6.2. Aholining jinsiy tarkibi va uning shakllanishidagi omillar
Aholining jinsiy tarkibi deganda, ularning, ya’ni aholining erkak va
ayollarga taqsimlanishi tushuniladi. Odatda, aholi jinsiy tarkibida ayollar har 100
ta yoki har 1000 ta erkak kishiga nisbatan hamda erkaklar har 100 ta yoki har 1000
ta ayolga nisbatan hisoblanadi va bu foizda ifodalanadi. Bundan tashqari, har
ikkala jins vakillarining jami aholiga nisbatan ham ulushi aniqlanadi.
Aholi jinsiy tarkibi uch asosiy omillar ta’sirida shakllanadi:
1)
yangi tug‘ilganlardagi jinslar nisbati;
2)
o‘limdagi jinslar nisbati;
3)
aholi migratsiyasidagi jinslar hisbati.
Demografiyada va statistikada birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi jinslar
nisbatlari mavjud. Birlamchi nisbat – homiladorlikdagi qiz va o‘g‘il bolalar nisbati.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha 100 ta qiz bola homilaga 125-130 ta o‘g‘il bola
homilalar togri kelar ekan.
Ikkilamchi nisbat – tirik tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar nisbati. Tadqiqotlar
ko‘rsatishicha har 1000 ta chaqaloqdan 488 tasi qiz va 512 tasi o‘g‘il bolalar to‘g‘ri
keladi (yoki 100 ta qiz bolaga 105 – 106 ta o‘g‘il bola, Xitoyda o‘g‘il bolalar ko‘p
tug‘ilyapti – 100 ta qiz bolaga 1980 yil 107,4 o‘g‘il bo‘lsa, 1993 yil 100 ta qiz
bolaga nisbatan 114,1 o‘g‘il bola tug‘ilgan – bu muammo) Uchlamchi nisbat –
143
reproduktiv yoshdagi erkaklar va ayollar nisbati – demografik rivojlanishda eng
ahamiyatli nisbat.
Statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha
qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilar ekan. Ma’lumotlar
ko‘rsatishicha, dunyoda har 100 ta qiz bolaga hisbatah tug‘ilgan o‘g‘il bolalar soni
104–107 tani tashkil etadi. O‘g‘il bolalar salmog‘ining qiz bolalarga nisbatan
yuqorilgi ko‘p hollarda 15–20 yoshlarga qadar saqlanib boradi. Asosan 20–24
yoshlarda jinslar nisbatan tenglashadi. Undan keyin esa, asta-sekin jami aholi
tarkibidagi erkaklarga qaraganda, ayollar salmog‘i ortib boradi. Bu hol qator
omillar bilan bog‘liqdir. Ularga bolalik davrida o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan
ko‘proq xastalanishi, baxtsiz hodisalar va erkaklarning o‘ziga xos turmush tarzi
kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek, erkaklarning ko‘p qismi yoshlik va o‘rta
yoshlik davrida og‘ir mehnat bilan mashg‘ul bo‘lib, inson salomatligi uchun zararli
bo‘lgan alkogolizm, chekish kabi odatlar bilan shug‘ullanadilar. Yuqorida
keltirilgan turmush tarziga xos omillar hamda xalqlar orasida, davlatlar orasida
ro‘y berib turadigan urushlar erkaklarning hayotdan barvaqt ko‘z yumushiga olib
keladi
1
. Shunday bo‘lsada aholi jinsiy tarkibining shakllanishi dunyo hududlarining
har birida o‘ziga xos xususiyatga egadir. Ushbu xususiyatlar, yuqorida qayd
etilganidek, ana shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan ifodalanadi.
Hozirgi davrda (XXI asr boshlari) sayyoramiz aholisining jinsiy
mutanosibligi yosh guruhlari bo‘yicha keskin farq qiladi. Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha davlatlarda ham 0–14 yosh guruhlarida o‘g‘il
bolalar qiz bolalarga nisbatan ko‘proq ekan. Bu hol yuqorida ta’kidlaganimizdek,
o‘g‘il bolalarning ko‘proq tug‘ilishi bilan bog‘liqdir. 15–64 yosh guruhlarida esa,
ayollar va erkaklar salmog‘i dunyo bo‘yicha birmuncha tenglashadi va har ming
ayolga 1020 erkak to‘g‘ri keladi, lekin bu nisbiylik hamma qit’alarda ham bir xil
emas. Yevropada – 1000, Osiyoda – 1049, Afrikada – 979, Amerikada – 990,
1
Асанов Г.Р. Аҳоли географияси. – Т., 1978. – 75 б.; Бўриева М.Р. Ўзбекистонда оила демографияси. – Т.,
1987. – 57 б.
144
Okeaniyada – 1039 ta to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston uchun mazkur ko‘rsatkich 996
tani tashkil etadi.
65 va undan yuqori yosh guruhlaridagi ayollarga yer yuzida 742, Yevropada
649, Osiyoda 879, Afrikada 889, Amerikada 741, Okeaniyada 818, MDH tarkibiga
kirgan davlatlarda 444 ta erkak to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 580
tani tashkil etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, ikkinchi jahon urushida
Yevropagi qator davlatlar, ayniqsa, sobiq SSSRda juda ko‘p erkaklar halok
bo‘lgan. Shuning uchun ham XX asrning oxiriga qadar aholi tarkibida ayollar
nisbatan eng yuqori bo‘lgan davlat sobiq SSSR hisoblanar edi. Chunonchi, 1989
yilda bu davlatda har 1000 ayolga 891 ta erkak to‘g‘ri kelgan.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, dunyo aholisining umumiy tarkibida
erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha ko‘proq bo‘lib, ya’ni har 1000 ayolga
nasbatan erkaklar soni 1009 ni tashkil etar ekan. Ayollarga nisbatan erkaklarning
ko‘pligi asosan Osiyo davlatlarida (1000 ayolga 1042 ta erkak) kuzatilsa, Yevropa
davlatlarida esa aksincha, – ayollar salmog‘i yuqoriligi kuzatiladi. Ayollarning
erkaklarga nisbatan ko‘pligi, ayniqsa, Rossiya davlatida yuqoridir (1000 ayolga
890 erkak)
1
.
O‘zbekistonda ham aholining jinsiy tarkibi hududning ijtimoiy-iqtisodiy
holati va demografik jarayonlari ta’sirida shakllanib, kelgan. Respublika hududida
XIX asrning ikkinchi yarmi hamda XX asrning boshlarida ayollar salmog‘i ancha
past bo‘lib, har 1000 erkakka 856-859 ni tashkil etgan. XX asrning 60 yillaridan
boshlab ayollar salmog‘i oshib borgan. Hozirgi davrda O‘zbekistonda aholining
jinsiy tarkibi deyarli tenglashib, qulay demografik rivojlanishga asos bo‘lmoqda
2017 yil O‘zbekistonda 1000 ayolga nisbatan erkaklar soni 999,8 ni tashkil etgan.
Aholining jinsiy tarkibida migratsiyaning o‘rni ahamiyatlidir. Aholi
migratsiyasida erkaklar ishtiroki yuqori bo‘lganligi sababli migratsion oqim yuqori
bo‘lgan ba’zi yirik shaharlarda, o‘zlashtirilayotgan hududlarda aholi tarkibida
erkaklar salmog‘i yuqori bo‘ladi. Masalan, Toshkent shahrida jami aholining 51
foizini erkaklar tashkil etadi.
1
.Копылов В.А. География населения.- М., 1999, с. 34.
145
Migratsiya ham yosh va jinsga ko‘ra farqlanadi. Odatda, ayollar va erkaklar
muayayn joyda bir xil miqdorda ko‘chishmaydi. Bunga ko‘ra migratsiya
xarakatchanligi erkaklarda yuqori, ammo uzoq masofaga migratsiya xarakati
ayollarda yuqoridir, bu holat rivojlanayotgan mamlakatlarda namoyon bo‘ladi.
Shunga qaramay, jamiyatda ayollarning mavqe’i oshib borishi bilan migratsiyada
ishtirok etish darajasi erkaklar bilan tenglashadi. Haqiqatda hozirgi vaqtda halqaro
migratsiyada ishtirok etayotgan aholining deyarli yarmi ayollardir, AQSHga
kelgan qonuniy immigrantlarning yarmidan ko‘pi ham ayollardir. Migratsiya aholi
yoshiga qarab ham o‘zgaradi, migrantlarning asosiy qismi o‘smirlardir
(Toblyerom, 1995).
Demografik jarayonlardan birining o‘zgarishi aholi takror barpo bo‘lishi,
uning tarkibi to‘g‘risida muhim ma’lumot beradi. Aholi haqidagi eng muhim
jihatlardan biri bu uning yosh va jinsiy tarkibidir. Bu ikki jihat demografiya va
demografik jarayonlarni tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha
demografik jarayonlarning aholi yosh-jins tarkibi bilan qanday bog‘langanligini
ko‘rib chiqamiz. Masalan, farzandlar tug‘ilish jarayoniga to‘xtalsak, odatda
tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan ko‘proq tug‘iladi,
taxminan 105 ta o‘g‘il bolaga 100 ta qiz bolaga to‘g‘ri keladi. Pushtlilik, ya’ni
farzandlarni dunyoga keltirish jins bo‘yicha o‘zgaradi, ayniqsa, ayollar farzand
ko‘rish yoshi 15-49 yosh oralig‘ida, erkaklarda esa 15-79 yosh oralig‘iga to‘g‘ri
keladi (Poston, 2005).
O‘lish jarayoni ham aholi jinsiy tarkibiga ma’lum darajada ta’sir etadi.
Ayniqsa, keksa aholi guruhida (65 yosh va undan yuqori yoshlarda) ayollarga
nisbatan erkaklar o‘limining yuqori bo‘lishi, ushbu yoshlarda erkaklar
salmog‘ining pasayib kyetishiga sabab bo‘lgan. Aholi o‘limi jarayoniga kelsak,
ularning tebranishi, ya’ni aholi takror barpo bo‘lishida har bir yosh guruhida
ayollarda o‘lim erkaklarga nisbatan pastroq darajada bo‘ladi. Hayotning dastlabki
yillarida o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi, so‘ngra ular juda past darajagacha
pasayib ketadi. O‘lim jarayoni ham aholi jinsiy tarkibiga ma’lum darajada ta’sir
etadi. Holbuki, keksa aholi guruhida (65 yosh va undan yuqori yoshlarda)
146
ayollarga nisbatan erkaklar o‘limining yuqori bo‘lishi, ushbu yoshlarda erkaklar
salmog‘ining pasayib kyetishiga sabab bo‘lgan. Masalan, O‘zbekistonda 2017
yilda 70 yosh va undan yuqori yoshdagilarda har 1000 ayolga nisbatan 704 erkak
to‘g‘ri kelgan.
Hozirgi aholi takror barpo bo‘lish jarayonida o‘lim dastlabki birinchi yildagi
ko‘rsatkich 50 - 60 yoshlarda yana shu ko‘rsatkichga etadi. Shu bilan birga o‘lim
sabablari asosan yosh bilan bog‘liq. Ikki mashhur demograf olimlar Jacob Siegel
va Genri Shryocklar fikriga ko‘ra, o‘limni tahlil qilishda uning yosh bilan
aloqadorligi muhim ahamiyatga ega"(Shryock, Siegel i Associates, 1976: 224;
Makgi, 2004).
Do'stlaringiz bilan baham: |