Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-jadval  Go‘daklar o‘limi koeffitsentining shkalasi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

4.4-jadval 
Go‘daklar o‘limi koeffitsentining shkalasi 
Go‘daklar o‘limi koeffitsienti, ‰ da 
Go‘daklar o‘limi darajasi 
20 gacha 
juda past 
20-34 
Past 
35-49 
O‘rta 
50-64 
Baland 
65 va undan yuqori 
o‘ta baland 
 
BMT  ma’lumotlarining  tahliliga  ko‘ra,  go‘daklar  o‘limi  ba’zi  Osiyo 
davlatlarida  1-1,5  hatto  2  martaga  oshganligi  kuzatiladi.  Go‘daklar  o‘limi 


 
98 
koeffitsientining  pasayishi  aholi  umumiy  o‘lim  darajasining  qisqarishida  muhim 
rol o‘ynaydi. 
 
Aholi  o‘lim  darajasini  o‘rganishda  onalar  o‘limini  mukammal  o‘rganib 
borish  zarurdir.  Onalar  o‘lim  tug‘ilish  darajasi  yuqori,  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi  nisbatan  sust  davlatlarda  baland  bo‘lib,  u  umumiy  aholi  o‘lim 
ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir etadi. Onalar o‘limiga homiladorlikning oxirgi (28 
haftadan  keyin)  hamda  farzand  tug‘ilgandan  keyingi  (6  hafta)  davrida  sodir 
bo‘lgan  ayollar  o‘limi  kiritiladi.  Onalar o‘limi  har 1000  ta tuqqan  ayollarga  yoki 
har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarga nisbatan hisoblanadi. 
O’zimizni  bu  sayyorada  aktyorlar  sifatida  tasavvur  qiladigan  bo’lsak, 
bizning  yerdagi  oxirgi  manzilimiz  bu  o’limdir.  Agar  bu  demografik  hodisa  sodir 
bo’lsa, bizning nomimiz kamida ikkinchi marta biron bir mahalliy gazetada e’lon 
qilinishi  mumkin.  Birinchisi  esa  balki  biz  tug’ilganimizda,  ota  va  onamizning 
nomlari bilan qayd etilar. Biz tug’ilganimizda ko’p narsa xabar qilinmaydi. Ammo 
biz  vafot  etsak,  bizning  hayot  yo’limizni  shonli  ta’ziyanomada  aks  ettirishlari 
mumkin.  Biz  haqimizdagi  bu  hikoyada  bizning  qachon  va  qayerda  tug’ilganimiz, 
tirik  oila  a’zolarimiz,  yoki  tirikligimizdagi  kasbimiz  va  o’qish  jarayonimiz  kabi 
ma’lumotlar keltirilishi mumkin.  
“Ta’ziyanoma”  so’zi  “o’lim  haqida  e’lon  qilish,  ko’pincha  marhumning 
qisqa  biografiyasi  (biron  gazetada)”    ma’nosini  anglatadi.  Boshqa  qaysi  payt  siz 
haqingizdagi qisqa biografiya boshqalarga o’qish uchun nashr etiladi? Menimcha, 
hech  qachon.  Bizning  o’limimiz  haqiqatdan  ham  hayotimizdagi  eng  muhim 
voqealardan  biridir.  Hammamiz  tug’ilganmiz  va  har  birimiz  o’lamiz  bu  haqiqat. 
Hech  kim  o’limdan  qochib  qutula  olmaydi.  Barcha  mavjudotlar  ham  tug’iladi  va 
o’ladi.  Ammo  biz  insonlar  o’lim  haqida  o’ylab,  fikr  yuritadigan  yagona 
mavjudotlarmiz.  
Yevropa  aholisining  umumiy  o‘lim  ko‘rsatkichi  yosh  bo‘yicha  qaralganda, 
bolalar  va  o‘rta  yoshdagilar  o‘rtasida  o‘lim  kam  uchraydi,  keksa  yoshdagilarda 
aksincha,  juda  baland.  Aholi  yosh  tarkibida  keksalar  ko‘pligini  inobatga  olsak, 
tabiiy  ravishda,  bu  umumiy  o‘lim  ko‘rsatkichiga  ta’sir  yetishini  aniqlaymiz. 


 
99 
Bundan  tashqari,  Yevropa  aholisi  tarkibida  ekzogen  omillar  tufayli  sodir 
bo‘ladigan o‘lim hodisasi ko‘p uchraydi. Tug‘ilish darajasining pastligi, o‘limning 
tug‘ilishdan  ko‘pligi,  aholining  tabiiy  kamayishini  keltirib  chiqaradi.  Bugungi 
Yevropa  demografik  vaziyatida  aynan  shu  holat  oddiy  aholi  takror  barpo bo‘lishi 
sodir  bo‘lmoqda,  ya’ni  aholi  tabiiy  ravishda  kamaymoqda.  Taqqoslash  uchun 
tanlab  olgan  qit’amiz  Afrikada  esa  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotidagi  qoloqlik, 
sog‘liqni  saqlash  sohasining  yetarli  rivojlanmaganligi,  tug‘ilayotgan  farzandlar 
sonining  haddan  tashqari  ko‘pligi  va  ular  o‘rtasida  o‘limning  yuqoriligi,  umumiy 
o‘lim ko‘rsatkichining balandligiga olib kelmoqda. 
Tarix  davomida  o’limning  asosiy  sabablarida  katta  o’zgarishlar  bo’lgan. 
Odamlar  asosan  yuqumli  va  parazitik  kasalliklardan  o’lgan  paytlar  ham  bo’lgan, 
ammo bugungi kundagi rivojlangan mamlakatlardagi o’limlarning asosiy sababi bu 
yurak  kasalliklari,  huruji  va  saratondir.  Bugungi  kunda,  shuningdek,  o’lim 
sabablari rivojlangan va qoloq davlatlar o’rtasida ham bir xil emas. Bu mavzu ham 
keyinroq muhokama etiladi.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish