136
21 – 35 (ayollar)
36 – 60 (erkaklar)
II – Yyetuklik davri
35 – 55 (ayollar)
61 – 74 (erkaklar)
Keksa odamlar
56 – 74 (ayollar)
75 – 90 yosh
Qari odamlar
90 dan yuqori yoshdagilar
Uzoq yashovchilar
* Народонаселение: Энциклопедический словарь.- M., 1994, с. 461.
Aholi yosh tarkibini o‘rganganda, aholi alohida har bir yoshlarga
(0,1,2,3,4,5...100 va undan yuqori), besh yillik yosh guruhlariga (10 – 14, 15 –
19...) va uchta yirik – yirik guruhlariga (0 – 14, 15 – 60, 60 va undan yuqori)
ajratiladi. Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o‘rganish ob’ekti sifatida o‘z
kelib chiqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo‘nalishlarga
ajratish mumkin:
a) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili;
b) aholi yosh tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik
rivojlanishning omili sifatidagi o‘rni;
v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi.
Aholi sonining o‘sib borishida uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi.
XX asrning o‘rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo bo‘lishi
tug‘ilish darajasining nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar
salmog‘ining kamligi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda
esa ana shu
davrda nisbatan yuqori tug‘ilish va aholi tarkibida bolalar salmog‘ining yuqoriligi
xaraktyerli edi. Tug‘ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo‘lgan sharoitda
aholining yosh tarkibi, aholi soni o‘sib borishiga bevosita ta’sir etadi.
Yosh akkumulyasiyasi – ba’zi yosh guruhlaridagi aholi sonini o‘zidan
oldingi yosh guruhidagi aholi sonidan oshib kyetishi. Bu hol ko‘p hollarda aholi
o‘zini yoshini yaxlitlab aytishi sababli sodir bo‘ladi. Ko‘proq 60 yoshdan keyin
keksalar yoshlarini ko‘paytirib aytadilar. Natijada ba’zi yoshdagi aholi soni
o‘zidan oldingi yoshdan oshib ketadi. Masalan, 1897 y. aholi ro‘yxatlarining
tahlilidan 70 yosh erkaklar, 75 yosh ayollar soni 69 yosh va 74 yoshdagi aholi
sonidan oshib ketgan.
137
Aholining yosh tarkibi aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichi bilan
chambarchas bog‘langan. Insonning iqtisodiy, biologik va kalendar yoshlari
mavjud bo‘lib, ular o‘z ilmiy ta’riflari va xususiyatlariga egadir. Demografik
nuqtai-nazardan inson umri turli davrlarga bo‘linadi (go‘daklik, bolalik, yoshlik,
yyetuklik, mehnatga qobiliyatlilik davri va qariyalik). Umuman, dunyo miqyosida
aholi yosh tarkibi bo‘yicha uchta demografik guruhlarga ajratiladi. Bularga 0-14
yosh (bolalar), 15-64 yosh (mehnat yoshidagi aholi), 65 yosh va undan yuqorilar
(qariyalar) kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: