4.2-rasm. 1918-yilda San-Fransiskoda kuzatilgan Gripp epidemiyasining
qurboni Enni Karaning O’lim To’g’risidagi Guvohnomasi.
111
1979-yilda vafot etgan Ketrin Kara Poston o’z farzandlar va nabiralari
hayotida ulkan o’ringa ega edi. Bu o’rinning shunchalik kattaligidan, Dadli Poston
Kichikning qizi Nensi o’z qizchasini katta buvisi sharafiga Kara, deb nomladi.
Agar Ketrin Kara ham o’z oila a’zolari va singlisi bilan bu epidemiyada vafot
etganida yuqorida sanalgan odamlarning ko’pchiligi dunyoga kelmas edi va siz
o’qib turgan kitob ham yozilmas edi. Bugun bir epidemiya dunyoni larzaga
solmoqda. Bu kitob yozilishigacha, dunyo 25 yildan byeri OITS/OIV epidemiyasi
bilan zararlanib kelmoqda.
Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi (OITS) AQSHda dastlab 1981-
yilda bir jinsli nikoh tarafdorlari bo’lgan erkak (gey)lar orasida kuzatilgan.
OITSning gemofil xususiyatlari 1982-yilda ma’lum bo’lgan. Orttirilgan
Immunotanqislik virusi (OIV) ilk bor 1983-yilda Parijdagi Pastyer Institutida
ajratilgan va uning OITSni keltirib chiqarilishi aniqlangan. 1980-yillar oxiri va
1990-yillarda OITS dunyoning hamma mintaqasida aniqlangan. OIV insondan
insonga tana suyuqligi aloqasi orqali yuqadi. Basia Zaba yozishicha: “bu jinsiy
aloqa paytida, ona va bola aloqasida, homiladorlik paytida, dunyoga keltirish
paytida, yoki emizish paytida yuqishi mumkin. Shuningdek bu styerillanmagan
tyeri osti ignalari va jarrohlik uskunalari orqali ham tarqaladi”.
2006-yilda UNAIDS, BMT OITS/OIV bo’yicha Qo’shma Dasturi hisobiga
ko’ra virus aniqlangan 1981-yildan byeri dunyo bo’yicha 65 million kishi
zararlangan va 25 million kishi vafot etgan. 2006-yildagi OIV bilan yashayotgan
barcha insonlarning uchdan ikki qismi Afrika-Janubiy Sahroi Kabir mintaqasidadir
va u yerda OIV asosan qarama-qarshi jinsiy aloqa orqali bu virus tarqalgan.
OIVning aynan bu hududda yuqori darajada tarqalganligi sabablaridan biri bu
erkak va ayolning bir paytning o’zida bir partnyerdan ortiq miqdordagi kishilar
bilan aloqa qilishidadir. Masalan, bir erkak bir paytning o’zida xotinga va bir yoki
bir nechta o’ynashlarga ega bo’lishi mumkin. Bu xususiyat virus tarqalishini bir
necha barobar ko’paytiradi.
Markaziy Afrika bu virusdan eng ko’p zararlangan hudud bo’lishiga
qaramasdan, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada ham bu ancha tarqalgan. Bu
112
hududlarda 2005-yilning o’zida 220000 kishi zararlangan. Xitoyda ommaviyv
OITS/OIV epidemiyasi tarqalishi xavfi bo’lib, 30 milliondan ortiq bolakaylar
uylanish huquqidan mahrum bo’lishgan. Shunisi aniqki, OITS/OIV epidemiyasi
insoniyatga ta’sir qilgan, qilmoqda va ta’sir qilib keladi ham. Yuqorida
aytilganidek, 25 million kishi allaqachon OITSdan vafot etgan va yana 40 million
kishi bu kasallik bilan yashab kelishmoqda.
BMT
o’zining
2006-yildagi
Dunyo
aholisi
istiqbollari
nomli
ma’lumotnomasida shuni keltiradiki, OIV virusi mavjudligi darajasi bu virus
tarqalgan 58 mamlakat aholisi orasida 1 % gachani tashkil etadi. OIV mavjudligi
darajasi 1 % dan kam bo’lgan 4 yirik mamlakat: Braziliya, Xitoy, Hindiston va
AQSH ham hisobga olinishi kerak, chunki ulardagi aholi soni bu virus
tashuvchilarning ancha ko’pligini ko’rsatadi. Bu mamlakatlar bilan, bizning
ro’yxatimiz 62 mamlakatni tashkil etadi. Bu mamlakatlardan 40 tasi Markaziy
Afrikada, 11 tasi Lotin Amerikasida va 5 tasi Osiyoda joylashgan. Bu mamlakatlar
bir guruh sifatida butun dunyo bo’yicha bu virus bilan zararlangan 40 million
aholidan 35 millionini yoki 90 % ini o’z ichiga oladi. 4.3-diagramma mintaqalar
bo’yicha 1986-2004-yillar bo’yicha OIV bilan yashayotgan odamlarning yillik
o’sish su’ratlarini ko’rsatadi. Afrika Qit’asi bu mintaqalar orasida eng birinchi
o’rinda turadi.
Afrikadagi 8 mamlakatda OIV virusi aniqlanganlik darajasi hayron
qoldirarlik darajada yuqori. Svazilendda 15-49 yoshdagi aholining 33,8 foizi OIV
virusi bilan zararlangan. Botsvanada bu ko’rsatkich 24,4 %, Lesotoda 23,1 %,
Zimbabveda 20,0 %, Namibiyada 19,7 %, Janubiy Afrikada 18,9 %, Mozambikda
16, % va Zambiyada 16,9 %. Afrikadan tashqari, hech qaysi davlatda Gaitidagi 3,8
% ko’rsatkichga teng natija yo’q.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |