Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 Aholining qarishi va uning demografik mezonlari



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

6.3. Aholining qarishi va uning demografik mezonlari 
 
Aholi  qarishi  -  aholi  tarkibida  keksa  va  qari  yoshdagi  aholi  guruhining 
oshib  borishidir.  Aholining  qarishi  demografik  omillarga  bog‘liq.  Asosiy 
demografik omil aholining takror barpo bo‘lish xususiyatidir. Tug‘ilishning yuqori, 
o‘lim  darajasining  pastligi  aholi  tarkibida  bolalar  salmog‘ining  yuqori  bo‘lishiga 
olib  kyeladi.  Aholi  tarkibida  qariyalar  salmog‘ining  muntazam  oshib  borishi  esa, 
o‘limning  kamayishi,  aholi  o‘rtacha  umr  ko‘rish  muddatining  uzayishi  bilan 
bog‘liq.  
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  keksalikni  60  yosh  emas,  65  yoshdan 
belgilaydi va umumiy aholida 65 yoshdan oshganlar 4 foiz bo‘ladigan bo‘lsa, aholi 
“yosh”,  4-7  foiz  “keksalik  ostonasida”,  7  foizdan  baland  “keksalik”  hisoblanadi. 
Bu  ma’lumotlardan  farqli  ravishda  J.Bojyo-Garne  va  E.Rosset  o‘zlarining 
demografik qarilik shkalasini tavsiya etishadi. Bunda 60 yosh va undan kattalar 8 
foizgacha bo‘lsa “demografik yoshlik”, 8-10 foiz “keksalikning birinchi ostonasi”, 
10-12  foiz  “keksalik  ostonasi”da,  12  foizdan  yuqori  “demografik  qarish”  va 
hokoza qarilikning o‘zini yana bir necha bosqichlarga ajratishadi
1
. Xuddi shunday 
aholining  keksayish  darajasini  ko‘rsatib  berishda  fransuz  demografi  A.Sovi 
                                                 
1
 
Медков В.М. Демография: Учебник.-М.: 2004.С. 132. 


 
147 
shkalasi ham mavjud. Bunda, uning shkalasi J.Bojyo-Garne va E.Rosset shkalalari 
bilan deyarli o‘xshash.  
O‘zbekiston  Respublikasi  aholisining  yosh  tarkibini  J.Bojyo-Garne  va 
E.Rosset hamda A.Sovi shkalasi asosida guruhlash maqsadga muvofiqdir. Chunki, 
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy-demografik rivojlanishidan kelib chiqqan holda, 
keksalikning  boshlanishini  ayollarda  55  yosh,  erkaklarda  60  yoshdan,  deb  qabul 
qilingan.  
Aholining  qarishi  juda  uzoq  davom  etgan  demografik  o‘zgarishlarning 
natijasidir.  Ayniqsa,  tug‘ilish,  o‘lim  aholi  qarishiga  olib  keluvchi  asosiy 
demografik  omillardir.  Aholi  migratsiyasi  ham  aholi  qarishiga  o‘ziga  xos  ta’sir 
etadi.  
Aholi qarishi 2 turda namoyon bo‘ladi: 
1. 
quyidan qarish - tug‘ilishning qisqarishi hisobiga qarish; 
2. 
yuqoridan  qarish-aholi  o‘rtacha  umr  ko‘rish  muddatining  uzayishi  va 
o‘limning kamayishi hisobiga tug‘ilishning qisqarishi sharoitida aholining qarishi. 
Aholini  qarish  jarayoniga  demograflar  va  statistiklar  tomonidan  XIX  asr 
oxirida  e’tibor  byerila  boshlandi.  Aholini  qarishi  bo‘yicha  sobiq  SSSRda  A.Ya. 
Boyarskiy,  J.Burjua  –  Pisha,  A.Sovi –  Fransiyada,  AQSHda  E.Koul va  boshqalar 
shug‘ullandilar.  Aholining  qarish  darajasini  aniqlash  uchun  Rossiya  va  boshqa 
qator  davlatlarda  aholining  yosh  chegarasi  –  60  yoshdan  boshlandi.  Qator  g‘arb 
mamlakatlarida  va  xalqaro  miqyosda  –  aholi  65  yoshdan  boshlab  qariyalar 
guruhiga kiritiladi (Medkov V.M. Demografiya. –M.: 1999. B. 131). 
Qarilik  darajasini  o‘lchash  uchun  J.Bojyo  –  Garne,  E.Rosset  tomonidan 
quyidagicha shkala taklif etilgan.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish