagi so'zlarga
o‘xshatdi, u ko‘p ishlatiladigan b a ’zi ispancha
so‘zlarni bilar edi.
— Español1 — deb so‘radi u.
P atagoniyalik boshini yuqoridan pastga silkib
qo'ydi — bu harakat barcha tillarda bir xil m a’noni
bildiradi.
— Ju d a soz, — dedi mayor, — endi gap do'stim iz Paganelda qoldi. U ispan tilini o‘rganib, yaxshi qilgan ekan!
Paganelni chaqirishdi. U yugurganicha kelib, patogoniyalik oldida fransuzlarga xos nazokat bilan ta ’zim qildi, lekin, turgan gapki, patagoniyalik bun-day nazokatni tushunm adi. Geografga gapning nima-da ekanligini tushuntirdilar.
— E, bo'pti! — dedi Paganel.
So‘ng so‘zlarni aniq va dona-dona qilib aytish uchun og‘zini katta ochib dedi:
— Yos sois um homem de bem2.
Yerli odam diqqat bilan quloq solsa-da, hech narsa deb javob bermadi.
— Tushunm ayapti, — dedi geografiya olimi.
— Talaffuzingiz yomon shekilli, — deb o‘z taxm inini bildirdi mayor.
— Ehtim ol. Juda qiyin til ekan-da, savil!
So‘ng Paganel maqtovli jum lasini yana takrorladi, lekin baribir yana hech natija chiqmadi.
— Bo'lmasa, boshqa narsa deb ko‘raychi, — dedi geografiya olim i va shoshm ay, o‘qituvchilardek salmoqlab, patagoniyalikdan so‘radi:
— Sem duvida, um Patagáo?3 Patagoniyalik yana jim turaverdi.
— Dizeime!4 — dedi Paganel. Patagoniyalik yana miq etm adi.
— Yos compriendeis5, — dedi Paganel tom oqlari yirtilib ketguday baqirib.
H induning hech narsa tushunm ayotgani aniq edi, chunki u nihoyat impanchalab javob berdi:
— No comprendo6.
1Ispanmisiz?
2Siz juda yaxshi yigit ekansiz.
3Siz patagoniyaliksiz, shundaymi?
4Javob bering!
Tushunyapsizmi?
9 Tushunmadim .
Endi hayron bo‘lish navbati Paganelga keldi, u asabiylashib, ko'zoynagini peshonasidan ko‘zi ustiga tushirdi.
— Bu badbaxt tildan bir og‘iz so‘z tushunsam o‘lay agar! — dedi u. — U araukan tilida so'zladi shekilli.
— Yo‘g ‘-e, — dedi Glenarvan, — u hech shubhasiz ispan tilida gapirdi.
So‘ng patagoniyalikka burilib qarab yana:
— Español?1 — deb so‘radi.
— Si, si2, — deb javob berdi yerlik.
Paganel hayron bo'lganidan qotib qoldi. Mayor bi-lan Glenarvan yer ostidan bir-birlariga qarab olishdi.
— Menga qarang, olim do'stim , — deb gap ochdi salgina jilmayib mayor, — siz o‘zingizga monopoliya qilib oigan parishonlikning qurboni bo'lgan ko'rinasiz yana.
— Nima? Nima dedingiz? — dedi hushyor tortib Paganel.
— Gap shundaki, patagoniyalik hech shubhasiz is pan tilida gapiryapti.
— U-ya?
— Ha, u! Tasodifan, siz ispan tili deb, boshqa
biron tiln i... — Mak-Nabbs so'zini tugatolm adi. Paganel yelkasini qisib va «Ey!» deb qichqirib, uning so‘zini bo'ldi.
— Ju d a
|
oshirib
|
yubordingiz,
|
m ayor, — dedi
|
|
Paganel quruqqina qilib.
|
tushunm ayapsiz
|
|
— Nim a
|
uchun
|
uning tilig a
|
|
bo'lm asa? — deb so‘radi mayor.
|
|
|
— U ispan tilida yaxshi gapirolmas ekan, shuning uchun tushunm ayapm an, — deb javob berdi jahli chiqa boshlagan geografiya olimi.
— Demak, o‘zingiz tushunm aganingiz uchungina
tilni yaxshi bilmas ekan deb o ‘y layap sizm i? — deb xotirjam lik bilan so‘radi mayor.
— Menga qarang, Mak-Nabbs, — deb gapga ara-lashdi Glenarvan, — bunday bo‘lishi m um kin emas. Do'stimiz Paganel har qancha parishon bo'lm asin, har holda bir til o'rniga ikkinchi tilni o'rganadigan dara-jada emas.
1Ispanmisiz?
!Ha, ha!
Do'stlaringiz bilan baham: |