Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-jadval  Dunyo aholisining yosh tarkibi*, %



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

6.4-jadval 
Dunyo aholisining yosh tarkibi*, % 
Hududlar  
0 – 14 yosh 
15 – 64 yosh 
65 yosh va undan 
yuqori 
2001 yil  2017 yil 
2001 yil 
2017 yil 
2001yil 
2017 yil 
Dunyo 
bo‘yicha 
30 
26 
63 
65 


Afrika 
43 
41 
54 
66 


Amerika** 
28 
19 
64 
66 

15 
Yevropa 
18 
16 
67 
66 
15 
18 
Osiyo 
30 
24 
64 
68 


Avstraliya 
va Okeaniya 
25 
23 
65 
65 
10 
12 


 
151 
*Jadval  Население  и  общество  информ.  Бюллетен  РАН.-  M.,  2001,  №  56  va  BMTning 
«
Population Refyerence Bureau. World Population Data 2017
»
 
ma’lumotlari asosida tuzildi. 
**2017 yil Shimoliy Amerika uchun. 
 
Dunyo  davlatlaridan  qit’alar  bo‘yicha  Osiyoda  Armaniston,  Kipr,  Gretsiya, 
Isroil,  Livan,  Qozog‘iston,  Xitoy,  Koreya,  Yaponiya,  Tayvan  davlatlarida, 
Afrikadagi  Yashil  Burun,  Seyshel  orollari  davlatlari  aholisining  yarmidan 
ko‘prog‘i  demografik  qarish  muammosini  boshidan  kechirmoqda.  Binobarin,  bu 
muammo  Yevropa  davlatlarida  allaqachonlar  qator  sotsial-iqtisodiy  oqibatlarni 
keltirib  chiqarish  darajasiga  etgan.  Ammo  Osiyo  davlatlari  ichida  ham  aholi 
qarishi  davlat  darajasidagi  muammoga  aylangan  davlatlar  mavjud.  Bularga 
yuqorida ta’kidlaganidek Yaponiya, Xitoy davlatlarini yaqqol misol qilib keltirish 
mumkin.  Jumladan,  Xitoy  dunyoda  aholi  soni  bo‘yicha  eng  yirik  davlat  sanaladi, 
uning aholisi 1,3 mlrd kishidan ham ko‘proq. 
Amerika  Qo‘shma  Shtatlari  300  milliondan  ortiq  aholisi  bilan  Xitoy  va 
Hindistondan  keyingi  uchinchi  davlatdir.  Xitoy  yer  maydoni  Amerika  Qo‘shma 
Shtatlaridan salgina kichikroqdir (Xitoy maydoni 9,6 million kv. km, AQSHniki esa 
9,8  kv.km  ),  ammo aholisi  AQSHdan  4,4 barobardan ortiqroqdir.  Bu  yerda  Xitoy 
va  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  keksa  va  uzoq  umr  ko‘ruvchilar  ham  katta 
qiziqish  o‘yg‘otadi.  Ularni  hisoblashda  AQSH  aholi  ro‘yxati  Byurosi 
ma’lumotlaridan namuna olishmiz mumkin, 60 va undan kattalar, keksalar, 80 va 
undan kattalar esa eng qarilar hisoblanadi.  
Butun  dunyo  bo‘ylab  2000  yil  606  milliondan  ortiq  keksalar  va  69 
milliondan  ortiq  eng  qarilar  mavjudligi  qayd  etilgan.  2000  yil  dunyodagi  barcha 
keksalarning  21  foizi  (yoki  deyarli  129  milliondan  ortig‘i)  Xitoyda  yashagan, 
AQSH  bilan  solishtirsak  7,6  foiz  (yoki  deyarli  46  million)  bu  yerda  yashagan
1

Agar 2000 yilgi Xitoydagi barcha keksa insonlarni bir mamlakat siftida qaralsa, u 
dunyodagi  aholi  soni  bo‘yicha  sakkizinchi  mamlakat,  ya’ni  Xitoy,  Hindiston, 
AQSH,  Indoneziya,  Braziliya,  Rossiya  va  Pokistondan  keyingi  davlat  bo‘lar  edi 
(United  Nations,  2003).  Dunyodagi  barcha  69  million  eng  qarilarning  16  foizi 
2000 yil Xitoyda yashagan, AQSH bilan solishtirganda u 13,1 foizni tashkil etgan.  
                                                 
1
 POPULATION AND SOCIETY: An Introduction to Demography Dudley L. Poston, Jr. 256-p. 


 
152 
1970  yillarning  boshlarida  Hitoy  aholi  soni  jadallik  bilan  o‘sib  kyetishini 
oldini  olishga  qaratilgan  siyosat  olib  borishni  boshladi,  buning  uchun  butun 
mamlakat  bo‘ylab  tug‘ilishni  nazoratga  oldi,  farzandlar  tug‘ilishi  orasidagi  uzoq 
intyervalni  belgilab  byerdi,  nikohga  kirishni  kechiktiruvchi  sabalar  ishlab  chiqdi, 
farzandlar  soni  kamaydi.  Shunga  qaramay,  1960  yillarda  Xitoyda  tug‘ilgan 
bolalarning  miqdori  ko‘pligi,  Xitoy  xukumatini  1970  yillar  oxirida  aholi  soni 
o‘sishiga  demografik  impuls  berishidan  xavotirga  soldi.  Shu  yo‘l  bilan  1979  yili 
oilada  farzandlar  sonini  kamaytirish,  bir  boladan  ortiq  farzandi  bo‘lmasligini 
qo‘llab quvvatlash tadbirlari, ayniqsa, shahar joylarda kuchaytirish natijasida bir 
oilaga bir bola kompaniyasi ishni boshlashdilar. Ushbu tadbirlar tufayli, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish fonida 1950 yillardagi har bir ayolga o‘rtacha oltita farzand 
to‘g‘ri  kelishidan,  1990  yillar  oxiriga  kelib,  u  deyarli  ikki  barobarga 
pasaytirishiga yerishildi.  
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham tug‘ilish darajasi tushib borar edi, ammo 
bu  jarayon  Xitoyda  kechganidek  kuzatilmadi.  Tug‘ilishning  ushbu  pasayishi 
yuqoridagi boblarda ko‘rib o‘tilgan. Ta’kidlanganidek, AQSHda tug‘ilish darajasi 
o‘n to‘qqizinchi asrdayoq tushishni boshlagan edi. Tug‘ilishning umumiy darajasi 
(oq tanli aholida) 1870 yilda 4,5 da 1900 yilda 3,5 gacha pasaygan (AQSH aholi 
ro‘yxati byurosi 1975 yil). 1920 yilga kelib, aynan birinchi jahon urushidan keyin 
bu ko‘rsatkichlar 3,2 gacha pasaygan. 1950 yillar oxirida “bebi bum” davrida, bu 
ko‘rsatkich  o‘zining  eng  yuqori  cho‘qqisiga  chiqqan,  ya’ni  3,7  ni  tashkil  etgan. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, 2000 yildagi Xitoy va AQSHdagi keksa kishilar 
va  uzoq  umr  ko‘ruvchilar  tug‘ilish  va  o‘lim  ko‘rsatkichlari  pasaygan  demografik 
rejim  paytidagi  ko‘rsatkichlardir.  Ushbu  o‘tish  bosqichlarining  oqibatlari, 
ayniqsa, Xitoyda uzoqni o‘ylab ishlab chiqilmaganligi, yangi asrning bir necha o‘n 
yilliklarida ham kuzatiladi
1

Prognozlarga  ko‘ra 2020  yilda  dunyoda 1  mlrd.dan  ko‘proq  keksa  kishilar 
mavjud bo‘lsada, ularning aksariyati, ya’ni chorak qismi (240 mln.) Xitoyga va 7 
foizdan  ko‘prog‘i  AQSHga  to‘g‘ri  keladi.  2020  yilda  taxminlarga  ko‘ra  137 
                                                 
1
 POPULATION AND SOCIETY: An Introduction to Demography Dudley L. Poston, Jr. 257-p. 


 
153 
million uzoq umr ko‘ruvchilar mavjud bo‘lib, ularning 17 foizi Xitoyda va 9 foizi 
AQSHda  yashaydilar.  Yangi  asrning  o‘rtalariga  kelib  (2050  yil)  prognoz 
qilinayotgan  yer  yuzidagi  9,4  milliard  kishidan  deyarli  2  mlrd.  keksalarni  tashkil 
qiladi.  Uning  424  millioni  (21  foizdan  ortig‘i)  Xitoyda  va  deyarli  100  millioni  (5 
foiz)  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  istiqomat  qilishlari  kutilmoqda.  Prognoz 
qilinayotgan 424 millionni tashkil etayotgan keksa kishilarning miqdori juda katta. 
2050  yilda  Xitoyda  mavjud  bo‘lishi  prognoz  qilinayotgan  keksa  kishilarning 
miqdori  2000  yilda  dunyoda  mavjud  bo‘lgan  (591  million)  keksalarda  bor  yo‘g‘i 
167 millionga kamroq bo‘ladi. 
Dunyo bo‘yicha 2050 yilga aholi prognozlariga ko‘ra 399 milliondan ortiq 
uzoq  umr  ko‘ruvchi  erkaklarning  23  foizi  Xitoy  va  7  foizdan  ortig‘i  Amerika 
Qo‘shma  Shtatlariga  to‘g‘ri  keladi.  2000  yilda  yer  sharida  mavjud  bo‘lgan  68,2 
million uzoq umr ko‘ruvchilarga nisbatan 2050 yilda Xitoyda 1,4 barobar ko‘proq, 
ya’ni  92,5  million  uzoq  umr  ko‘ruvchilar  yashashi  taxmin  qilinmoqda.  Katta 
miqdordagi  keksa  kishilarning  aholi  tarkibida  mavjud  bo‘lishi  muammo  bo‘lmas 
edi,  agar  aholi  o‘rtasida  tug‘ilish  darajasi  yuqori  bo‘lganida.  Aholi  tarkibida 
keksalarning  yoshlarga  nisbatang  yuqori  bo‘lishi  bu  albatta  turli  xil 
iqtisodiy,ijtimoiy  va  ularga  bog‘liq  muammolarning  paydo  bo‘lishiga  olib  keladi. 
Xitoy  va  AQSHda  yaqin  yillar  ichida  aholi  qarishining  boshqa  muammolariga 
qanchalik bog‘liqligini vaqtning o‘zi ko‘rsatadi
1

O‘zbekistonda 2017 yil 1 yanvarda aholining umumiy soni 32,5 milliondan 
oshdi
2
. Agar respublika aholisini yosh tarkibi bo‘yicha tahlil etilsa, hozir (2017 y.) 
O‘zbekistonda  0-14  yoshli  aholi  jami  aholining  28,0  foizini,  15-64  yoshli  aholi-
68,0  foizni,  65  yosh  va  undan  katta  yoshdagi  aholi  4,0  foizni  tashkil  etmoqda. 
Demak,  qarish  shkalasi  bo‘yicha  O‘zbekiston  jahondagi  aholisi  “yosh”  davlatlar 
qatoriga  kiradi.  Shunday  bo‘lsada  respublikada  qariyalar  soni  bir  muncha  oshib 
bormoqda.  Bu  hol  esa  o‘z  navbatida,  O‘zbekistonda  ham  qariyalarning  ijtimoiy-
demografik  guruh  sifatidagi  mavqe’i  oshib  borishini  hamda  ularga  alohida 
                                                 
1
 POPULATION AND SOCIETY: An Introduction to Demography Dudley L. Poston, Jr. 259-p. 
2
 Статистическое обозрение Узбекистана. –Ташкент, 2005. стр. 46. 
 


 
154 
ijtimoiy-iqtisodiy e’tibor lozimligini taqozo etadi. E’tiborga molik jihati shundaki, 
O‘zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun esa 16-54 
yosh  etib  belgilangan.  Mehnat  yoshidan  yuqori,  ya’ni  55  yosh  va  undan  katta 
ayollar, 60 yosh va undan katta erkaklar soni 1991-2017 yillarda 20,7 foizga oshdi. 
Ko‘pchilik  Markaziy  Osiyo  davlatlari  qatori  O‘zbekiston  ham  aholisi  nisbatan 
yosh davlatlar guruhiga kiradi.  
O‘zbekistonda  keyingi  yillarda  aholisining  yosh  tarkibi  birmuncha 
o‘zgargan.  Jami  aholi  tarkibida  bolalar  salmog‘ining  keskin  kamayib  borishi 
kuzatilmoqda.  1991  –  2002  yillarda  O‘zbekistonda  bolalar  salmog‘i  4,4  foizga 
qisqargan.  Bu  hol  birinchi  navbatda,  respublikada  tug‘ilishning  keskin  kamayishi 
bilan bog‘liqdir. 1991 yilda O‘zbekistonda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti 34,5 
‰ ni tashkil etgan bo‘lsa, 2001 yilda bu ko‘rsatkich 20,4 ‰ ni tashkil etdi. 
Tug‘ilish  qisqa  davr  ichida  deyarli  14  ‰  ga  kamaydi.  Ma’lumki,  1985  – 
1990  yillarga  qadar  O‘zbekistonda  tug‘ilish  yuqori  darajada  bo‘lgan.  Ana  shu 
davrda  tug‘ilgan  ko‘plab  bolalar  1995  yildan  boshlab  mehnat  yoshiga  qadam 
qo‘ygan.  Natijada,  jami  aholi  tarkibida  mehnat  yoshidagi  aholi  salmog‘i  ortib 
bormoqda. Shu sababli aholi tarkibida qariyalar salmog‘i biroz kamaygan. Mehnat 
yoshidagi aholi salmog‘ining ortib borishi respublikada 2005 – 2010 yillarga qadar 
davom  yetishi  mumkin.  Keyinchalik  esa  aholi  tarkibida  qariyalar  salmog‘i  oshib 
borishi ehtimoli bor.  
O‘zbekistonda  nafaqa  yoshiga  etganlar  ham  o‘z  hohishlari  bilan, 
salomatliklari  yo‘l  qo‘ysa,  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  qatnashishlari  mumkin. 
Hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotida band aholining ma’lum qismini nafaqa 
yoshidagi  aholi  tashkil  etmoqda.  O‘zbekiston  davlati  nafaqa  yoshidagi  aholiga, 
qariyalarga  alohida  e’tibor  bilan  qaraydi.  2002  yilni  “Qariyalarni  qadrlash  yili”, 
deb  e’lon  qilinishi  ham  so‘zimizni  isbotlaydi.  Qariyalarni  e’zozlash,  ularga 
g‘amxo‘rlik  ko‘rsatish  bo‘yicha  respublikada  juda  ko‘p  chora-tadbirlar  amalga 
oshirilmoqda.  Respublikada  qariyalar  va  nogironlar  uchun  maxsus  g‘amxo‘rlik 
uylari  mavjud.  Hozirgi  kunga  kelib  bunday  muassasalar  soni  respublikamizda  29 
taga  etgan  va  ularda  6  mingga  yaqin  qariyalarga  g‘amxo‘rlik  qilinmoqda.  Bu 


 
155 
raqamlarni  aytib  faxrlanish  albatta  milliy  urf  odatlar  qadrlanadigan,  qariyalarni 
ezozlash zarurligi alohida uqtirilib tarbiyalanadigan o‘zbek oilalari uchun achinarli 
holdir.  Ammo  ming  afsuslar  bo‘lsinki,  demografik  jarayonlardagi  oxirgi  30  yilga 
yaqin vaqt ichidagi o‘zgarishlar, aholi yosh tarkibida qariyalarning ulushi ortishiga 
olib kelmoqda va bu hali uzoq davom etadi.  
Qadriyatlar qadrlanadigan yurtda bugungi yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor 
kuchaytirilmas  ekan  qariyalar  uyi  yoki  boshqacha  aytganda  g‘amxo‘rlik  uylariga 
ehtiyoj, talab ortib boravyeradi. Shu o‘rinda keltirish joizki, qariyalar miqdorining 
ko‘payib borishi, nafaqat g‘amxo‘rlik uylarini ko‘paytirishni, balki qariyalar bilan 
ishlovchi  alohida  mutaxassislarni  (tibbiyot,  ijtimoiy,  pensiya  ta’minoti  v.h.) 
tayyorlashni,  gErontologiya  sohasida  tadqiqotlarni  ko‘paytirish  va  ularni  qo‘llab 
quvvatlashni taqozo etadi. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish