Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-jadval  J.Bojyo – Garne, E.Rossetning demografik qarish shkalasi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

6.3-jadval 
J.Bojyo – Garne, E.Rossetning demografik qarish shkalasi
bosqichlar  
60 yosh va undan 
kattalarning jami aholi 
tarkibidagi salmog‘i, 
foizda 
Qarilik bosqichlari va aholining qarish 
darajasi 

‹8 
Demografik yosh 

8 – 12 
Qarilikning dastlabki bosqichi 


 
148 

10 – 12 
Qarish bosqichi 

12 dan yuqori 
Demografik qarish 
14 – 16 
 
Demografik qarishning o‘rtacha darajasi 
16 – 18 
 
Demografik qarishning yuqori darajasi 
18‹ va undan yuqori 
Juda yuqori qarish darajasi 
Manba: *Meдков В.M. Демография. –M.: 2004, с. 132. 
 
Sayyoramizda  aholining  qarishi  1870  yillardan  boshlangan.  1870  –  1937 
yillarda  Fransiya,  Shvetsiya,  Germaniya  va  Buyuk  Britaniya  aholisi  tarkibida  60 
yoshdan yuqori yoshdagilar salmog‘i 12 foizdan oshgan. Demografik ma’lumotlar 
guvohlik  berishicha,  XX  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XXI  asr  boshlarida  dunyo 
aholisining  yosh  tarkibida  sezilarli  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lgan.  Avvalo  XX  asr 
sayyoramizda  aholi  sonining  eng  yuqori  sur’at  bilan  ko‘paygan  davri  bo‘ldi.  Bu 
davrda dunyo aholisi 1,656 milliondan 6 milliardga etdi, yoki deyarli 4 barobarga 
oshdi.  Bu  jarayonda  65  yosh  va  undan  katta  bo‘lgan  qariyalar  hissasi  ham 
anchaginadir.  Dunyo  aholisi  tarkibida  XX  asrda  bolalar  salmog‘i  kamayib, 
qariyalar  salmog‘i  esa  ortib  bordi.  Masalan,  1980  yilda  dunyo  aholisi  tarkibida 
bolalar  (0  –  14  yosh)  35  foizni  tashkil  etgan  bo‘lsa,  2001  yilga  kelib  esa  bu 
ko‘rsatkich 30 foizni tashkil etdi. Ana shu davrda qariyalar salmog‘i esa 6 foizdan 
7  foizga  etdi
1
.  Bunday  jarayonni  dunyoning  barcha  hududlarida  ham  kuzatish 
mumkin.  Aholi  tarkibida  bolalar  salmog‘ining  oshib  borishi,  yuqorida  qayd 
etilganidek, demografik holatning o‘zgarishi, avvalo tug‘ilishning kamayib borishi, 
aholining  umr  ko‘rish  muddatining  uzayishi  bilan  bog‘liqdir.  Jumladan,  dunyo 
aholisi  XX  asrning  boshlarida  o‘rtacha  50  yil  atrofida  umr  ko‘rgan  bo‘lsalar, 
hozirgi davrga kelib aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 68 yilga etdi
2
.  
Demografik  qarish  natijasida  qariyalar  salmog‘ining  oshib  borishi  ma’lum 
darajada  aholining  ijtimoiy  faolligini  pasaytiradi,  iqtisodiyotda  yoshlar  salmog‘i 
kamayadi,  nafaqa  ajratish  bilan  bog‘liq  muammolar  ko‘payadi;  qariyalarga  tibbiy 
xizmatni  ko‘paytirish  sog‘liqni  saqlash  tizimiga  o‘zgartishlar  kiritilishini  taqozo 
                                                 
1
Демографический – энциклопедический словарь.- М., 1985 с. 278., Населения и общества. Информацион 
бюллетень РАН. - М., 2001, № 56. 
2
Yuqorida qayd etilgan manbalar. 


 
149 
etadi. Nihoyat hali ishlashni hohlovchi “yosh qariyalarni” ish bilan ta’minlash ham 
o‘ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. 
Aholining  qarishi  moddiy  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalari 
tizimiga  ham  ta’sir  ko‘rsatadi-chunki  qariyalarning  talablariga  ko‘ra  tovar  va 
xizmat  ko‘rsatish  turlarini  o‘zgartishi  lozim  bo‘ladi.  Ba’zi  texnologik 
opyeratsiyalarni 
bajarish, 
mashina 
va 
jihozlarni 
qariyalar 
talablariga 
moslashtirishga  to‘g‘ri  keladi.  Ular  talablariga  transport  vositalari  ham  javob 
berishi kerak. 
“Qariyalar  bumi”  asta-sekin  butun  dunyoni  qamrab  olyapti  va  yuqoridagi 
kabi  qator  muammolarni  keltirib  chiqarmoqda.  Insoniyat  bu  muammolarning 
naqadar  muhimligini  tushunib  yetishi  lozim.  Ko‘p  davlatlarda  (birinchi  navbatda 
Yevropa  davlatlarida)  qariyalarning  hayotini  yaxshilash  borasida  ancha  ishlar 
qilinmoqda.  Biroq  demografik  qarish  bilan  bog‘liq  barcha  muammolar,  mazkur 
jarayonga yuz tutgan hamma davlatlarda ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarilish 
va takomillashuvi lozim. 
Aholining  yosh  tarkibi  dunyo  hududlari  bo‘ylab  keskin  farq  qiladi.  BMT 
tasnifiga ko‘ra jami aholi tarkibida 65 yosh va undan katta yoshdagilar salmog‘i 7 
foizdan yuqori bo‘lsa, aholi demografik nuqtai nazardan qari hisoblanadi. Hozirgi 
davrda 2018 yil dunyo aholisi tarkibida 65 va undan yuqori yoshdagilar salmog‘i 9 
%  ni,  Afrikada  –  3%,  Amerikada  –  10  %,  Osiyoda  –  8  %,  Yevropada  –  18  %, 
Avstraliya va Okeaniyada esa 12 % tashkil etmoqda. Dunyo bo‘yicha aholisi eng 
qari  davlatlarga  Yaponiya  (28  %),  Germaniya,  Italiya  (21  %)  va  Monako  (26  %) 
davlatlarini kiritish mumkin. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5% ni tashkil etmoqda.  
Dunyo  hududlari  bo‘ylab  aholi  yosh  tarkibidagi  farq  har  bir  hududning 
demografik  holatiga  hamda  migratsiya  jarayoniga  bog‘liqdir.  Tug‘ilish  darajasi 
past  bo‘lgan  Yevropa  davlatlari  aholisi  tarkibida  bolalar  va  qariyalar  salmog‘i 
deyarli tengdir. Hozirgi davrda (2017 y.) dunyoda aholisi eng qari davlat G‘arbiy 
Yevropadagi  Monako  davlati  bo‘lib,  bu  yerda  aholi  tarkibida  qariyalar  jami 
aholining 26 foizini, bolalar esa 13 foizni, Osiyoda Yaponiya bo‘lib, unda qariyalar 
28  foiz,  Xitoy  Makaosida  10  foizni    tashkil  etadi.  Jahondagi  aholisi  eng  yosh 


 
150 
davlat  G‘arbiy  Afrikadagi  Nigyer  davlatidir.  Bu  davlatda  jami  aholi  tarkibida 
bolalar 50 foizni, qariyalar esa faqat 3 foizni tashkil etmoqda. Umuman, keyingi 20 
–  30  yillik  davrda  dunyodagi  aksariyat  davlatlarda  qariyalar  salmog‘i  ko‘payib 
bordi.  Hozirgi  davrda  dunyo  bo‘yicha  65  yosh  va  undan  katta  bo‘lgan  aholi 
salmog‘i ko‘payib bordi yoki aholining yillik o‘sishida qariyalar hissasi 10 foizni 
tashkil etmoqda. Mutaxassislar prognozlaricha yaqin kelajakda, dunyoning barcha 
hududlarida  ham  turli  ijtimoiy  –  iqtisodiy,  demografik  omillar  ta’sirida  qariyalar 
salmog‘i ortib borar ekan. 2050 yilga borib jami aholi tarkibida qariyalar salmog‘i 
rivojlangan  davlatlarda  25  –  30  foizga,  rivojlanayotgan  davlatlarda  esa  8  –  10 
foizga  yetishi  kutilmoqda.  1998  yil  ma’lumotiga  qaraganda,  dunyo  bo‘yicha  65 
yosh  va  undan  yuqori  yoshdagilar  jami  aholining  7  foizini  tashkil  etgan  bo‘lsa, 
2017 yilda o‘sish sur’ati davom etganligi bois, ular ulushi 9 foizga etdi.  
BMT  ma’lumotiga  qaraganda,  1990  yilda  aholini  qarish  jarayoni  bo‘yicha 
davlatlar quyidagicha taqsimlangan: 
• 61 davlat (1,200 mln.kishi) aholisi qari davlatlar hisoblangan; 
• 58 davlat (2700 mln. aholi) qarilik bo‘sag‘asida; 
• 73 davlat (980 mln.aholi) demografik yosh; 
• 23 davlatdan esa aholi qarishi bo‘yicha ma’lumot bo‘lmagan. 
Hozirgi  davrga  kelib  esa  demografik  qari  davlatlar  soni  ko‘payganligi 
tabiiy. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish