4.3. Aholi o‘limi, sabablar, omillar va geografik qonuniyatlar
Aholining takror barpo bo‘lishi nafaqat, tug‘ilishga, balki o‘lim jarayoniga
ham bog‘liq. O‘lim avlodlar almashinuvidagi asosiy jarayon hisoblanadi. Oxirgi
yillarda dunyo sivilizatsiyasida, aholi o‘rtasidagi o‘lim ko‘rsatkichlarining
pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Shuni ham qayd qilish lozimki, yosh bolalar
va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlarining tahlili, mamlakatlar rivojlanish darajasini
va aholi farovonligini aniqlab beradi.
Aholi o‘limi turli sabablar natijasida ro‘y beradi va aholining tabiiy o‘sishi
hamda kamayishida muhim demografik jarayon bo‘lib ishtirok etadi. Aholining
o‘limi biologik jarayon bo‘lib, tabiiy-iqlim, genetik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy,
siyosiy va boshqa omillar ta’sirida o‘zgaradi. Mazkur omillar ikkita guruhga
95
bo‘linadi: ichki (endogen); tashqi (ekzogen) omillarga, ichki (endogen) omillarda
insonni biologik qarish natijasida, o‘lim hodisasi kuzatilsa, tashqi (ekzogen)
omillarda esa, atrof-muhit, tashqi ta’sirlar orqali ro‘y beradigan aholining o‘limi
nazarda tutiladi. O‘limning ro‘y berishida asosan endogen va ekzogen omillarni
sabab qilib ko‘rsatildi.
Endogen omillar - organizmning ichki rivojlanishi, uning shakllanishi va
qarishi, insonning yashash faoliyati, qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladigan
omillardir. Odatda, endogen omillar tufayli keksa yoshdagi aholi ko‘proq o‘lim
topadi. Buni odatda me’yoriy hodisa, deb baholashadi. Biroq aholining yosh
qatlamida ham endogen sabablar tufayli o‘lim hodisasi ro‘y beradi. Bularga davosi
yo‘q irsiy kasalliklar, nojo‘ya voqea-hodisalar kiradi.
Ekzogen omillar- odamlarda tashqi ta’sir bilan bog‘liq paydo bo‘ladigan
o‘limlar bo‘lib, bu omillar ta’siri oqibatida, aholining turli yoshdagi kishilari turli
vaqtda turli joyda vafot etadilar. Ushbu omillarga ichki yuqumli kasalliklar, kasb
kasalliklari, og‘ir mehnat va mehnat sharoitlari oqibatida, yuzaga kelgan
kasalliklar, baxtsiz hodisalar, zaharlanish, narkomaniya, alkogolizm va hokazolar
kiradi. Hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika taraqqiyoti, avtomatlashtirish,
xalq xo‘jaligini ximiyalashtirish natijasida, atrof-muhitning, atmosfyera havosining
buzilishi, oqar suvlarning ifloslanishi, o‘lim hodisasining yanada ko‘payishiga
sabab bo‘lmoqda.
O‘lim jarayoni ma’lum aholi guruhlarida, avlodlarda, davlatlarda va jamiyat
taraqqiyoti bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq holda, inson
hayotining turli davrlarida sodir bo‘ladi. O‘lim jarayonini ifodalashda quyidagi
koeffitsientlardan foydalaniladi. O‘limning umumiy koeffitsienti:
1000
TP
M
m
m-o‘lim umumiy koeffitsienti (promilleda ifodalanadi).
M-o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlar soni.
T-davr
96
P-o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni.
O‘limning umumiy koeffitsientiga ham aholining yosh va jinsiy tarkibi
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining ko‘pligi
o‘limning umumiy koeffitsientini ko‘tarilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |