2 . Аҳоли даромадлари таркиби.
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Nominal daromad- bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab
to’lanadigan haq bo’lib, u pul shaklidagi jamiki daromadni o’z ichiga oladi. Shu
nuqtai nazardan nominal daromad qo’yidagicha hisoblanadi:
ND = MBOD+MKD
bu erda,
ND- nominal daromad;
MBOD- mehnat bilan olingan daromad, ya’ni ish haqi, menejer daromadi,
tadbirkor daromadi;
MKD- mulkdan kelgan daromad, ya’ni foyda, renta, foiz va dividend.
Pul daromadining o’zi, ya’ni nominal daromad aholi turmush darajasini aniq
ifodalay olmaydi, pulning real qadri iste’mol tovarlari narxiga ham bog’liq. Shu
sababli real daromad: nominal daromadning miqdoriga; daromaddan chegirilgan har
xil soliqlar va to’lovlarga, ya’ni pul daromadining egasi qo’liga tegadigan qismiga;Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam bo‘ladi.
Real daromad jamiki pul daromadlari (brutto daromad)dan turli to’lovlar
(soliqlar, sotsial sug’urta to’lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi- sof
(netto) pul daromadini baho indeksiga bo’lish yordamida aniqlanadi:
RD =(ND+ТТ-С)/JP
bu erda,
TT- transfert to’lovlar evaziga tushgan daromadlar
S- soliqlar va turli to’lovlar
JP- bahoning umumiy indeksi.
Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad
bo’lib, pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi, aholi turmush darajasini
umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad indeksini hisoblash uchun dastavval umumiy va pirovard
daromadlar hajmi aniqlanadi.Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar kiradi.
3 .
Do'stlaringiz bilan baham: |