Аҳоли турмуш даражаси


Yashash minimum va istemol savatini hisoblash uslubiyati



Download 0,52 Mb.
bet7/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#216721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
AHOLINING TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI

1.3. Yashash minimum va istemol savatini hisoblash uslubiyati.

Har bir insonning moddiy va ma’naviy turmush imkoniyatlari uning daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Inson daromadining darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni tashkil etish, ma’lumot olish, bo‘sh vaqtini madaniy tarzda o‘tkazish imkoniyatlari shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta rol o‘ynaydi. Byudjetning daromad qismi asosan jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlardan tashkil topadi va ular ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflanadi, shu tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi.

Iqtisodiy adabiyotlarda «daromad» tushunchasi ishlab chiqarilgan mahsulot narxining mahsulotni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi deb, shuningdek, har bir sinf, ijtimoiy guruh yoki alohida shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo‘lgan va uning tomonidan o‘zlashtirilgan ulushi deb tushuniladi.

Daromadlar harakati bozor iqtisodiyotining ishlab turishini ta’minlaydi. Aylanish jarayonida daromadlar izchil ravishda quyidagi bir necha bosqich - yuzaga kelish, taqsimlanish va qayta taqsimlanish, pirovard iste’molga ishlatilish, jamg‘arilish bosqichlaridan o‘tadi. Daromadlar yuzaga kelishi ularning tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi harakatining boshlang‘ich bosqichi bo‘ladi. Bu bosqichda daromadlar birlamchi daromadlar sifatida shakllanadi.

Taqsimlanish jarayonida tadbirkorlar birlamchi daromadlardan mahsulot ishlab chiqarish va sotish yuzasidan soliqlar to‘laydilar, mehnat haqi va ishlab chiqarishning boshqa omillari yuzasidan haq to‘laydilar. Natijada dastlabki daromadlar ish haqi, foizlar, renta, korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasiga aylanadi.

Daromadlarning qayta taqsimlanishi jarayoni keyingi bosqich bo‘ladi, u soliqlar to‘lash, ijtimoiy jamg‘armalarga mablag‘lar o‘tkazish, korxonalar va aholiga turli transfertlar tarzida daromadlar bir qismini yo‘llashni o‘z ichiga oladi (transfertlar – bir qatnashchi boshqasiga bir tomonlama tartibda topshiradigan iqtisodiy boyliklardir; operatsiyaning boshqa qatnashchisidan esa o‘ringa o‘rin iqtisodiy qimmatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan hech bir narsa kelib tushmaydi).

YAratilgan daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijalari bo‘yicha tasarrufdagi daromadlar (pirovard daromadlar) shakllanadi.

Daromadlarning pirovard iste’moli va yalpi jamg‘arilishi ular aylanishining tugallovchi bosqichi bo‘ladi. Daromadlar darajasini tahlil etish, o‘lchash va taxmin qilish uchun daromadlarning har-hil turlari va ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.

Daromadlar pul va natural shaklida bo‘lishi mumkin.

Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchun ish haqi hisobidagi barcha pul mablag‘lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividendlar, renta ko‘rinishidagi daromadlar; aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, chorva hayvonlari, tomarqa xo‘jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko‘rsatish uchun haqlar va hokazolardan tashkil topadi.

Aholining natural daromadlari - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog‘-qo‘rg‘on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat.

Pul va natural daromadlarning nisbati tez-tez o‘zgarib turadi, ammo pul shakli ko‘proq tarqalgan. Odatda, aholining kambag‘al qatlamlarida natural daromadlar hissasi yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy vaziyat yomonlashgan davrda natural daromadlar salmog‘i oshib ketadi, jamoa xo‘jaliklari dehqonlarida natural daromadlar hissasi sanoat ishchilari natural daromadlari hissasiga nisbatan doimo yuqori bo‘ladi, buni byudjet tadqiqotlari ham tasdiqlaydi.

Mulkdan olinadigan daromadlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga moliyaviy va nomoliyaviy resurslarni foydalanishga berib qo‘yishdan olinadigan daromadlardir.

Foizlar - qo‘yilmalar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar olish shaklidir.

Dividendlar mulkdan olinadigan daromadning shunday shakliki, aksiyadorlar mablag‘larni korporatsiyalar tasarrufiga topshirganliklari natijasida (aksiyalar sotib olish orqali) uni olishga haqli bo‘ladilar.

Aholi daromadlari nominal va real ko‘rinishda bo‘ladi. Nominal daromadlar - pul ko‘rinishida olingan daromadlardir. Real daromadlar iste’mol narxlarining indeksiga qarab tuzatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir.

Nominal va real daromadlar ko‘rsatkichi bilan bir qatorda aholi pulli daromadlarining xarid qobiliyati ko‘rsatkichi ham alohida olib qaraladi. Bu ko‘rsatkich aholining tovarlar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha potensial imkoniyatlarini aks ettiradi va aholining o‘rta hisobda jon boshiga to‘g‘ri keladigan pulli daromadlarining tovar ekvivalenti orqali ifodalanadi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan pulli daromadlar pulli daromadlarning jami miqdorini mavjud aholi soniga bo‘lish orqali hisoblab chiqiladi.

Hisoblab chiqilgan yoki olingan daromadlardan fuqarolar turli soliq to‘lovlari va badallar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. SHu sababli fuqaroning xaqiqiy tasarrufida bo‘lgan daromadlarni tavsiflaydigan ko‘rsatkichga ta’rif berish muhim. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi majburiy to‘lovlar va badallar chegirilganidan qoladigan joriy davr pul daromadlarini tasarrufdagi pul daromadlari deb ta’riflaydi.

Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklaridan (pulli va tabiiy shakllarda) olinadigan daromadlar daromadni shakllantirishda muhim rol uynaydi, ularning hajmi Milliy hisob varaqalar tizimida umumqabul qilingan quyidagi prinsip bo‘yicha hisoblab chiqiladi: mahsulot chiqarish qiymatidan uni ishlab chiqarishga ishlatilgan mahsulot va xizmatlar qiymati ayiriladi.

Uy-joy va kommunal xo‘jalik, yo‘lovchi transporti, yo‘l xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va madaniyat muassasalari tarmoqlarining katta qismi davlat, respublika, mahalliy va shahar byudjetlariga hamda tegishli mahalliy ma’murlarning ish sifatiga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli mazkur qismning kattagina hajmi tabiiy shakldagi ijtimoiy transfert hisoblanadi va uni aholining yalpi daromadlari jumlasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.

Daromad olish uchun mehnat va kapital bozorida qancha hajmda xizmat taklif etish to‘g‘risida qaror, odatda, oila darajasida qabul qilinadi. SHu bois bozor iqtisodiyotida daromad shakllanishi umuman aholiga tatbiqangina emas, balki uy xo‘jaligi darajasida ham olib qaraladi. Uy xo‘jaliklarining yalpi daromadi birlamchi va ikkilamchi daromadlardan shakllanadi (3-rasmni qarang).



Uy xo‘jaligi - bitta xonadonda yashaydigan, o‘zining barcha daromadlari va moddiy boyliklarini (yoki ularning bir qismini) birlashtirgan va tovarlar hamda xizmatlar iste’moliga, asosan turar joy va oziq-ovqat mahsulotlariga sarf-xarajatlarni birgalikda amalga oshiradigan shaxslar guruhi (yoki bir shaxs)dir.

Aralash daromad daromadlarning mustaqil ko‘rsatkichi bo‘ladi, unda mehnatga xaq to‘lash va foyda olish elementlari mujassamlashadi. Aralash daromadlar xususiy tadbirkorlik faoliyatidan (yollanma mehnat qo‘llanilmagan holda), shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan olinadigan daromadlar, erkin kasbdagi shaxslarning daromadlari, mualliflik gonorarlari va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.






3-rasm. Uy xo‘jaliklari yalpi daromadlariga oid chizma.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish