Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


S a k k i z i n c h i b o b



Download 0,7 Mb.
bet15/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

S a k k i z i n c h i b o b
«D U NK A N »D A G I Y aX S hI O D A M LA RN IN G SO N I Y aN A BITTA ORTDI
«Dunkan» esa Shimoliy Afrika qirg'oqlaridagi yo‘ldosh oqimlar yordami bilan ekvatorga tez yaqin-lashib kelmoqda edi. 30-avgustda Madeyra oroli ko‘rindi. Glenarvan o‘z va’dasida turdi va Paganelga «Dunkan» uni qirg‘oqqa tashlab ketish uchun bu orol-da to‘xtashi mumkinligini bildirdi.
— Azizim Glenarvan, — deb javob berdi Paganel, — keling, takallufni yig'ishtirib qo‘yaylik-da, ochig'ini gaplashaylik: kemada men paydo bo'lib qolishimdan oldin Madeyra orolida to‘xtamoqchi edinglarmi?

— Yo‘q, — dedi Glenarvan.

— Bo'lmasa bu badbaxt parishonligimdan foydali bir ish chiqarishga ruxsat etsangiz. Madeyra oroli ju-da yaxshi o'rganilgan, unda geografni qiziqtiradigan hech bir narsa yo‘q. Orol to‘g‘risidagi gaplarning hammasi aytilib va yozilib bo'lgan; buning ustiga un­ da bir vaqtlar taraqqiy qilgan vinochilik hozir tanaz-zulga uchragan. 0‘ylab qarang-a: Madeyra orolida uzum bog‘lari yo‘q endi! 1813-yilda orolda yigirma ik-ki ming pipa1vino tayyorlangan bo‘lsa, 1845-yilda bu miqdor ikki ming olti yuz oltmish to'qqiz pipaga tushdi. Hozir u yerda tayyorlanadigan vinoning miq-dori besh yuz pipaga ham yetmaydi. Qanday achinarli
'P ip a — 50 gektolitrga teng. (M u a llif izohi.)

57


hol! Qisqasi, agar sizga baribir bo‘lsa, meni bu yerda emas, Kanar orollarida tushirib ketsangiz...

— Bo‘lmasa Kanar orollarida to‘xtab o'tamiz,— dedi Glenarvan, — shunday yo‘limiz ustida-ku.

— Bilaman buni, azizim Glenarvan. Uch guruhdan iborat bo'lgan Kanar orollari meni ko'pdan beri qi-ziqtirib kelayotgan Tenerif cho‘qqisini hisobga olma-ganda ham, o'rganishga arziydigan joy. Mana endi bunga juda qulay payt kedi. Fursatdan foydalanib, meni qayta Yevropaga eltib tashlaydigan kema kel-guncha bu mashhur toqqa chiqib tushaman.
— Ixtiyoringiz, aziz Paganel, — dedi beixtiyor jil-mayib Glenarvan.

Kulishga arzigudek asoslari bor edi.

Kanar orollari Madeyradan uzoq emas, hammasi bo‘lib ikki yuz ellik milya masofada, bu masofani bosib o'tish esa «Dunkan»dek tezyurar kema uchun hech gap emas.
31-avgust kunduz soat ikkida Jon Mangls bilan Paganel palubada sayr qilib yurar edilar. Fransuz oli-mi o‘z hamsuhbatiga Chili to‘g‘risida savollar yog‘dirmoqda edi.
Birdan kapitan uning so'zini kesdi:

— Janob Paganel! — dedi u, ufqning janub tomonidagi allaqanday bir nuqtani ko'rsatib.

— Nima gap, aziz kapitan? — deb so‘radi olim.
— Anavi tarafga bir qarang. Hech narsa ko‘rmayapsizmi?
— Hech narsa ko'rayotganim yo‘q.

— Siz boshqa tomonga qarayapsiz. Ufqqa emas, balandroqqa, bulutlar orasiga qarang.

— Bulutlar orasiga? Qancha qarasam ham...

— Endi bushpritning reykasi yo'nalgan tomonga qarang.

— Hech narsa ko'rmayapman.

— Siz ko‘rishni istamayapsiz, xolos! Ishonavering, Tenerif cho'qqisidan hali qirq milya masofada bo‘lsak ham, uning tik qoyasi ufqda yaqqol ko‘rinib turibdi.


Paganel u tog‘ni ko‘rgisi kelsa-kelmasa, bir necha soatdan keyin o'zining ko‘r emasligini isbot qilish uchun Jon Manglsning fikriga qo‘shilishga majbur bo‘ldi.
— Xayriyat, — dedi unga kapitan, — nihoyat uni ko‘rdingiz-a.


58

— Ha, ha ju d a yaxshi ko‘ryapm an . T enerif cho‘qqisi deganimiz hali shumi? — dedi geograf, uni mensimaganday.
— Xuddi o‘sha.

— Juda ham baland toqqa o‘xsham aydi-ku.

— H ar holda, u dengiz sathidan o‘n bir m ing fu t baland.
— 0 ‘shanda ham u Monblan bilan tenglasha olarmidi.
— Ehtim ol, lekin siz bu toqqa chiqa boshla-ganingizda uning juda baland ekaniga am in bo‘lasiz.
— Chiqish deysizmi? Tenerif cho‘qqisiga chiqa-manmi? Gumboldt bilan Bonplandan keyin unga chiqishning nim a keragi bor? Génial Gumboldt bu toqqa chiqib, uni shunday tasvirlab berganki, endi unga hech narsa qo‘shib bo'lmaydi. U o‘sha paytday-

oq bu

tog‘ni

besh m intaqaga

bo‘lgan:

to kzorlar

m intaqasi,

lavra

daraxtlari m intaqasi,

qarag‘aylar

m intaqasi,

alp

archalari m intaqasi va, nihoyat, hech

qanday

o'sim lik

o‘sm aydigan

m intaqa.

G um boldt

Tenerif cho‘qqisining eng uchigacha chiqqan, unda hatto o'tiradigan joy ham yo‘q ekan. U ning ko‘z oldi-da Ispaniyaning to ‘rtdan biriga teng keladigan sahn ochilgan. Keyin u bu so‘nib qolgan vulqon kraterining eng tagigacha tushgan . Gumboldtday buyuk odamdan keyin bu tog‘da men nim a ham qilardim ?
— To‘g ‘ri, undan keyin siz biror yangilik ochol-masangiz kerak, — deb uning so‘ziga qo‘shildi Jon Mangls. — A fsus, to biror kema kelguncha Tenerif portida juda zerikib qolasiz-da. Bu yerda kishini ovu-tadigan hech narsa ham yo‘q.
— Turgan gap, bu yerda umid faqat kishining o‘zi-dan, — deb kuldi Paganel. — Azizim Jon, Yashil Burun orollarida biror kattaroq port yo‘qmi?

— Bor, alb atta . M asalan, V illa-Prayyada

Y evropaga ketayotgan biror o‘tkinchi paroxodga

osonlik bilan o‘tib olishingiz mumkin.



— Buning yana bir qulaylik jih ati bor, — dedi Paganel. — Yashil Burun orollari Senegalga yaqin joyda, Senegalda esa men ham shaharlarim ni topib olishim mumkin. To‘g‘ri, bu orollar gruppasining mutlaqo qiziq joyi yo‘q, bo‘m-bo‘sh joylar ekanini, buning ustiga ob-havosi yomon ekanini men yaxshi bilaman. Lekin geograf uchun ham ma narsa ham


59

qiziq: ko‘ra bilishning o‘zi — fandir. Ba’zi odamlar hech narsani ko‘rolm aydilar, ular shunday «oqilona» sayohat qiladilarki, qisqichbaqasimonlardan mutlaqo farq qilmaydilar. Lekin men undaylardan emasman, bunga amin bo‘lavering.
—Ixtiyoringiz, janob Paganel, — deb javob berdi

Jon M angls.

— Sizning Yashil B urun

orollarida

bo‘lishingiz

geografiya fanini

alb atta

boyitishiga

shubhasiz ishonamiz.

Biz esa

ko‘m ir g ‘amlab

olish

uchun u yerda albatta

to ‘xtab o'tishim iz

shart.

Ana

shunda siz qirg'oqqa tushib olasiz, bu bizni mutlaqo yo‘ldan qo‘ymaydi.
Kapitan shunday dedi-yu, kemani Kanar orolla-rinig g ‘arb tomoniga qarata yo‘lladi. M ashhur Tenerif cho‘qqisi orqada qoldi. Ilgarigidek tez yo‘l bosib bo-rayotgan «Dunkan» 2 sentabr ertalab soat beshda Qisqichbaqa tropikidan o‘tdi. Ob-havo o‘zgara boshla-di. Havo yom g'irgarchilik paytlarida bo‘lganiday og‘ir va rutubatli bo‘lib qoldi. Bunday paytlarni is-panlar «ko‘lob payt i » deb ataydilar. Bu sayohatchilar uchun juda og‘ir tushadi, lekin A frika orollaridagi o'sim likning kam bo‘lishidan, demak, namgarchilik-ning yetishm asligidan azob chekuvchi aholi uchun esa foydali bo‘ladi. Dengiz notinch bo'lganidan kemadagi yo‘lovchilar palubaga chiqmas edilar, lekin bu kayut-

kompaniyadagi suhbatlarni sovuta olmadi.

qolishga




3 -sentabrda

Paganel

kem adan tushib




tayyorlanib,

yuklarini

saranjom lay

boshladi.




«Dunkan» endi Yashil Burun orollari o‘rtasidan o‘tib bormoqda edi. U qumloq qabrga o'xshagan bo‘m-bo‘sh va yalang'och Tuz oroli yonidan o‘tdi, keng marjon riflari yoqalab suzdi, keyin esa shimoldan janubga qarab cho'zilgan bazalt tog‘ tizm alari ikkiga bo‘lib turgan muqaddas Yakov orolini chetda qoldirib, Villa-Prayya buxtasiga kirdi-da, shunday shahar qarshisiga kelib, langar tashladi. Ob-havo juda yomon edi, buxta dengiz sham ollaridan to ‘silganiga qaram ay, unda to ‘lqinlar qu tu rar edi. Y om g'ir chelaklab quygandek yog‘ar, shahar zo‘rg ‘a ko'rinardi. Shahar vulqondan paydo bo'lgan uch yuz fu t balandlikdagi toqqa borib taqaladigan tekislikka joylashgan edi. Qalin yog‘ayot-gan yom g'ir orqasida orol g ‘oyat m a’yiis ko‘rinardi.
Elen Glenarvan shaharni aylanaman degan o‘yini amalga oshira olmadi. Kemaga ko'm ir ortish juda qi-


60

yinchilik bilan bormoqda edi. Dengiz bilan osmon o‘z suvlarini allaqanday iztirob ichida bir-biriga qo'sha-yotgan bir paytda yo‘lovchilarim izning kayut-kom - paniyada o‘tirishdan boshqa iloji yo‘q edi. Tabiiyki, kem ada hamma ta b iat m avzuida so‘zlashar, bu to ‘g ‘rida har kim ham biror gap aytardi. Faqat mayor bir og‘iz ham so‘z demadi; u butun dunyoni suv olib ketsa ham pinagini buzm asa kerak.
Paganel bosh chayqab, kayutada u yoq-bu yoqqa yurardi.
— Havo buni jo ‘rtta g a qilayotganga o ‘xshay-di-ya!— deb takrorlar edi u.
— Haqiqatan ham tabiat kuchlari sizga qarshi bosh ko'tarishdi, — dedi Glenarvan.
— Baribir men ular ustidan g'alaba qilam an.

— Shunday havoda kemadan qanday qilib tusha-siz, axir? — deb so'radi Elen.


— 0 ‘zim-ku, xonim, sohilga bemalol yetib ola-man-a, lekin yukim bilan asboblarim dan xavotir-daman: hammasi rasvo bo'lib ketadi-da.
— Qiyini faqat sohilga yetib olish, — dedi
Glenarvan, — V illa-Prayyaga yetib olganingizdan so'ng boplab joylashib olasiz; to ‘g ‘ri, tozalik masalasi juda ham yaxshi emas bu yerda: m aym unlar va cho‘chqalar bilan yonma-yon yashashga to ‘g ‘ri keladi, ular bilan qo'shnichilik qilish esa hamma vaqt ham ko‘ngilli bo'laverm aydi. Lekin sayyoh bunday arzima-gan narsalarga e’tibor qilmasligi kerak. Siz bu yerda uzoq qolib ketarm idingiz, yetti-sakkiz oydan keyin Yevropaga ketayotgan biror kemaga chiqib olasiz.
— Yetti-sakkiz oydan keyin dedingizmi?! — deb so'radi Paganel.
— Ha, kam deganda yetti-sakkiz oydan keyin: yog'ingarchilik davrida Yashil Burun orollariga ke-m alar kamdan-kam kiradilar-da! Lekin siz bu vaqtdan yaxshi foydalanishingiz mumkin. Bu arxipelag hali yaxshi o'rganilgan emas. Bu yerda topografiya so­ hasida ham, klim atologiya sohasida ham, etnografiya va gipsom etriya1 sohasida ham qilinadigan ishlar ko‘p.
— Siz daryolarni tekshirish ishi bilan shug'ulla-nishingiz mumkin, — dedi Elen.
1G i p so m etriy a — biror joyning balandligini o‘lchaah.


61

— Bu yerlarda daryo yo‘q, xonim, — deb javob berdi Paganel.

— Unda kichikroq oqar suvlarni tekshirasiz.

— Bunday oqar suv ham yo‘q.

— Unday bo‘lsa o‘rm onlarni o'rganishga to ‘g‘ri kelar ekan-da, — deb gapga aralashdi mayor.


— 0 ‘rmon bo‘lish uchun daraxt bo‘lishi kerak, bu yerda esa daraxt degan narsaning o‘zi yo‘q.
— Zap go'zal o‘lka ekanmi!— deb qo‘ydi mayor.

— X afa bo‘lmang, aziz Paganel, — deb unga tasal-li berdi G lenarvan,— har holda tog‘lar bor-ku.


— Be, ser! Bu yerdagi tog'lar baland ham emas, qiziq ham . Buning ustiga ular allaqachon o‘rganib bo‘lingan.
— Rostdan-a? — deb hayron bo‘di Glenarvan.

— Ha, yana omadim yurishm adi. K anar orollarida hammayoqni Gumboldt tekshirib qo'ygan edi, bu yer-larni esa janob Sharl Sen-Kler Devil degan bir geolog mendan oldinroq o‘rganib chiqqan.

— Nahotki?

— A fsuski, shunday! — dedi m a’yuslik bilan Paganel. — U olim «Qat’iyatli» degan fransuz kor-

vetida Yashil Burunga kelgan, kemaning bu yerda

to 'x tab turganidan foydalanib, arxipelagdagi

tog'larning eng qizig‘i bo'lgan Fogo orolidagi vulqon-ga chiqqan. Shunday bo‘lgandan keyin, men bu yerda nima ham qilardim?
— Bu haqiqatan ham achinarli hol, — dedi Elen. — Endi nim a qilmoqchisiz, janob Paganel?
Paganel bir necha m inut indamay qoldi.

— Asli vinosi qolmagan demay M adeyrada tushib qolaversangiz bo‘lar ekan, — dedi Glenarvan.


Parij geografiya jam iyatining sekretari hamon in ­ damay turardi.
— Men sizning o‘rningizda bo'lsam , hozir tush-may turardim , — dedi mayor, odati bo‘yicha pinagini ham buz may.
— Aziz Glenarvan, — dedi nihoyat jim likni buzib Paganel, — endi qayerda to'xtaysizlar?
— Endi shu bilan Konsepsionga borib to ‘xtaymiz.

— Obbo! Unda men H indistondan juda uzoqlashib ketaman!


— Aksincha: Gorn burnini aylanib o‘tgach, siz H indistonga yana yaqinlashib boraverasiz.

62


— Unisini bilaman-a.
— Buning ustiga, — deb davom etdi Glenarvan, —
g 'arb iy H indistonga bordingiz nim a-yu, Sharqiy H indistonga bordingiz nim a? Baribir emasmi?
— Rostim ni aytsam , ser, — dedi Paganel, — bu gap sira ham yodimga kelmabdi!
— Oltin medalni esa, aziz Paganel, — deb davom etdi Glenarvan, — xohlagan mam lakatda ham olishin-

giz mumkin. H ar joyda ham ishlash, kashf qilish

m um kin: K ordiler tizm a to g ‘larida ham , Tibet

tog‘larida ham.

— Xo‘sh, unda Yaru-Dzangbo-Chu daryosini tek-shirishim nima bo‘ladi?
— Nima bo‘lardi, Yaru-Dzangbo-Chu o‘rn ig a Rio-Koloradoni tekshirasiz-qo‘yasiz. Shunday k atta daryo kam tekshirilgan, axir. G eograflar uni har xil xarita-larda har xil joylardan oqishga majbur qiladilar.
— Bilaman buni, azizim, bilaman. H atto bir necha gradusga qilingan xatolar ham uchraydi. Istasam Geografiya jam iyati meni H indistonga yuborishga rozi bo‘lganidek Patagoniyaga ham hech so‘zsiz yuborgan bo‘lar edi-ya, lekin bu fikr mening miyam-ga kelmagan edi-da.
— Bunga ham parishonligingiz sabab.

— Biz bilan yuravering-da, janob Paganel, — deb iltim os qildi Elen, g'oyat samimiy ravishda.


— Xonim! Menga berilgan topshiriq nim a bo‘ladi unda?
— A ytib qo'yay: biz M agellan bo‘g ‘ozi orqali o‘tam iz, — dedi Glenarvan.

— Ser, siz odamni yo'ldan urishga usta ekansiz!


— Biz Ochlik portida ham bo'lamiz.

— Ochlik portida-ya! — deb qichqirdi har tomon-lama hujum ostida qolgan fransuz. — A xir u geo­ grafiya tarixi yozilgan barcha asarlarda tilga olinadi-gan m ashhur port-ku!


— Yana shuni ham unutm angki, janob Paganel, — deb davom etdi Elen, — sizning bu ekspeditsiyada ishtirok etishingiz Fransiyaning nomini Shotlandiya bilan yonma-yon qo‘yadi.

— A lbatta, albatta!


— Bizning ekspeditsiyam izga geografiya olimi k atta foyda keltirishi m um kin, fanni kishilik foydasi-ga xizm at qildirishdan go‘zal ish bo‘lishi mumkinmi?


63

— Juda m a’qul gap aytdingiz!
— Xo‘p deyavering: siz ham birga o‘xshab, tasod-ifning irodasiga bo'ysuning. Tasodif bizga o‘sha huj-jatlarn i yetkazdi, biz yo‘lga tushdik . Sizni ham tasodif « Dunkan »ga keltirib tashladi, siz ham unda qolavering.
— Hozir nim alar o‘ylayotganim ni aytaymi, do‘st-larim? — dedi Paganel. — Mening qolishimni juda xohlaysizlarmi?
— 0 ‘zingizning ham qolgingiz kelib turibdi-ku, axir, — dedi Glenarvan.
— To‘g ‘ri! — deb yubordi geografiya olimi. — Men sizlarga ortiqcha yuk bo‘lishdan cho‘chib turgan edim.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish