Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-diagramma. OIV/OITS dan katta zarar ko’rgan bir davlatning 2015-yilga



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

4.5.-diagramma. OIV/OITS dan katta zarar ko’rgan bir davlatning 2015-yilga 
kelib aholining OIV bilan zararlangan va zararlanmagan qismining nisbati. 
 
sabab  bo’lmoqda?  Taxminiy  omillar  quyidagilar  bo’lishi  mumkin:  kasallikning 
oldini  olish  dasturlari  va  muqobil  tibbiy  xismatlarning  tanqisligi;  chekish  va 
ichkilikbozlik;  va  shaxsiy  sog’liqqa  umumiy  e’tiborsizlik.  Bular  “sobiq 
Kommunist  rejimi  nazorati  ostida  hayotiy  tanlovlardan  mahrumlik,  shuningdek 
ishsizlik,  nisbiy  qashshoqlik,  va  kommunistik  rejimdan  keyingi  iqtisodiy  og’ir 
vaziyatlardagi moliyaviy qiyinchiliklar bilan chiqisha olmaslik”.  
1980-yillarning  o’rtalarida  ko’plab  Sahroi  Kabirdan  janubda  joylashgan 
Afrika  mamlakatlarida  o’lim  darajasining  shiddatli  oshib  kyetishi  va  uning 
natijasida  o’rtacha  umr  uzoqligining  ham  tushib  ketishlari  sodir  bo’ldi.  4.6-
diagrammada  1980-yillarning  boshlaridagi  Lesoto,  Namibiya,  Janubiy  Afrika, 
Svazilend  va  Zimbabve  mamlakatlaridagi  5  yoshgacha  bo’lgan  har  1000  bolada 


 
119 
kuzatilayotgan  o’limlar  soni  va  OITS/OIV  bo’lmagandagi  bo’lishi  mumkin 
bo’lgan natija keltirilgan, farqlar juda katta. Bolalar o’limi agar OIV bo’lmaganida 
ancha past bo’lar edi. Svazilendda hozirgi daraja 143, ammo OIV bo’lmaganida bu 
daraja  73  bo’lar  edi.  Lesotoda  bu  natija  1000  bolaga  123  o’limni  tashkil  etadi, 
ammo  OIV  bo’lmaganida  edi  bu  71  bo’lar  edi.  Sahroi  Kabirdan  Janubdagi 
Afrikada  “OIV  infeksiyasi  bilan  tug’ilgan  bolalar  (tug’ilish  paytida  onasi  orqali 
yuqtirib  olganlar)ning  1/3  qismi  o’zining  birinchi  tug’ilgan  kuniga  qadar  vafot 
etishadi, va 60 %i 5 yoshga yetmasdan dunyodan ko’z yumadi”. 
OITS  epidemiyasi  ko’plab  Sahroi  Kabirdan  janubdagi  Afrika 
mamlakatlaridagi  umrni  uzaytirish  borasida  erishilgan  natijalarni  barbod  qildi. 
“Masalan, 2005-yilda aholisining ¼ qismi OIV/OITS bilan yashayotgan Lesotoda 
1990-1995-yillarda  o’rtacha  umr  uzoqligi  60  yoshga  edi,  ammo  bu  ko’rsatkich 
2005-2010-yillarga  kelib  34  ga  tushib  qolishi  kutilmoqda,  buning  asosiy  sababi 
OITSdan o’lishdir”. Agar Lesotoda OITS bo’lmaganida bu davlatda o’rtacha umr 
miqdori  yaqin  o’n  yil  ichida  69  yoshga  yetar  edi.  Uning  o’rniga  Lesotoning 
o’rtacha umr miqdori 50 %ga kam natijani tashkil yetishi kutilmoqda. Epidemiya 
bu mamlakatlarga judayam qaqshatqich talafotlar olib keldi. 
Hozirdagi  dunyoning  rivojlangan  mamlakatlaridagi  asosiy  o’limlar 
sabablaridan  biri  bu  degenyerativ  kasalliklardir.  Bu  kasalliklarni  davolashning 
yangi  usullari  kelayotgan  o’n  yilliklarida  ishlab  chiqilishi  kuzatilmoqda.  Ammo, 
faqatgina  qarish  fiziologik  bosqichidagi  inqilobiy  kashfiyotgina  hozirda 
rivojlangan mamlakatlar aholisini umrini ozgina uzaytirishi mumkin. Hattoki biron 
bir  degenyerativ  kasallik,  masalan,  yurak  kasalligi  yoki  saratonning  butunlay 
davosi  topilsa  ham  bu  umumiy  hayot  miqdorida  unchalik  katta  o’zgarishlarga 
sabab bo’lishi qiyin.  
Biron  degenyerativ  kasallikning  davolanish  usullarining  topilishi  unchalik 
katta  o’zgarishlarga  olib  kelmaydi,  chunki  bu  kasalliklar  asosan  katta  yoshdagi 
insonlarda  uchraydi.  Biron  degenyerative  kasallikning  yo’ldan  olib  tashlanishi 
shunchaki o’lim sababini boshqa degenyerative kasallikka o’tishiga sabab bo’ladi, 
va  umumiy  hayot  uzunligini  bir  yoki  ikki  yilga  uzaytirishi  mumkin.  Yuqorida 


 
120 
ta’kidlaganimizdek,  rivojlangan  mamlakatlardagi  o’limning  asosiy  sabablaridan 
biri  bu  yurak-ishemik  kasalliklari  va  saratondir.  Agar  AQSHda  yurak  kasalliklari 
o’limga  olib  keluvchi  kasalliklar  safidan  chiqarilishiga  erishilsa,  umumiy  umr 
davomiyligini bor-yo’g’i 5 yilga uzaytirilishiga erishish mumkin. Agar saraton olib 
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish